Sayohat

Sigan millionerlarining hashamatli hayoti

Sigan millionerlarining hashamatli hayoti

Ruminiyaning Buxarestida Buzesku nomli noodatiy va hayratlanarli shaharcha mavjud. Undagi 800ga yaqin uyning har biri millionerlarga tegishlidir. Mazkur uylarning boshqa hashamatli xonadonlardan aslo farq yoʻq, ularning sohiblari siganlar ekanligini hisobga olmasa, albatta.

Sigan millionerlarining hashamatli hayoti

Bu yerda ikki qavatli uylarni deyarli uchratmaysiz. Ikki qavatli uylar 1989 yildagi kommunistik tartib qulaganidan keyin qurilgan eski binolardan sanaladi. Shahardagi asosiy uylar esa 3, 4, 5 qavat villa shaklida qurilgan. Arxitektura borasida hilma-hillikni kuzatishingiz mumkin.

Siganlar bu haqida “Agar biror chiroyli narsani koʻrsak, bizda undan ham yaxshiroq boʻlishi kerak” degan iborani aytadilar. Uylar orasida shveytsarcha uslubda va ulkan koʻrinishda qurilganlari ham, bir qarashda ofis binolarini yodga soladigan va oyna bilan qoplab chiqilganlari ham, koʻrinishidan saroylarni eslatadiganlari ham bor.

Sigan millionerlarining hashamatli hayoti

Baʼzan ulgʻaygan sigan bolalari vafot etgan ota-onalarining 2 qavatli uylarini buzib tashlab, uning oʻrniga balandroq va hashamatliroq uylar qurishadi.

Sigan millionerlarining hashamatli hayoti

Odatda bu kabi uylarda katta yoshli kishilar va kichkina bolalar orqa xonalarda istiqomat qilib, oshxonada taomlanadilar. Ulkan uylar esa boʻm-boʻsh turgandek koʻrinadi. Katta tantana zallariga faqat mehmon kelgandagina kirishlari mumkin.

Sigan millionerlarining hashamatli hayoti

Badavlat siganlarning kundalik hayoti boshlarnikidan farqlanmasligi hayratlanarlidir. Misol uchun ular uydagi tozalikni saqlash uchun taom tayyorlay olishmaydi. Yoshi katta ayollar esa hanuzgacha tomorqalarda chorva boqishadi, yopinchiqlar tikishadi. Ular koʻp qavatli uylarda yashashga koʻnika olishmaydi.

Sigan millionerlarining hashamatli hayoti

Bolalarning ota-onasi koʻproq safarda boʻladilar va biznes bilan shugʻullanishadi. Uyga esa faqat bayramlar, turli marosimlar va motam boʻlib qolgandagina kelishlari mumkin.

Sigan millionerlarining hashamatli hayoti

Ushbu suratda bolalarning choʻqintirish marosimi uchun beriladigan sovgʻa tasvirlangan. Siganlar choʻqintirgan ota-ona uyiga choʻchqa yuborishadi.

Sigan millionerlarining hashamatli hayoti

Mahalliy siganlar bunday daromadni qayerdan topishlarini ham berkitmaydilar. Ularning asosiy daromadi metall savdosidan boʻlib, 1980 yilda Buzeska oilalari mamlakat boʻylab aylangancha qozon savdosi bilan shugʻullanganlar. Yaxshi ustalar uchun bu juda ham foydali daromad manbai edi. Siganlar yoʻl-yoʻlakay savdo qilib, qora va rangli metall oʻgʻirlaydilar.

Sigan millionerlarining hashamatli hayoti

1089 yildan soʻng mazkur guruhdan millionerlar chiqishni boshlaydi. Qozon yaratuvchilari va ularning oʻgʻillari Ruminya hamda Sharqiy Yevropa boʻylab tashlandiq fabrikalardan qimmatbaho metalllar, mis, poʻlat, alyuminiy va kumush qotishmalarini yigʻishadi. “Revolyutsidan soʻng hattoki ahmoqlar ham metall sotib, 5 ta uy qurishi mumkin edi” deydi sobiq qozon sotuvchisi Marin Nikolae.

Sigan millionerlarining hashamatli hayoti

Suratdagi ushbu egizaklar Gelu va Edi Petrachelar bayram tantanasini kutishmoqda. Ular boshqa siganlar kabi tilanchilik qilish va kambagʻallikda yashashga majbur emaslar.

Sigan millionerlarining hashamatli hayoti

Sigan ota-onalar farzandlariga oʻzlari bolalikda mahrum boʻlgan barcha narsalarni muhayyo qilib berishga intilishadi. Aksariyat holatlarda bolalar ulgʻaygach, ota-onalaridan sovgʻa sifatida mashina va uylarga ega boʻladilar.

Sigan millionerlarining hashamatli hayoti

Buzeskolik millioner siganlar ajoyib usul bilan ishlashadi. Ular Gʻarbiy Yevropaga 3-4 oyga ishlashga boradilar va yaqinlari bilan birga boʻlib, toʻy qilish maqsadida qaytib kelishadi.

Sigan millionerlarining hashamatli hayoti

Siganlarda haligacha erta nikoh odati saqlanib qolgan. Bu yerdagi kelinlarning aksariyat qismi 14, 13 yoshda turmushga chiqishadi. Badavlat siganlar oʻz urugʻlariga kim aʼzo boʻlishi mumkinligiga juda katta eʼtibor berishadi va shu sababli toʻy qilish masalasida ham kuyov va kelin nomzodini atroflicha oʻrganishadi. Koʻp holllarda siganlar toʻyi kattalar orasidagi kelishuvlarga asoson boʻlib oʻtadi.

Sigan millionerlarining hashamatli hayoti
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar