Yirik shaharlardagi koʻp qavatli uylarning tomida qurilgan 15 nafar kichik uylar

Umumiy maydoni 253 kvadrat metrni tashkil etadigan va 3 pogʻona: sakkizinchi, toʻqqizinchi qavat va tomdagi qoʻshimcha qurilmani oʻz ichiga oladigan xonadon-kottedj.

Maftunkor ayvoncha va ajoyib bogʻga ega boʻlgan xushmanzara uyga nazar tashlab, uni Nyu-Yorkdagi osmonoʻpar binolardan birining tomida joylashganiga ishonish qiyin.

Xengiangda yirik savdo markazining tomida butun bir kottedj qishlogʻi qurildi. Osmonoʻpar shaharcha yigirma besh nafar bir xil yoqimli sargʻish tusdagi villadan, saranjom-sarishta yoʻlakchalardan, maysazor va yashil rangli ekinlaridan iborat.

Turar-joy binosining tomida qurilgan va barcha qulayliklarga ega boʻlgan bu qoyil-maqom uy Rotterdamning xaqiqiy diqqatga sazovor joyiga aylanib qolgan.

Bu pushti rang fasadga va mittigina ayvonchaga ega boʻlgan, koʻp qavatli uyning tomida qurilgan kichkinagina uycha yirik shaharning qoq markazida joylashgan xilvat joydir.

Irkutskdagi koʻp qavatli turar joyning tomida qurilgan ikki qavatli kottedj – 27 metr balandlikda joylashgan oʻzgacha koʻrinishdagi maskan.

Tomda barpo etilgan uslubiy shinam qarorgoh qizil gʻishtdan qurilgan turar joy bi-nosining uzviy davomiga aylandi.

Syurixdagi mehmonxonaning tomidagi maʼdanli suv toʻldirilgan basseynli kichkinagina uy oʻzingizni dunyoning choʻqqisida deya his qilish imkonini beruvchi ajoyib dargohdir.

Nyu-Yorkdagi beshqavatli uyning tomida barpo etilgan jozibador dupleks.

Chjuchjoudagi savdo markazining tomida qurilgan, uy oldi xududlariga ega boʻlgan betakror villalar – shahar turar joy maydonini tejashning yaqqol namunasi.

Nyu-York Brodveyidagi eski turar joy binosining tomida joylashgan uchta sersavlat uy.

Nyu-Yorkdagi koʻp qavatli turar joy binosining tomida Acheson Doyle Partners Architects kompaniyasi tomonidan qurilgan koʻkalamzor ekinlar orasidagi oddiy-gina uy qurilmalari.

Koʻp qavatli uyning tomida qurilgan, dizayner Verner Ayslinger tomonidan oʻylab topilgan zamonaviy va oʻta qulay loft – toshli changalzorlardan uzoqlashmay turib tabiat bilan yuzma-yuz kelishning zoʻr imkoni.

“Qulayotgan yulduz” uyi arxitektor Du Xo Suxning San-Diegodagi maktabning tomida barpo etilgan xaqiqiy durdonasi hisoblanadi.
Mukammal turar joy uyi barcha qulayliklar bilan jihozlangan, yam-yashil ekinlar bilan obodonlashtirilgan va mutlaq xavfsizdir.

Shenchjen shahridagi osmonoʻpar binoning tomida joylashgan koʻm-koʻk darax-tlar orasidagi ajoyib kichik ibodatxona –osmonu falakka yaqinroq boʻlish uchun ajoyib maskan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



