Qiziqarli dunyo: Orzudagi ish yoki katorga: oila 100 ming dollar maosh oladigan va "Mazeratti" da yuradigan enaga qidirmoqda

"Biz yuqori kvavifikasiyali, oʻz farzandi yoʻq boʻlgan, bolalar psixologiyasi boʻyicha ilmiy darajasi bor, hamda kamida enaga boʻlib ishlagan 15 yillik tajribasi bor enagani qidirmoqdamiz", - Childcare.co.uk da deb yozilgan.


Ideal nomzod oʻzini himoya qilishni bilishi kerak - ota-ona jang sanʼati kurslarini toʻlab beradilar. Hamda bu muhokama qilinmaydi.

London,Barbados, Keyptaun va Atlantada uylari bor boʻlgan ota-onaning 2 dan 15 yoshgacha boʻlgan toʻrt nafar farzanflari bor. Oila ular bilan birga yashaydigan, haftasiga uch marotabagacha koʻchib oʻta oladigan enagani yollamoqchi.
Ishga boʻlgan talablar qatʼiy. Omadli nomzod haftasiga olti kun, ertalbki 7 dan kech 20 gacha ishlawi kerak, darslarni tayyorlashi va uyda taʼlim oluvchi bolalar bilan shugʻullanishi kerak boʻladi. Enaga topshiriqlarni bajarishi va bolalarni mashinada olib yurishi shart. Shu bilan birga u Porsche, Range Rover va Maserati kabi mashinalarni oʻz ichiga olgan oilaning avtoparkidan foydalanishi mumkin.


Muvaffaqiyatli nomzod boʻsh vaqtini qanday oʻtkazishni tanlashda juda ehtiyotkor boʻlishi kerak boʻladi. "Biz enaga boʻsh vaqtini qanday oʻtkazishiga aralashmaymiz, biroq ichkilik va narkotik moddalarning isteʼmol qilishi mumkin emas va darxol ishdan boʻshatilishiga olib keladi",-deb taʼkidlaydi ona.
Ish beruvchilar xozirda 300 dan ziyod ish qidiruvchilardan xat oldilar. Eʼlon 9 avgust kuni Childcare.co.uk-ota-onalar, enagalar, repititorlar va boshqa bolalar bilan ishlaydigan mutahassislarni birlashtiruvchi Britaniya platformasi saytida joylashtirilgan edi.
"Biz baholay olish imkoniyatimizdan koʻrinishicha, bu profil, boshqa ish beruvchilarnikidandan ajralib turishiga qaramay, haqiqiyga oʻxshaydi",-deb takidlaydi joylashtirilgan eʼlonni portal.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



