Bugatti Type 57 tarixdagi eng hashamatli avtomobil deb eʼlon qilindi

1936 yilda ishlab chiqarilgan BugattiType 57 SC Atlantic Coupe bejirim avtomobili bir necha kun avval Classics Best of the Best Award nufuzli mukofotga sazovor boʻldi va taqdimot marosimi Parijda boʻlib oʻtdi.

Bu shundan darak beradiki, hozirgi paytda aynan shu model barcha obroʻli mutaxassislar tomonidan avtomobilsozlik sanoatining tarixidagi eng qimmatbaho va ahamiyatli avtomobillardan biri sifatida tan olingan. Mashina dunyo miqyosidagi sakkiz nafar eng ahamiyatli musobaqalarda gʻolib boʻldi va bu unga barcha potensial raqiblarini ortda qoldirish imkonini yaratdi.

Bugatti Type 57 SC Atlantic Coupe oxirgi oʻn yilliklarda hamisha turli kolleksionerlarning qoʻlida saqlanib kelgani. Uni birinchi boʻlib nodir avtomobillarning ishqibozi Piter Uilyams oʻzi uchun sotib olgan edi. Ushbu kimoshdi savdosi 1971 yilda oʻtkazilgan va oʻsha vaqtda bu mashina xususiy qoʻllarga 59 ming dollarga sotib yuborilgandi.

Mashina Uilyams oilasida 2010 yilga qadar saqlanib keldi va 2010 yilda u yana kim oshdi savdosiga qoʻyildi. Avtomobilning yangi baxtli egasi Walmart raisi Rob Uolton boʻlib chiqdi. Atlantic Coupe avtomobilini oʻzining garajiga olib kirishi uchun u oz emas, koʻp emas – roppa-rosa 40 million AQSH dollarini toʻlashiga toʻgʻri keldi.

Xozirgi paytda mashina Parijda, ommaviy koʻrgazmada. Uni marosimga kelishga vaqt topa olgan xohlagan odam tomosha qilishi mumkin. Oʻtgan yilning sentyabrida mashina Los Anjelesdagi koʻrgazmada ham boʻlishga ulgurdi. Aynan oʻsha paytda bu avtomobilga 2018 yildagi nufuzli koʻrik-tanlovda gʻoliblikni bashorat qila boshlagan edilar.

Bugatti Type 57 SC Atlantic Coupening tarixiga nazar tashlay turib, shunga eʼtibor berish kerakki, avtomobil Aerolithe kontseptsiyasi zaminida yaratilgan. U 1935 yilda shaxsan Jan Bugatti tomonidan loyihalashtirilgan. Avtomobilning dizayni “orqa yuzgich” prinsipi asosida bajarilgan. Bunday mashina atigi uch nusxada ishlab chiqarilgan boʻlib, ming afsuski hozirgi kunga qadar faqat ikki nusxasi saqlanib qolgan. Ikkinchisi mashinalarning mashxur kolleksioneri Ralf Lorenga tegishli.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



