Qiziqarli dunyo: Yer yuzida odamlar yashaydigan 8 ta xavfli joylar

Yer – bizning uyimiz. Va baʼzan uning har bir burchagi hayot uchun yaroqli deb tuyuladi. Lekin biz oʻzimiz uchun shinam uydan tashqari, hayot uchun unchalik yaroqli boʻlmagan joylar ham bor. Biz sizning eʼtiboringizga koʻrinishidan xavfli deb koʻrinadigan, biroq, shundoq boʻlsada kimningdir uyi hisoblangan joylarni havola etamiz.
8. Kastelfolit-de-la-Roka, Ispaniya

Kastelfolit-de-la-Roka – bu Jiron qishlogʻida joylashgan mahalla. U ming yillar oldin qotgan lavadan hosil boʻlgan qoyada joylashgan. Mahalla joylashgan bazalt qoyaning uzunligi 1 km ga yaqin, balandligi esa 50 metrcha keladi. 2010 yildagi maʼlumotlarga koʻra, qishloq aholisi 1048 kishini tashkil qiladi.
7. Osilib turgan Syuankun-si monastir, Xitoy

Bu ibodatxonali majmua muqaddas Xenshan togʻI oldidagi qoyada 491 yilda qurilgan. U oʻzida budda, daos va konfutsian mehroblarni birlashtiradi. Osiluvchan devor yoqalab koʻpgina zallar joylashgan, qoya esa binolarning orqa devoir sifatida xizmat qiladi. 1982 yildan majmua Xitoy Xalq Respublikasining milliy yodgorligi sifatida saqlanib kelmoqda.
6. Lixtenshteyn qasri, Germaniya

Bu ertakdagidek qasr 817 metr balandlikda joylashgan. Uning oldida 1150-1200 yillarda qurilgan va XIV asrning oxirida vayron qilingan oʻrta asr qalʼasining vayronalari turibdi. Hozirgi qasr 1840-1842 yillarda barpo etilgan va bugun Urax gertsoglariga tegishli. Uning ichida tarixiy qurol va aslahalarning kolleksiyasi bor, va u turistlar uchun ochiq.
5. Meteora monastirlari, Gretsiya

Meteora monastirlarining osilib turuvchi qoyalarda joylashganligi bosqinchilar hujumlaridan himoyalanish uchun ayni oʻr joy edi. Ularning butun tarixi davomida atigi 22 yoki 24 monastir mavjud boʻlgan. Ularning anchasi vayronaga aylandi, v ava bugun ulardan faqat 6 tasi qolgan: 4 ta erkaklar va 2 ta ayollarga tegishlisi.
4. Kalapana, Gavayi

1986 yilda vulqon otilishidan keyin, lava bu joyni shahar-sharpaga aylantirdi. Ammo shaharga yoʻl yopiq boʻlishiga qaramasdan, u yerda haligacha bir nechta odam yashaydi. 2010 yildagi maʼlumotlarga koʻra Kalapanda 35 ta uy qolgan.
3. Korovai qabilasining daraxt ustidagi uylari, Indoneziya

Indoneziyadaning janubi-sharqiy tomonidagi Papua qishlogʻida korovai qabilasi yashaydi. Ular baʼzida yer sathidan 50 metrgacha yetadigan, katta balandlikda daraxtda uylar qurishlari bilan mashhur. Shu tariqa papuas qabilasi suv toshqinlaridan va ayollar hamda bolalarni qullik uchun olib ketuvchi dushman qabilalar hujumlaridan himoyalanadi.
2. Solve uychasi, Shveytsariya

Bu baland togʻli uycha dengiz sathidan 4 003 metr balandlikda joylashgan. U Matterxorn togʻiga koʻtarilish yoʻliad joylashgan. Solve Xat ichida 10 ta yotoq va radiotelefon bor. Isteʼmol mahsulotlari uning ichida yoʻq, chunki uychada ob-havo yomonlashishi oqibatida, faqat favqulodda holatlarda tunash mumkin.
1. Santos, “qulayotgan” binolar shahri, Braziliya

Oʻtkir koʻz bilan qaramay turib, bu qirgʻoq boʻyi manzarasida nimadir notoʻgʻriligini koʻrish mumkin. Fundamentni solish vaqtida hozirda tuzatish oson boʻlmagan xatolarga yoʻl qoʻyishgan. Yetishmaydigan chuqurlik sababli fundament katta binolar uchun juda nozik boʻlib chiqdi. Uylar yiqilay deb turishiga qaramasdan, dadil odamlar unda yashashni davom etmoqdalar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



