Qiziqarli

XX asrda roʻyobga chiqqan Jyul Vernning 9 “bashorati”

XX asrda roʻyobga chiqqan Jyul Vernning 9 “bashorati”

“Zambarakdan Oyga”, “Oy atrofida” va “Gektor Servadak asarlari.

XX asrda roʻyobga chiqqan Jyul Vernning 9 “bashorati”

“Zambarakdan Oyga”, “Oy atrofida” va “Gektor Servadak” asarlari orqali buyuk adib Jyul Vern nafaqat koinotga va oyga parvozlarni, shuningdek alyuminiyning aerokosmik tarmoq uchun keng tadqiqot (va ishlab chiqarish) boshlanishi ham bashorat qila oldi. Oyga ekspeditsiya uchun uchish maydonchasi sifatida u Floridadagi Stoun-Xillni tanlagan edi. Bu ham juda qiziq, chunki uning yonginasida Kannaveral burni joylashgan. Bugungi kunda bu yerda mutlaqo xaqiqiy amerika kosmodromi makon qurganiga nima deysiz?

“Dunyo boʻylab 80 kun ichida” asari

XX asrda roʻyobga chiqqan Jyul Vernning 9 “bashorati”

Bu yerdagi fantastika namunasi ham xaqiqatga juda yaqin boʻlib chiqdi. Romanning qahramoni Fileas Fogg 80 kun ichida dunyoni aylanib chiqadi. Bugungi kunda esa dunyo uzra sayohatni 58 soat vaqt ichida amalga oshirsa boʻladi.

“Suv ostida 20 000 lye” asari

XX asrda roʻyobga chiqqan Jyul Vernning 9 “bashorati”

Dastlabki suv osti kemalari Jyul Verngacha paydo boʻlgan, ammo u suv osti kemasozligini yaqin kelajakda qanday rivojlanishini aniqlay bilgan. Shu tariqa Nemo kapitanining suv osti kemasi 50 uzelgacha tezlikda xarakatlana olish, dengizning tubiga shoʻngʻish va faol jang qilish imkoniga ega boʻlgan.

“Suv ostida 20 000 lye” asari

XX asrda roʻyobga chiqqan Jyul Vernning 9 “bashorati”

Yozuvchi koʻp jihatdan suv osti kostyumlari qanday rivojlanishini ham bashorat qila olgan. Roman yozilish paytiga qadar ham suv osti kostyumlari bor edi, biroq ular oʻta noqulay va gʻavvoslar uchun havfli hisoblangan. 1943 yilda boshqa bir fransuz - Jak-Iv Kusto zamonaviy akvalang kashf qilindi.

“Dunyo hukmroni” va “Robur-Isteʼlochi” asarlari

XX asrda roʻyobga chiqqan Jyul Vernning 9 “bashorati”

Boshqa bir mashhur yozuvchi Gerbert Uells bilan bir qatorda Jyul Vern oʻz asarlarida insonlar tomonidan uchish apparatlaridan keng foydalanishni bashorat qila olgan. Yozuvchi shu bilan birga kelajakdagi urushlarda samolyotlardan keng foydalaniladi deb bashorat qilgan edi.

“Parij XX asrda” asari

XX asrda roʻyobga chiqqan Jyul Vernning 9 “bashorati”

Elektrik kursining paydo boʻlishini Jyul Vern oʻzining navqironligidagi antiutopik romanida bashorat qilib oʻtgan. U oʻlim jazosiga hukm qilinganlarni kuchli elektr kuchlanish yordamida xayotdan mahrum qilinishini 1860 yildayoq taʼriflab bera oldi. Jinoyatchilarni bunday tarzda qatl etilishi dastlab 1890 yilda AQSHdagi Nyu-York shtatining Obern qamoqxonasida qoʻllanilgan.

“Parij XX asrda” asari

XX asrda roʻyobga chiqqan Jyul Vernning 9 “bashorati”

Bu asarda bankdagi hisoblash ishlarini ulkan mashinalar amalga oshirgan. Shu tariqa yozuvchi dastlabki EHMlarning paydo boʻlishini ham aniqlay ola bilgan. Adib shu bilan birga televidenie va ikki odamning ikki ekran orqali bir biri bilan masofadan turib aloqaga chiqishini (video aloqalarning aynan oʻzginasi) ham taʼriflab bergan.

“Besh yuz million beguma” asari

XX asrda roʻyobga chiqqan Jyul Vernning 9 “bashorati”

1979 yilda Jyul Vern oʻta ketgan millatchi va zaharli gaz oʻqi bilan otadigan zambarak yaratuvchisi – nemis professori Shultseni taʼriflab bergan edi. Shu kabi kimyoviy qurol amalda Birinchi jahon urushida allaqachon faol qoʻllanila boshlagan.

“Vatikan bayrogʻi” asari

XX asrda roʻyobga chiqqan Jyul Vernning 9 “bashorati”

“Rok fulgulyatori” nomini olgan oʻta kuchli zambarakning oʻqi oʻz atrofidagi bir necha kilometr radiusidagi jamiki tirik mavjudotlarni qirib tashlash quvvatiga ega.Bu taʼrif real atom quroliga juda mos keladi. Biroq, real voqelikdan farqli ravishda, kitobda bu ixtiro xarbiylarning qoʻligacha yetib bormaydi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar