Rossiyalik qandolatchi toʻy uchun qiymati179 000$ lik tort pishirdi

“Shimkentda, Rixos mehmonxonasida chiroyli toʻy boʻlib oʻtdi!
Talaygina yulduzlar bor edi, lekin mehmonlarni yulduzlar bilan xayratda qoldirish qiyin edi, hatto Valeriya va Shon ham oddiy artistlar qatorida edi. Oqshomning va barcha ijtimoiy tarmoqlarning eng asosiy xitlari – tort va bokschi boʻldi”, deb yozadi Telegram kanalida musiqiy prodyusser Jan Mukanov.

Pazandachilik durdonasining muallifi — tortlarning yaratishdagi boy fantaziyalari bilan tanilgan mashxur Rossiyalik pazanda Renat Agzamov.
Renat Agzamov ijtimoiy tarmoqdagi oʻz saxifasida yozganiday, toʻrt metrli tortni yaratish uchun uning guruhiga uch kun vaqt kerak boʻldi.

Eng murakkab xalqaro loyihani amalga oshirdilar. Tortning diametri – uch metr, balandligi 4,2 metr (aravacha bilan). Vazni 1500 kilogramm atrofida, — deb xabar berdi pazanda.

Toʻy tantanasida maxalliy Tamara Asar, Sunet Baygochin va qozogʻistonlik bokschi Gennadiy Golovkin kabi shou-biznes va sportning yulduzlari ishtirok etdilar.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



