Qiziqarli

Qiziqarli dinyo: Top-10 Xitoy yuqori tezlikli poezdlari haqida antiqa faktlar

Qiziqarli dinyo: Top-10 Xitoy yuqori tezlikli poezdlari haqida antiqa faktlar

21 asrning boshidanoq Xitoy yuqori tezlikli trassani qurishni boshladi. Va qurdi. Va qurdi. 2017 yilga tezlik bilan sakrash va mamlakat, biz tasavvur qila olmagan katta masofalarga millionlab passajirlarni uchirib oʻtadigan, tezyurar poezdlar tizimi bilan aylanib chiqqan. Ehtimol, yuqori tezlikda yuruvchi lokomotivlarning qurilishining bumini Osiyoda Yaponiya boshlagan, lekin Xitoy buni oʻz yutugʻiga aylantirdi. Hamda, Xitoyda qilinadigan hamma narsalar singari, ular buni boshqalarga qaraganda kattaroq, ajoyibroq va yanada aql bovar qilmaydigan qilib qildilar.

Qiziqarli dinyo: Top-10 Xitoy yuqori tezlikli poezdlari haqida antiqa faktlar

Avvalam bor, siz Xitoydagi yuqori tezlikli temir yoʻl juda tezkorligini bilishingiz kerak. Qanchalar? Tushunish onson boʻlishi uchun, agarda siz yuqoriga chiquvchi tezyurar yoʻl qurmoqchi boʻlsangiz, u holda Pekindan Oygacha boʻlgan yuqori tezlikdagi poezd yoʻli 60 soniyadan kam vaqtni talab etadi.
Mayli, bu yolgʻon. Lekin unda jiddiy maqsad bor: Xitoy poezdlari qanchalar tezkor boʻlishi mumkinligini koʻrsatish. Dunyodagi eng tezkor kommersiya poezdlarining uchtasidan ikkisini Xitoydan toppish mumkin. Hamda, ularning ikkisi ham Shanxayda. Ularning eng tezkori Shanxay Maglev (Shanghai Maglev) boʻlib, tezligini 430 kilometr soatgacha oshiradi. Agar poezd passajirlarsiz harakatlansa, uning tezligi 500 kilometr soatni tashkil qiladi. Lekin, bu poezd eng tezkor emas. Eksperemental yapon modeli 589 kilometr soat tezlik bilan harakat qiladigan boʻladi. Biroq, 2017 yildan keyin paydo boʻladi. Bu vaqtda Shanxay aholisi 10 yil davomida bu texnika fikri bilan yuzma-yuz boʻlib kelayotgan boʻladilar.
Albatta, bunday sonlar haqida eshtish boshqa, ularni reallikda his etish boshqa. Masalan, Pekindan Shanxaygacha 1318 kilometrlik yoʻl 5 soatdan kam vaqtni talab etadi. Bu Nyu-Yorkdan Atlantagacha boʻlgan masofadan koʻproq, lekin sizning Netfliksdagi yangi mini-serialni tomosha qilishingizdan kamroq vaqtingizni oladi.

Qiziqarli dinyo: Top-10 Xitoy yuqori tezlikli poezdlari haqida antiqa faktlar

Deyarli samolet tezligiga teng boʻlgan, kutishlarsiz va havfsizlik tekshiruvlarisiz, Xitoy poezdlari yuradigan fantastik tezligini hisobga olganda, ular juda qimmat boʻlsa kerak deb oʻylash mumkin. Bu unday emas. Xitoy yoʻllari hali kommunistlarning vaʼdalaridagi kabi, kambagʻallar uchun yoʻllar boʻlishi kerak deganlariga aylanmagan boʻlsada, sayyohlik uchun narxlar passajirlarning asosiy massasiga sotib olishiga moslangan. Masalan, Pekin – Shanxay super tezkor shox yoʻlini olsak. Siz nima deb oʻylaysiz ikkinchi klassdagi joy qanchaga aylanadi? 553 yuan, yoki taxminan 80 dollar. Emtrek (Amtrack) bilan Nyu-Yorkdan Atlantagacha kichik sayohat qancha turishini bilasizmi? 122 dollar. Bu degani, unchalik uzoqda joylashmagan punktga, uch barobar koʻproq vaqt talab etadigan sayohat uchun qoʻshimcha 40 dollar.
Agarda siz oddiy shahar tashqarisidagi liniyada sayr qilayotgan boʻlsangiz, unda u bundan ham arzonroq tushadi. Shangeldan Shandun provinsiyasidagi Veyfanggacha 24 kilometrlik liniya 4,5 yuan turadi, yoki 0,67 dollar. Aholining koʻpchiligi poezdlarda sayr qiladilar. Agarda Amerika shaharlari ularga mashinada yetib boorish qulay boʻlishi uchun moslashtirib qurilgan, Xitoy shaharlari esa, ularga poezdda yetib boorish uchun moslashtirib qurilgan.

Qiziqarli dinyo: Top-10 Xitoy yuqori tezlikli poezdlari haqida antiqa faktlar

Xitoy poezdlari arzon va tezkor boʻlganligi sababli, ularni juda ommaviy deb taxmin qilish mumkin. Bu oddiy mashxurlik emas. Bu undanda koʻproqdir. Yuqori tezlikdagi sayohatlar oddiygina koʻpchilik emas, balki siz tasavvur qila oladigan juda, juda, juda koʻpchilikdir. 2016 yili bu transport turi bilan foydalangan passajirlar miqdodi 1,5 milliardni tashkil qildi. Bu miqdor Xitoyda, juda koʻp sonli aholisi bilan mashxur mamlakatda, doimiy yashaydigan odamlar sonidan koʻproqdir. Yer aholisi 7,5 milliardni tashkil etishini hisobga olgan holda, bu aholining 20 foizi har yili yuqori tezlikda yuradigan Xitoy poezdlardan foydalanadilar. Agar, oʻzga sayyoraliklar Yerdan besh nafar kishini oʻgʻirlab ketganlarida, hamda ularni soʻroqqa tutganlarida, ulardan bittasi bunday poezdlardan foydalangan boʻlgani aniqlangan boʻlar edi.
Biz bu sonlarni illyustrasiya sifatida keltirmoqdamiz. Davlat, hattoki Xitoy kabi avtoritar boʻlsa ham, bunday sayrlar uyushtirgan har bir passajirni kuzatib ololmaydi. Ularning koʻpchiligi esa, biletlarni bir necha marotaba xarid qilib olishlari mumkin. 1,5 milliard bu kolossal miqdor va u oʻsaveradi.

Qiziqarli dinyo: Top-10 Xitoy yuqori tezlikli poezdlari haqida antiqa faktlar

Xitoyliklar tezyurar poezdlarga boʻlgan mehrilari bilan Yaponiyaliklardan ham oʻzib ketishlarini biz yuqorida aytib oʻtgan edik. Bu mehr qanchalar chuqur ekanini takrorlab oʻtish foydadan holi boʻlmaydi. Xitiy dunyodagi eng uzun yuqori tezlikda yuruvchi, 20 166 kilometrni tashkil etuvchi poezdlar tarmogʻiga ega. Bu nafaqat boshqa katta tarmoqli mamlakat – Yaponiya bilan solishtiraganda koʻproq, yoki boshqa beshta mamlakatlar bilan solishtirganda koʻproq, balki butun dunyodagilarning barchasidan koʻra koʻproqdir. Bu degani ularda sayyoramizning qolgan qismidan koʻra koʻproq tarmoqlar bor degani. Agarda siz har bir Xitoy relsini ketma-ket terib chiqsangiz, hamda Xitoyniki boʻlmagan yuqori tezlikdagi poezdlar relslarini terib chiqsangiz, Xitoy relslari koʻproq chiqadi.
Shu bilan birga Xitoy tempni sekinlashtirmoqchi emas. 2025 yilga kelib yana 15 000 kilometr yoʻl qurilishi rejalashtirilmoqda. Agar Xitoyga yuqori tezlikdagi temir yoʻllar planiga koʻz tashlasak, mamlakatning sharqiy regioni boshqa mamlakatlarda oddiy temir yoʻl qanday zich joylashgan boʻlsa, Xitoyda yuqori tezlik poezdlari temir yoʻllari ham shunday zich boʻlib joylashishini koʻramiz. Hattoki, mamlakatning janubiy qirgʻogʻida joylashgan Xaynan oroli ham yuqori tezlikdagi temir yoʻllar liniyasi bilan oʻralgan. Maʼlumot uchun, Xaynan Merilenddan biroz kattaroq.
Yuqori tezlikdagi yoʻllarning rivojlanishining natijasi boʻlib, aql bovar qilmas megapolislar paydo boʻlishi boʻldi. Chunki, endilikda Shenchjendagi odamlar 137 kilometr masofada joylashgan Guanchjoyga 30 daqiqada yetib bora oladigan boʻldilar.

Qiziqarli dinyo: Top-10 Xitoy yuqori tezlikli poezdlari haqida antiqa faktlar

Xitoy tarixiga qaytamiz va poezdlarning biriga chiqib olamiz. Bunday sayohatdan nimani kutish mumkin? Aniq, xech qanday tezkor relslar boʻlmagan, lekin tizimning oʻzi modernizasiyani boshida oʻtkazgandir? Balkim, relslat tarmoqlari yangilashga muxtoj boʻlsada, lekin anchayin ishonchlimikan?
Shok holatida sayohat qilishga tayyorlaning. 90 chi yillarning oʻrtalarida poezdlar sekin yuradigan emas, balki juda sekin yuradigan boʻlganlar. Ularning oʻrtacha tezligi 59 kilometr soatni tashkil etgan. Biz “0” ni yozishni unutganimiz yoʻq. Xitoy poezdlari oxirgi 20 asr ichida juda daxshatli edilar. Koʻp katta shaharlar bir-biri bilan bogʻlangan emas edi. Katta shahar uchun liniya yaratish gʻoyasi esa, aql bovar qilmas boʻlgan edi. Mavjud boʻlgan poezdlar relslar boʻylab harakatlanishi juda ham sekin boʻlgan. Hamda, ular haddan tashqari toʻla boʻlgan edi.
U vaqtda Xitoyda investorlarning “aqilli pullari” paydo boʻldi va mamlakat AQSH ning tajribasini qaytarib avtomobil millatiga aylanishi mumkin edi. Lekin Xitoy Kommunistlar partiyasining oʻz gʻoyalari bor edi. Agar Partiya Xitoyda biror nima qilmoqchi boʻlsa, u buni qiladi.

Qiziqarli dinyo: Top-10 Xitoy yuqori tezlikli poezdlari haqida antiqa faktlar

2011 yili u Transport Vazirligiga oʻzgartirilgan boʻlsada, Xitoy davlat temir yoʻl departamenti hali hamon baʼzi aqldan ozdiruvchi loyihalarda ishtirok etadi. Viktorian Angliyada masalan, muhandislar Fort-Bridj (Forth Bridge) kabi ajoyib narsalar yaratganlar. 21 asrda esa, Xitoy shunga oʻxshash loyihalarda ishtirok etmoqda. Farqi shundaki, Xitoy loyihalari aqldan ozish va omilkorlikning chegarasida boʻladi.
Mana bitta misol: 2015 yili Pekin Xitoy va Nepalni temir yoʻl bilan bogʻlamoqchi ekanini eʼlon qildi. Nepal togʻli , Xitoy tomonidan yetib boorish qiyin mamlakatligini hisobga olmaganda, xech qanday muammo yoʻq. Shuning uchun Xitoy Everest togʻI ostida tunnel qazib yoʻlni tushurishga qaror qildi. Ikki yil oʻtda, lekin loyihani amalga oshirishga hali oʻtilgani yoʻl. Biroq, u aktiv ravishda koʻrib chiqilmoqda.
Lekin bu loyiha ham Xitoy hukumatining aqldan ozdiruvchi gʻoyasi oldida soʻnib qoladi. 2014 yili Pekin Xitoy va AQSHni birlashtiradigan temir yoʻl liniyasini qurish kerak deb qaror qildi. Taxmin qilinishicha, bu yuqori tezlikdagi liniya dunyodagi eng uzun boʻlib 4 ta davlatni kesib oʻtadi (Xitoy, Rossiya, AQSH, Kanada). Unga eng uzun suv osti tonneli kiradi, u Rossiyani Alyaska bilan birlashtiradi. Hatto bunday yuqori tezlikdagi sayohat ham bu liniya boʻylab ikki kunni oladi.

Qiziqarli dinyo: Top-10 Xitoy yuqori tezlikli poezdlari haqida antiqa faktlar

Bu barcha yuqori texnologik ishlanmalarga, aqldan ozdiruvchi binolarga va boy biznesmenlarga qarab turib, Xitoy avtoritar kommunistik davlat ekanini yoddan chiqarish onson. Bu degani, har kimni “tozalash” va katorga ishlariga yuborishlari mumkin. Repressiyalarning yuqori martabali kishilaridan biri boʻlib, Lyu Chjiszyun (Liu Zhijun) boʻldi. U odam yuqori tezlikli poezdlar tizimini yaratishda ishtirok etgan.
Lyu Chjiszinni avval Xitoyning temir yoʻllari otasi deb atashar edi. 2003 yili u temir yoʻl transporti vaziri etib tayinlangan edi. Huddi shu vaqtda Xitoy yuqori tezlikli orzuni amalga oshirishga kirishdi. Uning boshqaruvi ostida vazirlik qoʻshimcha moliyalashtirish va siyosiy koʻmakni olish uchun har qanday tryuklarni qoʻllar edi.
U oʻz departamentini shaxsiy davlatidek boshqarar edi, uning soni va kuchini koʻpaytirardi. Vaqt oʻtgach u faqat xarbiy departamentdan qolishar edi halos. Mansabga ega boʻlgandan besh yil oʻtgach, Lyu Chjiszyun birinchi yuqori tezlik temir yoʻlini ochdi. 2011 yilga kelib u biz soʻz yuritayotgan tizimni kiritdi.
Afsus, Lyu Chjiszyunning karyerasining choʻqqisi Si Szinpinning (Xi Jinping) tezkor yuqoriga koʻtarilishi bilan toʻgʻri kelib qoldi. 2013 yili yangi boshqaruvchi antikorrupsion kompaniyani Lyu Chjiszyunga qarshi boshladi. Unda Lyu Chjiszyun poralar olgani aniqlangan. Xitoy qonuniga koʻra, uni oʻlim jazosiga mahkum qilganlar, keyin uni umrbod qamoq jazosiga almashtirdilar.

Qiziqarli dinyo: Top-10 Xitoy yuqori tezlikli poezdlari haqida antiqa faktlar

Xitoy tezkor poezdlari juda havfsiz, harakatlanishi shu qadar ohistaki, passajirlar makonda joylari oʻzgarayotganini hattoki sezmaydilar. Lekin, aytish joizki, avariyalar boʻlib turadi. Bu poezdlar harakatlanadigan tezlikni hisobga olganda, siz hattoki qoʻrqib ketishga ulgurmasligingizga ishongan yaxshiroq.
2011 yili Venchjou shahri yaqinida chaqmoq poezdni urib yuborgan va bu qisqa tutashuvga olib kelgan. Passajirlar omon qolganlar, lekin poezd toʻxtab qolgan. Mashinist uni qayta yurgazmoqchi boʻlganida, poezd orqasidan katta tezlikda boshqa poezd urilgan. Viadukdan suvga tushib ketgan. Tez yordam voqea joyiga yetib borganida, 40 nafar odam oʻlgan edi va 200 nafari jarohatlangan. Qutqaruv operasiyasi davomida oʻlik tanalar poezddan pastga tushishda davom etayotgan edi. Bu esa, voqea guvohlariga daxshatli surʼatni gavdalantirgan.
Bu dunyoda sodir boʻlgan tezkor poezdning yagona halokati emas, bu borada Xitoy munosabatida adolatli boʻlish kerak. 2013 yili ispan poezdi relslardan 160 kilometr soat tezlikda chiqib ketgan, 80 nafar odam halok boʻlgan edi.

Qiziqarli dinyo: Top-10 Xitoy yuqori tezlikli poezdlari haqida antiqa faktlar

Yodingizda boʻlsa, biz yuqorida Xitoy sayyoramizdagi eng yuqori tezliklardan foydalanishini aytgan edik. Relslar yotqizilishi, yangi stansiyalar qurilishi, temir yoʻl tizimiga yangi shaharlar qoʻshilishiga qaramay, Xitoyda yuqori tezlik poezdlari, biz oʻylaganimizdek foyda keltiradigan emas. Faqat 6 ta liniya foyda keltiradi, qolganlari esa, zarar koʻradilar.
Olinadigan daromad qurilish narxini oʻz ichiga olmaydi. Barcha daromadli marshrutlar mamlakatning sharqida joylashgan va yirik megapolislarni bir biri bilan bogʻlab turadi. Ulardan eng daromadlilari bu Pekin va Shanxayni bogʻlovchi liniyadir. Qolganlarchi? Pekin-Tyanszin liniyasi keskin arzonlashdi, lekin boshqalari moliyaviy qora teshiklardir. Guanchjou-Guychjou liniyasi yiliga 3 milliard yuan miqdorida foizlar toʻlab berishi kerak. Shu bilan birga, bu summaning uchdan bir qismi biletlar sotilishiga toʻgʻri keladi. Xozirda yotqizilgan 20 100 kilometr yoʻllardan faqat 5 000 kilometri yoki yetarli darajada mablagʻ keltiradi, yoki oʻziga ketgan xarajatlarni qoplash uchun mahalliy iqtisodiyotni stimullashtiradi.
Bu degani mamlakat katta miqdordagi qarz yukini koʻtaradi. Bugungi kunda Xitoy temiy yoʻl korporasiyasi (The China Railway Corporation) 4 trillion yuan qarz boʻlib qolgan. Bu esa, “Ekonomist” (The Economist) ning fikricha mamlakatning YIM sining 6 foizini tashkil qiladi. Baland boʻyli odamlar albatta, barcha qolganlarga tepadan qarash imkoniga egalar, lekin ular hayotida turli xil muammolar va turmush noqulayliklari bor boʻlib, ular haqida aksariyat odamlar hattoki oʻylanmaydilar ham!

Qiziqarli dinyo: Top-10 Xitoy yuqori tezlikli poezdlari haqida antiqa faktlar

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, Xitoy yuqori tezlik temir yoʻllari qurilishi va ishlatilishining tajribasini koʻchirib olish istagi paydo boʻladi. Agarda shunday boʻlsa, omadingizni bersin. Xitoy yuqori tezlik temir yoʻllari tarmogʻining aql bovar qilmas gʻoyasi faqatgina mamlakatning oʻziga hos xususiyatlari evaziga mumkin boʻldi. Bu yutuqni dunyoning istalgan nuqtasida takrorlab koʻrishingiz mumkin, hoyna hoy siz tanazzulga uchraysiz.
Asosiy factor boʻlib tannarx chiqadi. Xozir Xitoy iqtisodiyoti boshidan bumni oʻtkazmoqda. Shuning uchun davlat oʻz yelkalariga zarar koʻrayotgan liniyalarni xarajatlarini va ularni ishchi holatida ushlab turish uchun taʼmirini ola oladi. Yana taʼkidlash lozim boʻlgan factor bu qurilish tannarxi. Jahon Banki (World Bank) ning baholashiga qaraganda, Xitoy kamida 23 million dollarni 1 kilometr yuqori tezlik temir yoʻli qurish uchun sarf qiladi. Yevropada bu sonlar kamida 25 million dollarni tashkil etishi, yoki 39 million dollargacha yetishi ham mumkin. Agar shunga oʻxshash biron nimani San-Fransisko va Los-Anjeles oʻrtasida qurishga harakat qilsangiz, 56 million dollarga aylanadi. Farqini sezyapsizmi? Bir tomondan arzon Xitoy ishchi kuchi, ikkinchi tomondan arzon yer. Yevropa va AQSH da yer uchun siz uning haqiqiy narxini toʻlashingiz kerak boʻladi, Xitoyda esa, davlat kerak deb bilganining hammasini musodara qilib oladi.
Natijada boshqa mamlakatlar yuqori tezlik temir yoʻllari dasturlarini yoki qisqartiradilar, yoki keying qoldiradilar. Biz Xitoy tezliklarida harakat qilishni orzu qilishimiz mumkin. Lekin, shilla qurt tezligida harakat qilishga majburmiz.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar