Qiziqarli

Eng antiqa kelin koʻylaklar

Eng antiqa kelin koʻylaklar

Ammo boshqalardan ajralib turishni istaydigan va yangiliklar shinavandasi boʻlgan kelinchaklar anʼanaviy oq koʻylaklardan mutlaqo oʻzgacha boʻlgan ajabtovur liboslarga ham diqqat qaratishlari ehtimoldan holi emas. Zero, dunyoda har qanday insonni hayratdan yoqa ushlatadigan gʻaroyib va antiqa toʻy koʻylaklari yetarlicha. Ularning bir nechtasini esa quyidagi koʻrpib chiqishingiz mumkin.

Eng antiqa kelin koʻylaklar

Albatta, tovus patlaridan tikilgan koʻylakni hamma qizlar ham kiya olshimaydi. Sababi u haddan ortiq gʻaroyib, buning ustiga ushbu koʻylak naq 1 900 000 AQSH dollari narhida turadi. Libos xitoylik dizaynerlar tomonidan yaratilgan boʻlib, 2009 dona tovuq pati va 60 dona nefrit toshlari yordamida tikilgan.

Eng antiqa kelin koʻylaklar

Buxarestda yaratilgan ushbu koʻylak dunyodagi eng uzun nikoh libosi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Libos uzunligi 1,85 kilometrni tashkil etadi. Dizaynerlarning aytishlaricha, ushbu libosni tikish uchun roppa-rosa 100 kun vaqtlari ketgan.

Bundan tashqari koʻylak matosi uchun 150 oʻram ip, 1900 dona igna va koʻplab krujeva toʻrlari sarflangan. Bu ham ozmuncha harajat degani emas. Eslatib oʻtish joizki, bundan avvalgi rekordni oʻrnatgan koʻylakning uzunligi yarim kilometrga teng edi.

Eng antiqa kelin koʻylaklar

Ushbu koʻylakni nikoh toʻyi haqida mutlaqo oʻzgacha tasavvurga ega boʻlgan va hatto toʻyini ham “Xorror” uslubida tashkillashtirmoqchi boʻlgan kelinlar tanlashlari mumkin. Ushbu libos “Arvoh-koʻylak” deb ham ataladi. Xorror uslubidagi mazkur libos Lesli Dillga tegishli boʻlib, ayni paytda muzeyda saqlanadi. Libos ustiga esa Emili Dikinson qalamiga mansub sheʼrlardan jumlalar yozilgan.

Eng antiqa kelin koʻylaklar

Tort koʻrinishidagi nikoh koʻylagi ham haqiqatan antiqa topilmadir. U nafaqat kelinga goʻzallik baxsh etadi, balki toʻyga kelgan mehmonlar uchun desert vazifasini ham oʻta beradi. Ha, rostan ham ajabtovur va antiqa topilma!

Eng antiqa kelin koʻylaklar

Bunisi yana nima boʻldi ekan deyapsizmi? Diqqatingiz markazidagi ushbu koʻylak bir martalik rezina qoʻlqoplardan tikib chiqilgan va nikoh koʻylagining kamchiqim va hamyonbop variantidir. Bunday koʻylak yaratish gʻoyasi britaniyalik rassom Syuzi MakMyurreyga tegishli boʻlib, uning yaratilish jarayoni uchun 1400 dona rezina qoʻlqop kerak boʻlgan.

Eng antiqa kelin koʻylaklar

Zamonaviy moda olamning yana bir ajoyib nikoh koʻylagi namunasi mashhur modelyer Iv Sen Loran tomonidan ipak qurti pillasi shaklida yaratilgan toʻy koʻylagi boʻlib, mazkur gʻoya oʻzida goʻyo pilla ichidagi qurt kapalakka aylangani kabi ayol kishi turmushga chiqqanidan soʻng oila va farzandlari bilan gullab-yashnashi gʻoyasini taqdim etadi.

Libos oʻtgan asrning 60-yillarida yaratilgan va unga nisbatan katta qiziqish boʻlmagani tufayli Parije de Yang muzeyiga joylashtirib qoʻyilgan.

Eng antiqa kelin koʻylaklar

Taniqli britan rassomi Telma Levett oʻz qizining nikoh toʻyi uchun shishiriladigan sharlardan toʻy koʻylagi yasab bergan. Rassomning aytishicha, sharli koʻylak gʻoyasi uning uchun yangilik emas, ammo nikoh koʻylagi haqiqatan yangilikdir. Libosning noqulay tomoni sharlar bir-biriga tekkan paytida gʻichirlashi va istalgan paytda yorilib ketishi mumkin ekanligida.

Eng antiqa kelin koʻylaklar

Bu turdagi koʻylakni ortiqcha soʻzlar bilan izohlash uchun ehtiyoj yoʻq, bizning fikrimizcha. Bunday koʻylak haqiqatan hashamatli va antiqa koʻrinadi, shunday emasmi?

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar