Qiziqarli dunyo: Dunyoning eng keskin koʻchalari top – 10 taligi

Har kuni ishdan yoki oʻqishdan keyin, uyigacha yetib olish uchun, Yangi Zelandiyaning Danidin shahari Bolduin-strit yashovchilariga 35 foizli koʻtarilishli qiyalikdan oʻtishga toʻgʻri keladi. Bu joyni, hattoki, “dunyoning eng keskin koʻchasi” deb ham atashgan va uni Ginnes rekordlari kitobiga kiritishgan.
Danidinning koʻp qismlari kabi, bu Yangi Zelandiya shahrining koʻchalari, mahalliy relyefning xech qanday hisob kitoblarisiz, 19 asrning oʻrtalarida yotqizib chiqilgan edi. Koʻrinib turibdiki, yoki shahar quruvchilar oʻta kvalifikasiyasi past boʻlgan, yoki ularni bu rayonning boʻlajak aholisining qulyliklari umuman qiziqtirmagan. Oʻsha vaqtlardan beri, ularni har kuni,dam olib olish uchun, yoki hojatlarini chiqarish uchun, ularning xususiy xovlilariga kirib oladigan sayyohlar bezovta qiladilar! Vanihoyat, 2016 yili shahar hukumati, bu qadar antiqaviy koʻchaga tashrif etuvchilar oqimini zaririy sanitar sharoitlar bilan taʼminlash uchun, Bolduin-stritda jamoat hojatxonasini oʻrnatdilar.

Kanton-avenyu – Pitsburgning eng mashxur koʻchalaridan biri boʻlib, u oʻzining 37 foizli keskinligi bilan shuxrat qozongan! Bu yerda doimiy ravishda har yili velosipedli musobaqalar oʻtkaziladi va bunday tadbirlarda ishtirok etishga, yaqin orada yashaydigan, faqatgina eng kuchli sportsmenlar jurʼat etadilar. Bunday keskin qiyalikka koʻtarilish uchun velosipedistning faqatgina juda ham kuchli oyoqlar, balki juda ham kuchli yurak ham kerak boʻladi. Bu bruschatkali yoʻlning boʻlagi mashxur Dirty Dozen (kir oʻn ikkilik) velopoyganing marshrutiga kiradi. 1983 yildan beri uning davomida velosipedistlar oʻz ichiga, tekkis uchastkalari umuman yoʻq boʻlgan, 13 ta eng keskin koʻtarilishlari bor boʻlgan, 80 kilometrlik poygada qatnashadilar. 200 dan ortiq poygachilarning koʻpchiligining asosiy maqsadi gʻalaba emas, balki butun marshrutni toʻliq oʻtishdir. Baʼzi velosipedistlarga, distansiyani toʻliq bosib oʻtish uchun, 7 soat davomida pedallarni aylantirish kerak boʻladi.

Bakster-strit koʻchasi shu qadar keskinki, avtobuslar va juda ham uzaygan korpusli bosqa mashinalar, koʻpincha uning yuqori nuqtasida tiqilib qoladilar. Bu koʻcha Los-Anjelesdagi eng baland koʻcha emas, chunki bunday sharafga Eldrid-strit koʻchasi muyassar. Lekin, Bakster-strit alohida eʼtiborga loyiq. Bu yerda gap koʻtarilishning keskinligidagina boʻlmay, balki pastga tushishning ham keskinligida.
Bakster-stritning qiyaligi naqd 32 foizni tashkil qiladi, va uning tepasida “stop” yoʻl belgisi yoʻq. Shuning uchun haydovchilarda pastga tushishga tayyorlanib olish, fikrlarini jamlab olishga vaqt yoʻq. Siz oʻz harakatingizda davom etib, yaxshilikka umid qilishingiz kerak boʻladi.
Bu boʻlak 1872 yili qurilgan boʻlib, 1930 yillardayoq Bakster-strit “Kichkina muttahamlar” (Little Rascals) filmining kadriga tushgan. Hamda, oʻsha vaqtdan ber,i avtomobil ishlab chiqaruvchilari oʻzlarining konveyrdan endi chiqqan, yangi modellarini quvvatini demonstrasiya qilish uchun bu yerga yuborar edilar. Bakster-stritning qiyaliklarida surʼatga olingan, oxirgi mashxur roliklarining ichida, Qoʻshma Shtatlarda mashxur boʻlgan, skeytbordist Nyuj (Nuge)ning pastga tushishining tasmasi boʻldi.

Vashington togʻI tomonidan Avenyu 50 va Kross-avenyu oʻrtasidagi uchastkasida joylashgan Eldrid-strit koʻchasi (Mt. Washington, Avenue 50, Cross Avenue) oʻzining aql bovar qilmas 66 metrlik tepeliklar almashinuvi va adrenalinli 33 foizli keskinligi bilan magʻrurdir.
Bu koʻcha shu qadar keskin koʻlgani sababli, bu yerga maxsus, kichiklashtirilgan, burilish vaqtida agʻdarilib ketmaydigan qilib loyihalashtirilgan, axlat tashish mashinalari keladilar. Pochta xizmat esa, har bir uyga alohida ravishda korrespondensiya va joʻnatmalarni yetkazib berishdan mutlaqo bosh tortdilar. Ular uchun maxsus guruglashtirilgan pochta qutilari tashkil etilgan boʻlib, ular tepalikning yon bagʻrida joylashganlar. Koʻchaning oxirida yogʻoch zinapoyalar yoʻlovchilarni tepalik boʻylab yana tepaga yoʻnaltiradi, u Eldrid-stritning top koʻcha qismini Kross-avenyu bilan birlashtiradi. Kardiotrenirovka uchun juda zoʻr joy!
Koʻcha 1912 yili qurilgan edi va bu yerda 20 asr boshlarida koʻchmas mulk egasi boʻlgan, Delos Eldridning sharafiga nomlangan edi. 1950 yillardan shahar hukumati keskin qiyalikli koʻchalarni qurishni taʼqiqlab qoʻydi va maksimal boʻldan 15 foiz chegara belgilab qoʻydi.

Fargo-strit koʻchasi Ekxou (Echo Park) bogʻiga yaqin joylashgan va Los-Anjelesdagi enf keskin tepalik boʻlib hisoblanadi, hamda butun Amrika boʻyicha eng keskin koʻchalardan biridir. Shahar ekspertlari uning qiyaligi 33 foiz ekanini tasdiqladilar. Bu koʻcha Pitsburgdagi Kanton-avenyu kabi, doimiy ravishda velopoygalarni oʻtkazadi. 1974 yildan buyon mahalliy veloklub Los Angeles Wheelmen Club, har yili apxill boʻylab bahoriy velopoygalarga sponsorlik qiladi. Tashkilotchilarning fikriga koʻra, tepalikning uchiga yetib bora olganlar uchun asosiy mukofot boʻlib, sportsmenning katta kuch va matonati borligining tasdigʻi, Fargo-strit boʻylab yulduzli poygada qatnashgani haqida esdalik boʻlgan chiroyli tasma va gʻururlanish uchun haqqoniy huquqi boʻladi.

Gavay orilining bu rayoni – dunyodagi bunday uzunlikdagi yoʻllardan eng keskini boʻlib, uzunligi 250 metrga yetadi. U vodiydan bir kilometr tepada joylashgan platoni Ueyp vodiysi bilan birlashtirib turadi. Qiyalikning oʻrtacha gradusi 25 foizni tashkil qiladi, maksimal qiyaligi 40 foizni tashkil qiladi. Bu narsa yoʻlni yuqorida aytib oʻtilgan, Bolduin-strit va Kanton-stritlardan keskinroq qiladi. Bu yoʻl shu qadar keskin tepaga koʻtariladiki, havfsizlik choralarikoʻrilib, u yer faqat toʻrt gʻildirakli mashinalar, yoʻlovchilar va velosipedistlar uchun ochiq.

Lombard-stritni “dunyodagi eng egri-bugri yoʻl” deb atashgan boʻlib, u hattoki shu sababli Ginnes rekordlari kitobiga ham kirgan. U uzun serpantin boʻlganiga qaramay, Lombard-strit baribir juda ham keskin koʻcha boʻlib qoladi. Sayyohlar orasida uning mavjudligi haqida, u yangiliklarda paydo boʻlishigacha, 1950 yillargacha xech qanday maʼlumot boʻlmagan edi.
Lombard-strit kvartali Xayd va Livenvort (Hyde, Leavenworth) koʻchalari oraligʻida, xech qanday burilishlarsiz,yoʻlning 27 foizli qiyaligida, bruschatkali qismi toʻgʻri qilib qurilgan edi. Shahar quruvchilari rejalari boʻyicha, bu yerda piyoda yoʻlovchilari uchun zona boʻladi deb rejalashtirgan edilar. Chunki, mahalliy relef mashinalarni havfsiz haydashi uchun mos boʻlmagan edi. 1922 yili koʻcha aholisi bu rayonni avtotransport uchun yanada toʻgʻri keladigan qilish maqsadida, oʻz ichiga sakkizta keskin burilishlarni oladigan yoʻlning loyihasini ishlab chiqishga yordam berdilar. Endilikda Lombard-stritdan har yili 1 millionga yaqin mashinalar oʻtadi.

Haqiqiy sinovlardan oʻymoqchi boʻlgan, Britaniyalik velosipedistlar Bristolda boʻlib, u yerda Totterdaun (Totterdown) shaharchasidan Veyl-stritni topishlari lozim. Bu butun Buyuk Britaniyadagi eng keskin koʻcha boʻlib, u nafaqat oʻzining 20 foizli qiyaligi bilan mashxur boʻlibgina qolmay, balki har yili oʻtkaziladigan Pasxa tuxumlarini tushirilish festivali bilan ham taniqli. Mahalliy aholi bu yerga har yili, sinib ketishidan avval, tuxumlarni kim koʻcha boʻylab kʼoproq pastga tushira olishini tomosha qilish uchun, Pasxada yigʻiladilar.

Navbat boshqacha maʼnodagi keskin koʻchalarga yetdi. Masalan, Ebenizer koʻchasi dunyodagi eng kalta koʻchaligi bilan ajoyibdir. Uning uzunligi – atigi 206 sangtimetr! Bu jonli prospect kam, lekin ikki uch qadam bosib sayr qilish uchun yetarli.
Bunday koʻcha qanday qilib paydo boʻlishi mumkin edi? 1883 yili Uikga mashxur amerikalik admiral Aleksandr Sinkler (Alexandr Sinclair) tashrif etgan. U bu shaharning ikki eng jonli koʻchalariga chiquvchi mahmonxona qurishga qaror qilgan edi. Natijada binoning eshiklari ikki koʻcha orasidagi kichik oʻtish joyida joylashgan boʻldi. Mahalliy hukumat esa, mehmonxonani qaysi koʻchaga taaluqliligini hal qila olmadilar va ular uni yangi adres boʻyicha qayd qilishlariga toʻgri kelgan. Endilikda, Ebenizer – mahalliy diqqatga sazovor joy, eski mehmonxona esa, uning birinchi va oxirgi uyi.

Buzning roʻyxatimizni dunyoning eng uzun koʻchasi yakunlaydi. Mashxur shimoliy amerika koʻchasining uzunligi 1896 kilometrni tashkil etadi va u Toronto megapolisi va Kokran (Cochrane) shaharchasini deyarli birlashtirib turadi. U oʻz yoʻlida №11 shosse bilan birlashib ketar edi.
Oʻz vaqtida bu koʻchadan hidularning yoʻllari oʻtar edi. Lekin, keyinchalik bu yerga yevropaliklar keldilar va oʻzlari bilan jangchilarni soʻng koʻplab koʻchib keluvchilarni olib keldilar. Bu koʻcha toʻla qonli boʻlib 18 asr oxirida boʻla oldi. U vaqtda koʻchaning ikki tomonlarida koʻp sonli uylar va doʻkonlar paydo boʻldi. Bugun bu yerda barlar va restoranlar, butiklar, konoteatrlar, kazino va tunggi klublar gurkiramoqda. Butun sutka davomida Yang-stritda sayyohlar va mahalliy aholi koʻngilhushlim qiladilar va sayyoramizdagi eng uzun koʻcha sharafiga qadaxlarini koʻtaradilar.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



