Qiziqarli

Koʻz haqida biz bilgan va bilmagan faktlar

Koʻz haqida biz bilgan va bilmagan faktlar

Rus podshosining saroy tabibi Grigoriy Rasputin qattiqqoʻlligini va qatʼiyatligini koʻrsatib qoʻyish uchun hamda odamlar bilan muloqotda oʻz mavqeini bildirish qoʻyish uchun nigohini oʻtkirlashtirishni mashq qilib yurgan. Imperator Avgust esa atrofidagilar uning nigohida gʻayritabiiylikni topishlarini xohlagan.

Koʻz haqida biz bilgan va bilmagan faktlar

Qadimiy Misrda koʻzga makiyajidan nafaqat ayollar, balki erkaklar ham foydalanganlar. Qovoqqa suriladigan boʻyoq misdan (yashil boʻyoq) va qoʻrgʻoshindan (qora boʻyoq) tayyorlanar edi. Qadimgi misrliklar ushbu makiyajning davolovchi xususiyati borligiga ishonishgan.Makiyaj avvalam bor birinchi navbatda quyosh nurlaridan saqlanish uchun va undan keyingina bezak sifatida foydalanilgan.

Koʻz haqida biz bilgan va bilmagan faktlar

Bizning koʻzlarimizning rangi naslimiz haqida aytib turadi. Masalan, moviy rangli koʻz qorachigʻi shimoliy mintaqalarda uchrasa, jigarrang koʻzlilar moʻtadil iqlimli mintaqalarda uchraydilar, qora rangli koʻz egalari esa ekvator hududlarida yashaydilar.

Koʻz haqida biz bilgan va bilmagan faktlar

Kunduz kundagi yorigʻlikda yoki juda qattiq sovuqda inson koʻzining rangi oʻzgarishi mumkin (bu xameleon hodisasi deyiladi).

Aytishlaricha, qoramtir koʻz egalari – qatʼiyatli, bardoshli va tirishqoq boʻladilar, ammo qaltis vaziyatlarda badjahl boʻlib qoladilar; kulrang koʻzli insonlar – jurʼatli; jigarrang koʻzlilar – odamovi; moviy koʻzlilar esa – chidamli boʻladilar. Yashil koʻzli insonlar barqaror va diqqat-eʼtiborli boʻladilar.

Oʻng va chap koʻz qorachiqlari ikki xil odamlar dunyo aholisining 1% ni tashkil etadilar.

Koʻz haqida biz bilgan va bilmagan faktlar

Inson koʻzili mexanizm – shunday boʻlishi mumkinmi? Shubhasiz! Eng qizigʻi bunday mexanizm ixtiro qilib boʻlingan. Mitsubishi Electric kompaniyasi baʼzi buyumlarda ishlatilayotgan mikrosxema ichida elektron koʻzni ishlab chhiqqan. Bu koʻz huddi inson koʻzi bajaradigan funktsiyalarni bajaradi.

Koʻz haqida biz bilgan va bilmagan faktlar

Bahaybat kitlar koʻzining ogʻirligi 1 kg ni tashkil etadi. Lekin shunga qaramay koʻpgina kitlar roʻparasidagi narsalarni koʻra olmaydilar.

Koʻz haqida biz bilgan va bilmagan faktlar

Inson koʻzi asosiy yetti rangni ajrata oladi – qizil, olovrang, sariq, yashil, moviy, koʻk va binafsharang. Biroq bundan tashqari oddiy odam yuz mingga yaqin rangni ajrata oladi, professionallar esa (masalan rassomlar) millionga yaqin tusni ajrata oladilar!

Mutaxassislarning taʼkidlashlaricha, odamning koʻziga uning ichki energiyasi, sogʻligʻi, mehri, tevarak atrofga va yaqinlariga boʻlgan qiziqishi chiroy baxsh etib turadi!

Rekord: Braziliyalik bir erkak koʻzlarini 10mm gacha olaytira oladi! Bu odam tijorat attraktsionida arvohlar bilan ishlagan va odamlarni qoʻrqitish bilan shugʻullangan.

Koʻz haqida biz bilgan va bilmagan faktlar

Yana bir fakt: inson ochiq koʻz bilan hech ham aksira olmaydi. Aksa urayotganda inson albatta koʻzini beixtiyor yimib oladi. Chunki burun va ogʻiz orqali havo oqimi chiqayotgan vaqtda koʻz qon tomirlarida bosim koʻtariladi. Bunday paytda koʻzlarni yumush mayda tomirlarning yorilishining oldini oladi. Bu bizning organizmimizning tabiiy ravishdagi himoyasidir.

Koʻz haqida biz bilgan va bilmagan faktlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar