Foydali

Qiziqarli dunyo: Eng ekologik uylar loyihasi

Qiziqarli dunyo: Eng ekologik uylar loyihasi

Vincent Callebaut Architectures “Paris Smart City 2050” dasturi doirasida ishlab chiqilgan yashil Parij loyihasini taqdim etdi.

Qiziqarli dunyo: Eng ekologik uylar loyihasi

Mutaxasislar nafaqat shaharning koʻrinishini, balki uning ekologik sifatini ham yaxshilashga eʼtibor qaratdi. Loyihaning asosiy maqsadi – issiqxona gazlari chiqishini 75% ga kamaytirish. Ishlab chiqaruvchilarning gʻoyasi shundan iboratki, 2050 yilda Parijda eko-uslubda yaratilgan va baravariga bir necha funksiyalarni bajaradigan imoratlar paydo boʻladi. Misol uchun, bazilari tutun bilan kurashadi, boshqalari elektr toki ishlab chiqaradi, yana boshqalari vertikal ferma boʻladi, qolganlari suv isitib beradi va hz. Barchasi imoratlarning joylashuviga qarab taqsimlanadi.

Togʻ imoratlari

Qiziqarli dunyo: Eng ekologik uylar loyihasi

Bunday imoratlar Ryu de Rivoli savdo koʻchasida joylashishi mumkin. Imoratlar oʻzida bioklimatik piklarni mujassam qilgan va yangilanuvchi turli energiya manbaasi boʻlishi mumkin. Fotoelektrik va issiqlik qalqonlari elektr toki va issiq suv ishlab chiqaradi, yashil oʻsimlikli turli balkonlar aholi uchun filtr vazifasini bajaradi.

Antismog imoratlar

Qiziqarli dunyo: Eng ekologik uylar loyihasi

Parij oʻrtasidagi tashlandiq temir yoʻl izidan oʻtuvchi 23 km park zonasiga aylantirilgan ekologik koridor. Uning yonida tutunni filtrlaydigan va elektr energiya ishlab chiqaradigan imoratlar quriladi.

Fotosintetik imoratlar

Qiziqarli dunyo: Eng ekologik uylar loyihasi

Mavjud binolarni yashil suv oʻtlari yordamida ishlovchi bioreaktorlardan foydalanib, vertikal parkka aylantirish. Loyiha Monparnas minorasining estetik va energiya ishlatish taʼsirlarini yaxshilashga qaratilgan. Bir tomondan u tashrif buyursa boʻladigan Markaziy bogʻ boʻlsa, ikkinchi tomondan osma suv oʻtlar bogʻi boʻladi.

2050 yilda Monparnas imorati bir necha qavatdan iborat, park shaklidagi neytral ekosistemaga aylanadi.

Bambuk inli imoratlar

Qiziqarli dunyo: Eng ekologik uylar loyihasi

Balkonlarda meva beruvchi oʻsimliklar ekilgan termodinamik bogʻli imoratlar. Loyiha 13 ta Massen imoratlari qurilishiga qaratilgan.

2050 yilda Villa dʼEste qishloq xoʻjaligi emblemasiga aylanadi. Shunday Palermo, Rimini, Verdi va boshqa minoralar bambukli biosetkalar bilan oʻraladi.

Sotali imoratlar

Qiziqarli dunyo: Eng ekologik uylar loyihasi

Ari sotasiga oʻxshab qurilgan shahar markazidagi uylar, yashash maydonini tejashga yordam beradi va havoni tozaroq qiladi. Binolar butunlay boshqacha, eko stil koʻrinish oladi. Tomlarda fotoelektrik panellar oʻrnatiladi, ular yordamida koʻchalar yoritiladi.

Ferma imoratlar

Qiziqarli dunyo: Eng ekologik uylar loyihasi

Loyihaning maqsadi shahar markazida qishloq yaratish va qoʻshni tumanlarga oziq-ovqat yetqazishni yoʻlga qoʻyish. Bunday fermalar shahar hududini koʻp egallamaydi, aholining yashash darajasini transport vositalari kamayishi bilan yaxshilaydi, uy tizimlarini kiritadi, grunt suvlari ifloslanishini oldini oladi, markazdagi ekosistema siklini yaxshilaydi, yangi va ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Mongroe imoratlar

Qiziqarli dunyo: Eng ekologik uylar loyihasi

Temir yoʻl vokzali hududida mongroe daraxtini eslatuvchi minoralar qurish taklif etiladi. Bu yerda mehmonxona va ofislar joylashgan boʻladi.

Koʻprik-minoralar

Qiziqarli dunyo: Eng ekologik uylar loyihasi

Poytaxtning sharqiy va gʻarbiy qismini birlashtirib turadi. Ularda Senaning kinetik energiyasini ishlatuvchi gidroturbinalar oʻrnatiladi.

Qiziqarli dunyo: Eng ekologik uylar loyihasi
Qiziqarli dunyo: Eng ekologik uylar loyihasi
Qiziqarli dunyo: Eng ekologik uylar loyihasi
Qiziqarli dunyo: Eng ekologik uylar loyihasi
Qiziqarli dunyo: Eng ekologik uylar loyihasi
Qiziqarli dunyo: Eng ekologik uylar loyihasi
Qiziqarli dunyo: Eng ekologik uylar loyihasi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar