Qiziqarli

Qiziqarli maʼlumot: Koʻzni qamashtiruvchi jozibador olmoslar va ularning baxtsizlik keltiruvchi yovuz xususiyatlari

Qiziqarli maʼlumot: Koʻzni qamashtiruvchi jozibador olmoslar va ularning baxtsizlik keltiruvchi yovuz xususiyatlari
Qiziqarli maʼlumot: Koʻzni qamashtiruvchi jozibador olmoslar va ularning baxtsizlik keltiruvchi yovuz xususiyatlari

Ammo ularning eng goʻzallari ham oʻz egalariga baxtsizlikdan boʻlak hech narsa keltirmaganlar. Bu qimmatbaho toshlar qanchadan-qancha odamlarning yostigʻini quritdi, taqdirini osongina sindirdi, ularning har biri qancha qonlar toʻkilishiga sabab boʻldi. Ushbu maqolamizda dunyoga mashhur brilliantlar hamda ular bilan bogʻliq boʻlgan fojiali taqdirlar haqida soʻzy uritamiz.

Qiziqarli maʼlumot: Koʻzni qamashtiruvchi jozibador olmoslar va ularning baxtsizlik keltiruvchi yovuz xususiyatlari

140, 64 karatdan iborat. Maqolamizda soʻz yuritiladigan brilliant toshlarning ichida eng “beozori”. Aytishlaricha, bu tosh 1701 yilda Markaziy Hindiston hududida joylashgan Golkonda qalʼasidagi konlardan birida hind qul tomonidan topib olingan. Shu davrdan boshlab tosh oʻz qonli yoʻlini boshlagan. Bu hind qul topilmani xoʻjayinlariga bildirmaslikka qaror qildi. Shu maqsadda u oʻzining belini kesib, toshni oʻsha yerga berkitdi hamda jarohatini barglar bilan oʻrab qoʻydi. Tunda qul yaxshi hayotga erishish ilinjida qochib ketdi, biroq mamlakatdan olib chiqishga vaʼda bergan dengizchi tomonidan oʻldirildi.

Qulni oʻldirib, toshga ega boʻlgan dengizchi toshni qalʼa gubernatori Sent-Jorj Tomas Pittga sotib, pulini sovurib yubordi, keyinchalik esa oʻzini osib, oʻz joniga qasd qildi. Toshni sotib olgan gubernator esa qirralariga sayqal berish uchun olmosni Jozef Kouptu ismli zargarga berdi.

Lekin gubernator ham tinch yashay olmadi. U vos-voskasaliga duchor boʻlib, hamisha vahimada yurdi. Uning nazarida hazina oʻgʻrilari kelib, uni oʻldirib, toshni oʻgirlab ketishlari mumkin edi. Vahimasidan qutulish uchun gubernator olmosni Frantsiyaning regent (vaqtinchalik podshosi)Filipp II Orleanskiyga sotib yubordi. Fransuz inqilobi davrida ushbu tosh saroyning boshqa xazinalari bilan birgalikda olib chiqib ketildi. Buyuk imperator Napoleon Bonapart  olmosni saroyga qaytarib olib kelishga muvaffaq boʻldi. U ham oʻz navbatida bu tosh bilan qilichining dastagini bezadi. Bonapart vafot etganidan keyin ushbu tosh oʻz egalarini juda koʻp marotaba oʻzgartirdi, ammo har gal Frantsiyaga qaytib kelaverdi. Hozirda ham bu olmos Frantsiyadagi dunyoga mashhur Luvr badiiy muzeyining Apollon galereyasini bezab turibdi.

Qiziqarli maʼlumot: Koʻzni qamashtiruvchi jozibador olmoslar va ularning baxtsizlik keltiruvchi yovuz xususiyatlari

195 karat. Bir vaqtlar bu qora olmos Janubiy Hindiston hududi Pondisheri shaharchasidagi ibodatxonalardan birida oʻrnatilgan Braxma xudosi haykalining koʻzini bezab turar edi. Bu toshni kim va qanday yoʻl bilan u yerdan oʻgʻirlagani nomaʼlum, lekin aytishlaricha, bu toshda qargʻish bor boʻlib, unga ega chiqqan kimsa borki, oʻz joniga qasd qiladi. Ushbu tosh ilk bor 1923 yilda Amerikada “paydo boʻlib qoldi”. Uning egasi boʻlmish Jey Peris Nyu-Yorkdagi osmonoʻpar binolarning biridan sakrab halok boʻlgan.

Soʻngra  qora olmos rus knyazlarining avlodlari Nadejda Orlova hamda Galitsina-Baritanskayalarning qoʻliga kelib tushdi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, bu ikkala ayol ham 1947 yilda oʻz jonlariga qasd qilganlar. Keyinchalik bu olmos qoʻlma-qoʻl boʻlib ketdi. Va 2004 yilga kelib, bu tosh mashhur zargar Denis Petimezasning kollektsiyasidan joy egalladi. Kollektsiyachining aytishiga qaraganda, u Orlov qora olmosining laʼnatini oʻzida his etmagan, aksincha olmos unga faqatgina omad keltirgan.

Lekin shunga qaramasdan, nomaʼlum sabablarga koʻra, 30 oydan keyin zargar bu qimmatbaho toshni sotuvga qoʻygan. 2006 yilda qora olmosni nomaʼlum xaridor sotib olgan. Nima uchundir uning ismi keng ommaga maʼlum qilinmagan.

Qiziqarli maʼlumot: Koʻzni qamashtiruvchi jozibador olmoslar va ularning baxtsizlik keltiruvchi yovuz xususiyatlari

115 karat. Ushbu sapfir olmosning nomi ingliz tilidan “umid”, deb tarjima qilinsa-da, egalariga bu narsani bera olmagan. Bu toshni Hindistondan fransuz savdogari Jan-Batist Tavernʼye olib kelib, uni qirol Lyudovik XIV ga hadya qilgan. Aytishlaricha, ushbu olmosning birinchi qurboni qirolning mahbubasi grafinya de Montespan boʻlgan. Bu aqlli va dono ayol koʻp yillar davomida qirolning maʼshuqasi va sadoqatli doʻsti boʻlib kelgan hamda unga sakkiz nafar farzand tugʻib bergan. Ushbu qimmatbaho toshni qiroldan sovgʻa tariqasida qabul qilgan grafinya birdaniga qirolga yoqmay qoʻlgan, shu sababli saroyni tark etib ketishga majbur boʻlgan. Shundan keyin olmos qirol libosini bezab turadigan boʻldi. Yetti oy oʻtib, qirol vafot etganidan keyin esa tosh saroy xazinasidan joy oldi.

Koʻk olmosning keyingi egasi qirolicha Mariya-Antuanetta boʻldi. Bu ayol boshi tanasidan judo qilinib, qatl qilingandan keyin tosh qirol Georg IV ning tasarrufiga oʻtdi. Biroq koʻp oʻtmayu ham aqldan ozdi. Bu voqeadan keyin olmosni bankir Genri Xoup sotib olgandi, lekin u ham zaharlab oʻldirildi.

1910 yilda koʻk olmosni yuvelir Pʼyer Kartʼye 550 ming frank evaziga sotib oldi. Ammo zudlik bilan nima uchundir uni olmoslar nusxalarining kollektsiyasi hamda “Washington post” gazetasining egalari boʻlmish Maklinlar oilasiga sotib yubordi. Koʻp otmay ushbu oila merosxoʻridan ayrildi, oila boshligʻi esa ichkilikka ruju qoʻydi va hech qancha oʻtmay u ham vafot etdi.

1958 yilda Maklinlar oilasi olmosni mashhur filantrop (sahovat bilan shugʻillanuvchi) Garri Uinstonga sotib yubordi. Sahovtpesha milliarder esa toshni Smitsonov universitetiga tortiq qildi. Ayni damda tosh oʻsha yerda oʻqoʻtmas pishiq shisha toʻsiq ortida bezak sifatida turibdi va yangi qurbonlarini kutmoqda.

Qiziqarli maʼlumot: Koʻzni qamashtiruvchi jozibador olmoslar va ularning baxtsizlik keltiruvchi yovuz xususiyatlari

55,23 karat. Aytishlaricha, ushbu tomchi shaklidagi olmosni qandaydir savdogar gʻorlardan birida topib olgan. Savdogar toshni sultonga tortiq qilish uchun olib ketayotganida qaroqchilarning qoʻliga tushib oʻldirilgan. Shundan keyin tosh butun dunyo boʻylab “sarsonlik” da yurdi. 15- asrda olmos Frantsiya qiroli Karl Dovyurakning qoʻliga kelib tushdi. Qirol toshga sayqal berish uchun uni oʻzining zargariga berdi. Ikki yil oʻtib, qirol vafotidan keyin esa olmos bedarak yoʻqoldi. Ammo koʻp oʻtmay tosh Konstantinopolda ekanligi maʼlum boʻldi. Uning yangi egasi Frantsiyaning ishonchli vakili Nikolya de Sansi boʻlib, olmos unga faqatgina omad keltirayotgan edi.

Ushbu tosh tufayli Nikolya Frantsiya qiroli Genrix III ning ishonchini qozona olgan va unga vaqtinchalikka toshni berib turishga qaror qilgan. Olmosni qirolga olib borishi kerak boʻlgan xizmatkorga oʻgʻrilar hujum qilganlar. Ammo xizmatkor oʻlimi oldidan toshni yutib yuborishga ulgurgan. Va shu zayl olmos qirolning qoʻliga yetib kelgan.

1789 yildagi Fransuz inqilobi davrida brilliant tosh qirol saroyidagi xazinada boʻlgan va u yerdan boshqa “Xoup” hamda “Regent” olmoslari bilan birgalikda olib chiqib ketilgan. Undan keyin u qayerlarda boʻlganligi nomaʼlum, ammo oxir-oqibat bu toshni Astor familiyasidagi amerikalik sanoatchilar sotib oldilar. Biroq ular ham qanchadir vaqtdan keyin uni Luvr muzeyiga sotib yubordilar. Hozirda bu olmos Luvr muzeyida saqlanib kelinmoqda.

Qiziqarli maʼlumot: Koʻzni qamashtiruvchi jozibador olmoslar va ularning baxtsizlik keltiruvchi yovuz xususiyatlari

109 karat. Koʻhinur olmosining tarixi 14-asrdan boshlanadi. Ammo u ancha avval, Golkonda konlarida topilgani maʼlum. Ushbu tosh uzoq vaqt mobaynida Hindiston hududida boʻlib kelgan hamda Malva davlati rojalarining sallasini bezab turgan.

Afsonalarda aytilishicha, u shuningdek bir vaqtlar Mahobxorat hind eposining qahramoniga ham tegishli boʻlgan. Naql qilinishicha, agar olmos oʻz egasini almashtirsa, saltanat dushman tomonidan bosib olinadi. Shunday boʻldi ham. 1304 yilda Malvani Dehli sultoni Oloviddin istelo qilib, saltanat bilan birga olmosni ham qoʻlga kiritdi. Oʻsha davrdan boshlab, “Koʻhinur” hokimiyat belgisi boʻlib qoldi va bir necha sulolalarga –  oʻzbeklarning Boburiylar, eronliklarning Afsharidlar, afgʻonlarning Durran sulolariga tegishli boʻlib kelgan.

Tarixchilarning yozishlaricha, bu olmos egalarining hech biriga baxt keltirmagan. Ular yoki sotqinlarcha oʻdirilganlar, yoki janglarda halok boʻlganlar. Baʼzilari boyliklaridan ayrilib, qashshoqlik va yolgʻizlikda vafot etganlar. 1849 yilda “Koʻhinur” olmosi Britaniya qirolichasi Viktoriyaning xazinasiga oʻtkazilgan. Bugungi kunda esa ushbu tosh qirolicha Yelizavetaning tojini bezab turibdi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar