Turli mamlakatlardagi kelajak uylari qanday koʻrinishga ega boʻladi?

Janubiy Koreya dizaynerlari mamlakatning har bir aholi vakiliga tuxum shaklidagi uylarni tavsiya etadilar.
Seul texnologiya universiteti mutaxassislari kichik derazalarga ega boʻlgan tuxum shaklidagi uylar yaratish ustida ish olib bormoqdalar. Mazkur bino ichi yashash hududi va minimalistik koʻrinishdagi interyerga ega boʻladi. Loyiha “Yashash kapsulasi” deya nom olgan boʻlib, bu nom unga oʻz yaratuvchilari tomonidan berilgan. Yashash kapsulasi ekologik nuqtaʼi nazardan toza xomashyolardan qurib bitkaziladi. Bundan tashqari bu turdagi uylarni boshqa joyga koʻchirib oʻtish ham qulay.

Polshalik arxitektorlar kelajak uylari uchun loyiha yaratishda avvalo uning xafsizlik jihatlarini hisobga olishmoqda. Bunday yashash binolari gʻildirak ustidagi uylardan iborat boʻlib, xavf tugʻilgan holatlarda boshqa joyga koʻchib oʻtish imkonini beradi. Yana bir foydali jihati – uyda avtonom hayot faoliyati uchun kerakli va zaruriy barcha tizimlar, hattoki oranjereya va hayvonlar fermasigacha bor.

Madrid hududidagi oliy arxitektura maktabi biтiruvchilaridan biri nafaqat koʻchib yuradigan uy, balki koʻchib юradigan shaharlar qurishni ham taklif qildi. Bu turdagi shaharlar vaqti-vaqti bilan boshqa joylarga ham koʻchib yura oladi va yaxshiroq sharoit izlashga moslangan. Odatdagi hayotni taʼminlash uchun barcha funksiyalar shaharning eng pastki qismlariga quriladi, shaharning oʻzi esa gusenitsali tarzda harakatlanib yuraveradi. Bunday shaharlarda boshqa binolar qatorida quyosh energiyasidan foydalanuvchi parklar, jamoat joylari ham boʻladi, albatta.
Ukraina arxitektorlari avvalo suv havzalari yaqinida joylashgan shaharlarning xavfsizligini oʻylagan holda “sitadel"” deb nomlangan binolarning qurilish usulini oʻylab topdilar. Ushbu binolar ichiga koʻp qavatli uylar joylashgan boʻlib, u himoya bunkeriga ega va aholini antroporogen va tabiiy, yaʼni tabiatga doir muammo va halokatlardan himoya qila oladi.
Bu kabi inshootlarni futurist va sanʼat vakillari qirgʻoqdan biroz masofa saqlagan holda qurishni tavsiya etmoqdalar. Binoning yana bir oʻziga hosligi shundaki, uylar sunami paytida maxsus “tangacha”lar yordamida yopilib qoladi.

Bolgariyaliklar eng xafsiz joy faqat osmonda ekanligiga ishongan holda kelajak uylarini osmonga koʻtarilgan va maxsus ustunlarga oʻrnatilgan bino koʻrinishda tasavvur qilmoqdalar. Bu chiroyli va ochilgan nilufar guli koʻrinishidagi uylardan tashkil topgan megapolislar boʻladi.
Deyarli barcha hududlar yashil oʻt-oʻlan bilan qoplanadi, ular orasiga esa har bir inson oʻzi uchun shinam uy qurib olaveradi.

Germaniya futuristlari Roll it nomli oʻz oʻrnidan qoʻzgʻaluvchi uylar loyihasini oʻylab topdilar. Uylar aylana shaklda boʻlib, bir qarashda bochkalarga oʻxshab ketadi va u yerda qulay hamda toʻlaqonli hayot kechirish uchun kerakli barcha narsa joylashadi.
Bunday zamonaviy uylar uchta avtonom hudud – yotoqxona, sport xonasi va oshxonadan tashkil topadi. Eng qizigʻi, oshxona shundoqqina karavotning tagiga joylashadi, bir hududdan ikkinchisiga oʻtish uchun esa bochkani aylantirish talab etiladi xolos.

Avstraliyalik futurist olimlar uylarni butun konstruksiya boʻylab havo oʻtib turadigan tarzda yaratish usuli ustida ishladilar. Ushbu usul yordamida konditsioner tizimiga ehtiyoj paydo boʻlmaydi. Devorlar ham, shiftlar ham havo oʻtkazib turishi bilan oʻziga hos boʻlib, bu binoni optimal haroratda sovitib turishga imkon beradi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



