Koinotning eng dahshatli va xavfli maskanlari

Salstraumen – unchalik katta boʻlmagan norveg koʻrvazi boʻlib, bu yerdan suzib oʻtishga faqatgina eng tajribali dengizchilar muvaffaq boʻlishadi. Mahalliy toʻlqinlar shunchalar kuchliki, oʻta katta va chuqur girdoblarni hosil qilgancha tajribasiz sayyohlar va dengizchilar hayotiga xavf tugʻdiradi. Tashqaridan qaraganda esa u yer shunchalar shovqinliki, bir nigohda tanangizni qoʻrquv chulgʻab oladi.

Mazkur jarlik yer ostiga 1200 metr chuqurlikda kirgan va bir qarashda hayolingizga kelmasa ham tubida juda katta koʻl joylashgan. Ushbu joyda sanoqli daqiqalar ichida ajal changaliga tushish mumkin. Yomgʻir yoqqan paytlarda jarlik ichi suv bilan toʻladi va tushmoqchi boʻlganlarni muqarrar oʻlim kutadi. Shu kunga qadar bu yerda koʻplab insonlarning halok boʻlganiga qaramay, tadqiqotchilar va qiziqqon insonlar mazkur jarlik tomon qayta va qayta kelaverishadi.
Biroq, jarlik tubigacha tushishning ham yarasha mashaqqatlari bor. Tajribali speleologlar professional asbob-uskunalar bilan katta tayyorgarlik koʻrgan holatlardagina bu yerga tusha olishlari mumkin.

Norvegiya oʻlkasida oxirgi muzlik davrida paydo boʻlgan va qadimiylik borasida 10 000 yilni koʻrgan juda baland qoya bor. Kvadrat shakldagi va deyarli tekis holatga ega qoya 604 metr balandlikda. Qoyaning kelgusida asta-sekinlik bilan buzilib ketishi tahmin qilinadi, ammo shuni aytish kerakki, u hali uzoq yillar davomida eng baland tomosha maydonidan atrofga nazar tashlashni istagan sayyohlarni qabul qiladi.
Ushbu qoya selfi shinavandalarining eng sevimli joylaridan biri. Ammo uning bir tomonga qiyshayib turishi sayyohlar uchun juda katta xavf tugʻdiradi. Qoyadan pastga sakrash uchun esa dunyoning turli burchaklaridan professional beysdjamperlar tashrif buyurishadi.

Ushbu suv havzasi dunyodagi eng katta dengiz tuynugi sanaladi va akvalanglar bu yerga tez-tez kelib turishadi. Oʻz vaqtida mashhur sayohatchi Jak Kusto ham ushbu maskanda boʻlib, Moviy tuynuk haqida dunyo ahliga bildirgan va uni juda mashhur qilib yuborgan edi. Bu yerda suvga shoʻngʻish xavfli emas, ammo 40 metr chuqurlikdan keyin dekompressiya kasalligidan aziyat chekish xavfi yuzaga keladi.

Antilopa kanyoni AQSHning shimoli-gʻarbiy tomonida joylashgan va dunyodagi eng chiroyli qoya shakllaridan biri deya tan olingan. Kanyonning devorlari qizgʻish tusga boʻlgani va antilopalar rangiga oʻxshagani uchun ham aynan shunday nom olgan. Biroq, ushbu chiroyli maskanda ham oʻlim xavfi yashiringan. Yomgʻir yoqqan paytlarda dara shunday tezlik bilan suvga toʻlib ketadiki, oʻz yoʻlida uchragan har insonni halokat tomonga boshlaydi.

Balki, ushbu choʻqqi haqida suratga olingan filmni tomosha qilib ulgurgandirsiz. K2 yoki chogori deb nomlanadigan ushbu choʻqqi balandlik va xavflilik boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadi. Uning qiyaliklarida necha-necha tajribali alpinistlar halok boʻlmagan deysiz? Bugungi kunga qadar choʻqqining eng yuqori nuqtasini zabt etish hech kimga nasib etmagan, bunga harakat qilgan 290 nafar alpinistdan 66 tasi esa shu yerda vafot etgan.

Mahalliy til bilan aytilganda “Doʻzax darvozasi” deya nom olgan gazli kraterning kelib chiqishi sovet geologlari bilan bogʻliq. Yoriqlarni tekshirish ishlari paytida bu yerda oʻpirilish sodir boʻlgan va katta miqdordagi metan ajralib chiqa boshlagan. 1980 yilda esa tadqiqotchilar gazni yoqib koʻrishga urinishgan va buni toksik moddaning tarqalishini toʻxtatish maqsadida amalga oshirishgan. Ammo krater kutilganidek bir necha kun yonib, keyin oʻchmadi.
Mana 40 yildirki, Doʻzax darvozasi yonib turadi va uning qachon oʻchishini hech kim bilmaydi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



