Qiziqarli

Qiziqarli maʼlumotlar: Ustamon ofitsiantlarning hiylalari – ularga aldanib qolmang

Qiziqarli maʼlumotlar: Ustamon ofitsiantlarning hiylalari – ularga aldanib qolmang
Qiziqarli maʼlumotlar: Ustamon ofitsiantlarning hiylalari – ularga aldanib qolmang

Bordi-yu siz odamlar bilan gavjum boʻlmagan mashhur kafelardan biriga kirib qolsangiz va u yerning xodimi sizni kiraverishdagi noqulay joyga oʻtkazsa, hayron boʻlmang! Bu yoʻl bilan ovqatxona odamlar bilan gavjumlik koʻrinishiga ega boʻlmoqchi hamda mijozlarni oʻziga qaratmoqchi boʻladi.

Koʻpgina restoranlarning egalari ham “Oltin stol” siyosatining haqiqatdan ham borligini tan oladilar. Chiroyli va koʻrkam koʻrinishdagi mijozlarni xodimlar peshayvon, oyna oldiga yoki zal markazidagi eng yaxshi joylarga oʻtkazishga harakat qiladilar. Bu bilan ular oʻz korxonalarining koʻrkam va mashhurligini koʻrsatmoqchi boʻladilar.

Qiziqarli maʼlumotlar: Ustamon ofitsiantlarning hiylalari – ularga aldanib qolmang

Deyarli hamma restoranlarda eng yaxshi joylar va kattaroq stollarda “Reserved” yozuvli taxtacha qoʻyilgan boʻladi. Aslida bu stollar doim ham band qilingan boʻlmaydi, shunchaki, “kutish rejimi”da turadi. Bu narsa koʻpchilik sigʻadigan hamda yaxshigina daromad berishi mumkin boʻlgan katta stolga biror bir juftlik kelib oʻtirib olmasligi uchun qilinadi.

Yana bir oshkor aytilmaydigan qoida: yerga tushib ketgan, biroq besh soniyaga yetmay turib, koʻtarib olingan taom yeyishga yaroqli, deb qabul qilinadi. Bordi-yu, xodimlar bu ishni besh soniya ichida bajara olmasalar, “oʻn soniya” qoidasi ishga tushadi.

Hech sezganmisiz, odamlar stoldan turar ekanlar, yoʻqliklarida ofitsiantlar hali oxirigacha tanovul qilinmagan taomlarini olib ketmasliklarini sizdan nazorat qilib turishingizni soʻrab qoladilar. Chunki ofitsiantlar haqiqatdan ham shunday qiladilar – bu ularning asl maqsadi. Yaʼni qoʻlingizni ovqatdan bir bahyaga uzishingiz bilan xodim likopchangizni olib ketishga shoshiladi. Shunda mijozning oldi boʻshab qoladi, bunday holda oʻtirishdan uyalgan xoʻranda yana biron narsaga buyurtma beradi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Ustamon ofitsiantlarning hiylalari – ularga aldanib qolmang

Ha, ovqatlanish muassasalarida –  xoh katta restoran boʻlsin, xoh kichik fastfood kafesi boʻlsin, shunday qoida bor. Yaʼni siz buyurtma berishni nihoyasiga yetkazmasingizdan ofitsiant savol bilan murojaat qiladi: “Sizga qaysi vinodan olib kelay – qizilidanmi yoki oqidan?” Siz avvaldanoq hech qanday ichimlik ichishni rejalashtirmagan boʻlsangiz ham, xodimning bunday murojaatidan keyin noqulay ahvolda qolmaslik uchun birorta ichimlikni tanlashga majbur boʻlib qolasiz.

Qiziqarli maʼlumotlar: Ustamon ofitsiantlarning hiylalari – ularga aldanib qolmang

Ichimlik shishasi stolga kelib tushishi bilanoq, navbatdagi ustalik boshlanadi: ofitsiant stolingiz atrofida girdikapalak boʻlib aylanadi hamda har bir xoʻplamingizdan kegin bokalingizni ichimlik bilan toʻldirishdan toʻxtamaydi. Yoʻq, u sizni boʻktirish niyatida emas, shunchaki ichimlik tanovul qilish oʻrtasida tugab qolsa, siz ichimlikka yana buyurtma berishingizdan umidvor.       

Qiziqarli maʼlumotlar: Ustamon ofitsiantlarning hiylalari – ularga aldanib qolmang

Bunday hiylalar kamdan-kam uchrasa-da, biroq uchrab turadi: yaʼni menyudagi narxlar 100 gramm mahsulot uchun koʻrsatilgan boʻladi, taomning portsiyasi esa bu koʻrsatgichdan koʻproq boʻladi. Ofitsiantlar bu haqda aytib oʻtirmaydilar, menyuda esa bu maʼlumot yulduzcha bilan ajratib koʻrsatilishi kerak. Shuning uchun buyurtma berayotganingizda menyuni diqqat bilan koʻzdan kechiring, aks holda hisob-kitob qilayotganingizda raqamlar sizni hayron qoldirishi mumkin.

Qiziqarli maʼlumotlar: Ustamon ofitsiantlarning hiylalari – ularga aldanib qolmang

Sizga bepul gazaklar taklif qilishmoqdami, ehtiyot boʻling – bu ham ovqatxona nayranglaridan biridir. Aslida sizga taklif qilinayotgan gazaklarning barchasi tashnalikni keltirib chiqaradi. Shunda siz qoʻshimcha ichimliklarga buyurtma berasiz. Suv, vino, sharbat, qahva – bularning hammasi oʻzingizning hisobingizdan.

Bordi-yu sizni bepul ichimlik, kokteyl yoki desert bilan siylashgan boʻlsa, xushyor torting. Bu ham bekorga emas, hamma narsaning sababi bor. Birinchidan, ofitsiant sizning ovqatxonada koʻproq oʻtirishingizdan yoki choychaqani tuzukroq berishingizdan umidvordir. Ikkinchidan, ovqatxona xodimlaridan biri sizni yoqtirib qolgan boʻlishi mumkin. Ha, bunday voqealar ham uchrab turadi.

Yana bir qiziq ustamonlik: har bir ovqatxonada musiqa yangrab turadi. Agar siz xodimlardan musiqa ovozini biroz pasaytirishni soʻrasangiz, ular “xoʻp boʻladi” deb, iltimosingizni bajarganday qilib koʻrsatadilar. Aslida esa musiqa oʻsha balandlikda jaranglayveradi. Buni qarangki, sizga musiqa ovozi haqiqatdan ham pasaygandek tuyuladi.

Baland musiqa tovushi insonning ishtahasini yanayam ochadi, joʻshqin ohanglar ritmi ostida esa odam ovqatni yanayam tezroq yeydi va bu bilan koʻproq taom tanovul qiladi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Ustamon ofitsiantlarning hiylalari – ularga aldanib qolmang

Ofitsiant sizga yomonlikni ravo koʻrmaydi, biroq undan faqat yaxshilikni kutish ham toʻgʻri emas. Axir ular oʻrgatilgan boʻladilar va asosan ovqatxonaga naf keltirish payida boʻladilar. Agar ovqatxona ofitsiantisizga biron nimani qatʼiyat bilan taklif qilayotgan boʻlsa, buning bir necha sabablari boʻlishi mumkin: u buyurtmalarni adashtirib qoʻygan boʻlishi mumkin; yoki muayyan bir mahsulotni oʻtkazgani uchun u qoʻshimcha bonusga ega boʻladi; yoki boʻlmasam, oshxonada qaysidir taomning yaroqlik mudda tugamoqda yoki uning miqdori juda koʻp. Shuning uchun buyurtma berayotganda ofitsiantning taklifidan saqlaning.

Bu hiylani fransiyalik ovqatxona xodimlari oʻylabtopganlar: buyurtma berayotganingizda ofitsiant xuddi tezaytishlar aytyotgandek ichiliklar nomini sanab ketadi: “Chardonnay, sauvignon, chablis?” Agar siz bu ichimliklar haqida eshitmagan boʻlsangiz, oxirgi soʻzni qaytarib qoʻya qolasiz. Bu bilan siz bunday ichimliklarni bilmasligingizni berkitmoqchi boʻlasiz, ammo eng oxirida sanalgan ichimlik eng qimmatlisi boʻladi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Ustamon ofitsiantlarning hiylalari – ularga aldanib qolmang

Va nihoyat oxirida kokteyllar haqida aytib oʻtamiz:

*Barmenning shirakayf xoʻrandalar uchun tayyorlagan maxsus kokteyllari – bu shisha idishlardagi qolgan ichimliklarning sheykerdagi zoʻr aralashmasidir

*Eski pivoni yangi qilib koʻrsatish uchun uni blenderda biroz koʻpirtirib oladilar

*Agarda barmen uzoq vaqt davomida “Б-52” kokteylini yondira olmayotgan boʻlsa va buni “bugʻi ketib qolgan” deb tushuntirsa, demak uning tarkibida haqiqiy ingrediyentlardan koʻra, oddiy aroq boʻlish ehtimoli bor.

*Pushti vino, deb maqtayotganlari aslida qizil va oqvinoning aralashmasidir.

Biz ushbu maqolamiz bilan ofitsiantlarni yomonlamoqchi emasmiz, yuqorida keltirgan maʼlumotlar hamma ofitsiantlarga ham taalluqli emas. Halol va insofli ovqatxonalarning xodimlari ham vijdonli boʻladilar. Biroq aldanib ahmoq boʻlib qolgandan koʻra, ozgina pishiqroq boʻlgan yaxshi-da.      

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar