Qiziqarli

Qiziqarli maʼlumot: 2004 yil 1 sentyabr kuni Beslandagi maktabning terrorchilar tomonidan garovga olinishi. Tafsilotlar

Qiziqarli maʼlumot: 2004 yil 1 sentyabr kuni Beslandagi maktabning terrorchilar tomonidan garovga olinishi. Tafsilotlar

1 sentyabr kuni ertalab taʼlim muassasasining hovlisida yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan tadbir oʻtkazilayotgan edi. Shu payt bu yerga usti yopiq yuk mashinasi kelib toʻxtadi va ichidan birin-ketin qurollangan jangarilar tushib kela boshladilar. Terrorchilar yigʻilib turgan olamonning ustidan osmonga qarab oʻq uzib, hammani bino ichkarisiga hayday boshladilar. Olamon boʻlgan voqeadan karaxt boʻlib qoldi. Shunga qaramay kimlardir qochishga harakat qildi va vahimadan foydalanib bir necha odamgina qochishga ulgurdi.

Qiziqarli maʼlumot: 2004 yil 1 sentyabr kuni Beslandagi maktabning terrorchilar tomonidan garovga olinishi. Tafsilotlar

Garovga olinganlarning soni 1116 nafar boʻlib, ularning asosiy qismini bolalar, ayniqsa bogʻcha yoshidagi bolalar tashkil etar edi.

Terrorchilar garovga olinganlarni maktabning sport zaliga haydab kiritib, uni va boshqa xonalarni minalashtirdilar. Ular avvaliga hech qanday talablarni qoʻymadilar, ammo biroz vaqt oʻtgandan keyin maktab binosiga Shimoliy Osetiyaning prezidenti Aleksandr Dzasoxov, Ingushetiyaning prezidenti Murat Zazikov va fojiali tibbiyot Ilmiy Tekshirish Institutining direktori – doktor Leonid Roshalning kelishini talab qildilar hamda hukumat Checheniston hududidan federal kuch askarlarini chiqarishini va avval hibsga olingan terrochilarni ozod qilishlarini talab qildilar.

Qiziqarli maʼlumot: 2004 yil 1 sentyabr kuni Beslandagi maktabning terrorchilar tomonidan garovga olinishi. Tafsilotlar

Rossiya Federatsiyasining prezident maslahatchisi Aslambek Aslaxanov, bolarlar shifokori Leonid Roshal hamda hukumar vakillari 1-3 sentyabr kunlari jangarilar bilan muloqot qilishga urinib koʻrdilar. Shu uch kun davomida terrorchilar aniq bir talablarni qoʻymadilar va garovdigilar uchun dori-darmon, suv, oziq-ovqatlarni qabul qilib olishdan bosh tortdilar. Jangarilar shuningdek garovdagilarni ozod qilish evaziga katta miqdorda pul olishni ham xohlamadilar.

Qiziqarli maʼlumot: 2004 yil 1 sentyabr kuni Beslandagi maktabning terrorchilar tomonidan garovga olinishi. Tafsilotlar

Terrorchilar 2 sentyabr kuni birgina odam – Ingushetiyaning sobiq prezidenti Ruslan Aushevni qabul qildilar va maktab binosiga kirgizdilar. Aushev jangarilar bilan muloqot chogʻida ularni oʻzi bilan birga garovdagilardan 26 nafarini – ayollar va goʻdaklarni chiqarib yuborishga koʻndira oldi.

Qiziqarli maʼlumot: 2004 yil 1 sentyabr kuni Beslandagi maktabning terrorchilar tomonidan garovga olinishi. Tafsilotlar

Uchinchi kun esa tezkor guruh aʼzolari bosqinchilarni birinchi kunda oʻldirilgan odamlarning jasadlarini olib chiqib ketishga koʻndirdilar.

3 sentyabr kuni peshinga yaqin vaqtda maktab binosi yaqiniga FVV (Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi) ning avtomobili kelib toʻxtadi. Uning ichidan halok boʻlganlarning jasadini olib ketish uchun toʻrt nafar xodim tushishi bilanoq, maktab binosida ikki marotaba kuchli portlash sodir boʻldi va ketidan otishma boshlanib ketdi. Devorning buzilishi hamda oynalarning sinishi oqibarida katta tirqishlar paydo boʻldi. Garovdagi bolalar va ayollar shu tirqishlardan sakrab qocha boshladilar. Garovda erkaklar yoʻq edi, ularning barchasi teraktning birinchi kunidayoq otib tashlangan edilar.

Qiziqarli maʼlumot: 2004 yil 1 sentyabr kuni Beslandagi maktabning terrorchilar tomonidan garovga olinishi. Tafsilotlar

Tergov versiyasida aytilishicha, bu portlashlar oʻz-oʻzidan tasodifan sodir boʻlgan va buning natijasida maxsus guruhlar tomonidan rejalashtirilmagan hujum boshlab yuborilgan. Otishma kechqurunga qadar davom etgan, buning oqibatida maktab vayronaga aylangan.

Ushbu terakt oqibatida 335 nafar odam halok boʻldi, ulardan 318 tasi garovdagilar boʻlib – 185 tasi yosh bolalar edi.

Qiziqarli maʼlumot: 2004 yil 1 sentyabr kuni Beslandagi maktabning terrorchilar tomonidan garovga olinishi. Tafsilotlar

Baʼzi halok boʻlgan garovdagilarning shaxsini aniqlash uchun irsiy ekspertiza qilishga toʻgʻri keldi. Halok boʻlganlarning orasida shuningdek Rossiya maxsus guruhining 10 nafar xodimi, ikki nafar FVV xodimi hamda garovdagilarni qutqarishda ishtirok etgan Beslan fuqarosi ham bor edi.

Qiziqarli maʼlumot: 2004 yil 1 sentyabr kuni Beslandagi maktabning terrorchilar tomonidan garovga olinishi. Tafsilotlar

Maxsus guruh jangchilarining koʻp qismi oʻz tanalari bilan bolalarni oʻqlardan berkitib halok boʻldilar. 810 nafar odam yaralandi – bular garovdagilar, Beslan aholisi, FXX (Federal Xavfsizlik Xizmati), FVV, militsiya va harbiylardir.

Garovagi shaxslar yarador boʻlishdan tashqari maktab binosida sodir boʻlgan terakt oqibatida juda kuchli ruhiy zarbaga duchor boʻldilar. Ular 50 soatdan koʻproq vaqt davomida terrochilarning qiynov va siquvi ostida oʻtirdilar. Ularga uch kun davomida suv, ovqat va dori-darmon berilmadi. Suvsizlangan bolalarning koʻpchiligi xushidan ketdi, baʼzilar esa oʻz peshobini ichishga ham majbur boʻldi.

Qiziqarli maʼlumot: 2004 yil 1 sentyabr kuni Beslandagi maktabning terrorchilar tomonidan garovga olinishi. Tafsilotlar

Bu terakt oqibatida jami 1315 nafar odam jabrlandi. Tergov natijalariga qaraganda, maktabga hujum uyushtirgan jangari guruh 32 kishidan iborat boʻlib, ulardan ikki nafari xudkush terrorchi ayollar boʻlgan. Bu qonli terakt butun dunyo aholisining qalbini larzaga soldi.

Qiziqarli maʼlumot: 2004 yil 1 sentyabr kuni Beslandagi maktabning terrorchilar tomonidan garovga olinishi. Tafsilotlar

Oʻtkazilgan operatsiya natijasida jangarilardan bittasigina – Nurpashi Kulayev qoʻlga olindi, qolgan terrorchilarning hammasi esa yoʻq qilindi. 2005 yilda Kulayev ishi boʻyicha sud jarayoni boshlandi, unga Jinoyat Kodeksining 8 moddasi boʻyicha ayb qoʻyildi – banditizm, terrorizm, qotillik, tartib saqlash organlari xodimining hayotiga tajovuz, odamlarni garovga olish, qurol, va portlovchi moddalarni noqonuniy ravishda qoʻlga kiritish, saqlash va olib yurish. Bularni barchasini hisobga olib, sud Kulayevni umrbod qamoq jazosiga hukm etdi.

Qiziqarli maʼlumot: 2004 yil 1 sentyabr kuni Beslandagi maktabning terrorchilar tomonidan garovga olinishi. Tafsilotlar

Shimoliy Osetiyadagi terakt sababli 2004 yilning 6-7 sentyabr kunlari motam kuni deb eʼlon qilindi.

Qiziqarli maʼlumot: 2004 yil 1 sentyabr kuni Beslandagi maktabning terrorchilar tomonidan garovga olinishi. Tafsilotlar
Qiziqarli maʼlumot: 2004 yil 1 sentyabr kuni Beslandagi maktabning terrorchilar tomonidan garovga olinishi. Tafsilotlar
Qiziqarli maʼlumot: 2004 yil 1 sentyabr kuni Beslandagi maktabning terrorchilar tomonidan garovga olinishi. Tafsilotlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar