Qiziqarli

Liboslarni javonsiz ham saqlash mumkinligining 6 isboti

Liboslarni javonsiz ham saqlash mumkinligining 6 isboti

Odatda uy burchaklariga ortiqcha jihozlar oʻrnatilmaydi va bu yerlar boʻsh holatda turadi. Ushbu joydan oqilona foydalanish uchun uyning burchakli sohalaridan biriga kerakli oʻlchamdagi turnik oʻrnatib olishni maslahat beramiz.

Liboslarni javonsiz ham saqlash mumkinligining 6 isboti

Tan olish kerakki, betakror usul! Ustiga ustak, noodatiy va hamyonbop ekanligi ham qulay. Daraxt novdasi yordamida garderobingizni orginal va zamonaviy tarzda jihozlab, uni interyer bezagiga aylantira olasiz.

Liboslarni javonsiz ham saqlash mumkinligining 6 isboti

Narvonlardan liboslarni osish, poyabzal taxlash va turli aksessuarlar, jumladan roʻmol, sumka kabi buyumlarni ideal holatda saqlash uchun foydalanish mumkin. Ushbu usul oʻzining qulay va samarador ekanligi bilan ajralib turadi, har kun kiyadigan liboslaringiz ham hamisha koʻz oldingizda boʻladi.

Liboslarni javonsiz ham saqlash mumkinligining 6 isboti

Kir osish uchun moʻljallangan qisqichlardan ham ajoyib libos tutqichlarini yaratish mumkin ekan. Buning uchun qisqichlarni maxsus yelim yordamida kerakli joylarga yopishtirasiz va unga jinsi, yubka, sport liboslarini osib chiqaverasiz

Liboslarni javonsiz ham saqlash mumkinligining 6 isboti

Xonaning ochiq sohasida hosil qilingan garderoblar istalgan turdagi shkafning oʻrnini bosa oladi.

Karavot osti sohasi mavsumiy kiyimlarni saqlash uchun juda qulay. Qish paytida bu yerga yozgi kiyimlarni, yoz faslida qishki liboslarni solib qoʻyaverasiz.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar