Qiziqarli

Qiziqarli maʼlumot: Ilm-fan va madaniyatni yuqori choʻqqilarga olib chiqqan 10 ta buyuk daho shizofreniklar

Oxirgi oʻn yilliklarda tibbiyot ancha olgʻa siljiganiga qaramay, ushbu kasallikning kelib chiqish sabablari nomaʼlumligicha qolmoqda, butkul tuzalib ketish yoʻllari ham mavjud emas. Biroq isteʼdodli dohiy insonlardagi bu xastaliklarni hisobga olmasa ham boʻladi. Chunki agar ularning “bu gʻalati” kasalliklari boʻlmaganida, olamni larzaga solgan koʻpgina tengi yoʻq sanʼat asarlari dunyo yuzini koʻrmagan va ilmiy kashfiyotlar sodir boʻlmagan boʻlar edi.

Qiziqarli maʼlumot: Ilm-fan va madaniyatni yuqori choʻqqilarga olib chiqqan 10 ta buyuk daho shizofreniklar

Gollandiyalik rassomning ruhiy xasta boʻlganligi koʻpchilikka ayon. Sanʼatshunos olimlarning taʼkidlashlaricha, bu rassomning mashhur asarlari uning xastaligi avjiga chiqqan vaqtda dunyoga kelgan. Bunday davrda Vinset Van Gog uyqusizlikka chalinib, kuniga shunday durdona asarlardan bir nechtasini yaratar edi.

Qiziqarli maʼlumot: Ilm-fan va madaniyatni yuqori choʻqqilarga olib chiqqan 10 ta buyuk daho shizofreniklar

Olmon mutafakkiri, faylasuf hamda oʻta qudratli odam haqidagi gʻoyaning muallifi Fridrix Nitsshega “yadroviy aralash shizofreniya” tashhisi qoʻyilgan. Ushbu xastalikning yorqin belgilaridan biri – ulugʻvorlik vasvasasidir.

Qiziqarli maʼlumot: Ilm-fan va madaniyatni yuqori choʻqqilarga olib chiqqan 10 ta buyuk daho shizofreniklar

Amerikalik buyuk matematik, 1994 yilning iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofotining laureati. Uning biografiyasi boʻyicha Gollivud kinoustalari tomonidan “Ong oʻyini” filmi suratga olingan boʻlib, unda bosh rolni aktyor Rassel Krou ijro etgan.
Jon Nesh ham shizofreniya xastalligidan aziyat chekar edi. Biroq bu narsa Neshga yashash hamda oʻyinlar nazariyasi va differentsial geometriya sohasida ish yuritishiga toʻsqinlik qilolmagan. U “devni boʻysundira olgan”, yaʼni xastalikni nazorat qila olgan, uni qabul qilgan va u bilan yashashnga koʻnikkan. Dohiy olim Jon Nesh uzoq va qiziqarli hayot yoʻlini bosib oʻtdi va 2015 vyilda avtohalokatda vafot etdi.

Qiziqarli maʼlumot: Ilm-fan va madaniyatni yuqori choʻqqilarga olib chiqqan 10 ta buyuk daho shizofreniklar

Ispaniyalik buyuk rassom, haykaltarosh, yozuvchi, ajoyib sanʼat asarlarining muallifi Salvador Dali ham shizofreniyaning ogʻir turidan aziyat chekar edi.

Qiziqarli maʼlumot: Ilm-fan va madaniyatni yuqori choʻqqilarga olib chiqqan 10 ta buyuk daho shizofreniklar

Alisa haqida mashhur asarlar yozgan muallif ham shizofreniyaning yengil turi bilan kasallangan boʻlib, begona ayollardan qattiq qoʻrqgan, shuning uchun ularning yoniga hech ham yaqinlashmagan. Ammo shunga qaramasdan, bolalar bilan yaxshi chiqisha olgan. Biroq Kerollning xastaligidan xabardor boʻlgan odamlar bu narsani notoʻgʻri qabul qilganlar. Shuning uchun uni koʻpchilik uyining yaqiniga yoʻlatmagan.

Qiziqarli maʼlumot: Ilm-fan va madaniyatni yuqori choʻqqilarga olib chiqqan 10 ta buyuk daho shizofreniklar

Dunyoga mashhur boʻlgan “Don Kixot” asarining muallifi Migel Servantes ham shizofreniklardan biri boʻlgan. U oʻzining xususiyatlarini asarda namoyon qilgan va aynan shuning uchun boʻlsa kerak, asar oʻlmas durdona asarga aylangan.

Qiziqarli maʼlumot: Ilm-fan va madaniyatni yuqori choʻqqilarga olib chiqqan 10 ta buyuk daho shizofreniklar

Ushbu yozuvchi shizofreniyaning yengil turi bilan kasallangan. Aytishlaricha, aynan ana shu xastalik sababli muallifning fantastik romanlari shunchalik qiziqarli va maroqli chiqqan.

Qiziqarli maʼlumot: Ilm-fan va madaniyatni yuqori choʻqqilarga olib chiqqan 10 ta buyuk daho shizofreniklar

Bu buyuk matematik va fizik olim shizofreniya hamda bipolyar buzilish kabi ruhiy xastaliklardan aziyat chekkan. Nyuton odamovi, kamgap boʻlgan va odamlardan xoli boʻlishga harakat qilgan. Kayfiyati esa bir soat ichida bir necha marotaba oʻzgarishi mumkin edi.

Qiziqarli maʼlumot: Ilm-fan va madaniyatni yuqori choʻqqilarga olib chiqqan 10 ta buyuk daho shizofreniklar

Bu mashhur yozuvchi nafaqat shizofreniya, balki klaustrofobiya – tor joylardan qoʻrqish, ovozli va koʻrish gallyutsinatsiyalari hamda psixoz xuruji kabi bir qator ruhiy kasallik simptomlaridan ham aziyat chekkan. Aynan shuning uchun ham Gogol asarlarining qahramonlari shunday yorqin va oʻziga xos boʻlib yaratilgandir.
Yozuvchining kayfiyati tez-tez oʻzgarib turar edi. Oʻzi haqida gapirganda esa tanasining ichki qismidagi aʼzolar teskari joylashgan deb, uqtirar edi.

Qiziqarli maʼlumot: Ilm-fan va madaniyatni yuqori choʻqqilarga olib chiqqan 10 ta buyuk daho shizofreniklar

Insoniyat tarixida ilk bor svetomuzikani qoʻllagan, keyinchalik esa uning ommalashishini taʼminlagan buyuk kompozitor va pianist Aleksandr Skryabin ham shizofreniyadan aziyat chekkan. U oʻta dindor boʻlishiga qaramasdan koʻp narsalardan vahimaga tushar hamda tez-tez kayfiyati oʻzgarib turar edi va voqelikni boshqacha qabul qilar edi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar