Yaponiyadan avval ishlatilgan, ishonchli va hech qachon pand bermaydigan 7 avtomobil

Ularning koʻp ming kilometrlab bosib oʻtgan yoʻllari haydovchilarni hayratda qoldirayotgani yoʻq. Mana bu 7 nafar modellar esa alohida tahsinga sazovor boʻlib, ularning har biri oʻz toʻgʻrisida batafsil taʼriflab oʻtilishiga loyiq.

2015 yilda avtomobillar bozorida oʻrtacha kattalikdagi Nissan Murano krossoverining uchinchi avlodi paydo boʻldi. Avtomobil mutaxassislarining fikrlariga koʻra, bu mashinalar, avvalgi modeliga nisbatan ancha taasurotliroq koʻrinishga ega, ammo ishonchlilikda deyarli hamma parametrlari boʻyicha avvalgisidan ortda qoladi.

Dunyodagi eng mashhur yapon avtomobillarining biri Honda Civic ekanligi bilan bahslashish qiyin, albatta. Qimmat boʻlmagan bu ixcham mashina serhashamlikni yoki oʻzgacha dinamikani haydovchining baho berishiga havola qila olmaydi, ammo, shunga qaramay, bu avtomobil oʻz mustahkamligi bilan millionlab avtohavaskorlarning mehrini qozongan.

Koʻpchilik mutaxassislarning fikriga koʻra, Honda Jazz – ohirgi yillarning eng ishonchli va mustahkam avtomobillaridan biri. Mashinaning sodda, ammo oʻta samarali konstruktsiyasi vaqt sinovini aʼlo darajada oʻta olgan.

Toyota Sienna – Amerika Qoʻshma Shtatlarida eng xaridorgir va eng zoʻr minivenlardan bittasi. Uni butun oila bilan birga uyushtiriladigan qisqa masofali safarlar va jiddiy sayohatlar uchun eng zoʻr mashina, deb minglab haydovchilar taʼkidlaydilar. Sienna juda ham kamdan kam hollarda buzilib qolishi mumkin, yoʻl harakati hodisasi roʻy bergudek boʻlsa yoʻlovchilarni, ayniqsa, bolalarni shikastlanishdan aʼlo darajada himoya qila oladi.

Avvalgi ajdodlari bilan taqqoslanganida Lexus GS avtomobilining bugungi kundagi nusxasi haydovchiga yana bir dunyo qulaylik va dinamikani taqdim etadi. Lexus GS toʻrtinchi avlodi avtomobillarining egalari bu juda ham ishonchli va mustahkam avtomobil ekanligini toʻlaligicha tasdiqlashlari mumkin

Toyota Prius uchinchi avlod gibrid avtomobili qulaylik darajasi va boshqariluvchanlik kabi taʼriflarda yangilangan modelidan jinday ortda qoladi. Ammo, mustahkamlikka kelganida, 2009-2015 yillarning mashinalari amaliy jihatdan umuman buzilmaydigan deb hisoblanadi.

Toyota avtomobillari oʻz yigʻilishining yuqori sifatliligi bilan va uzoq muddatliligi bilan ajralib turadi. Bu yapon kompaniyasining pikaplari va oʻta qiyin yoʻllardan ham yura oladigan atomobillari esa amaliy jihatdan umuman buzilmaydigan mashinalardir. Toyota Tundra pikapida konstruktsiya oldingi yoritgichlaridan boshlab agʻdarila oladigan bortiga qadar barcha ikir-chikirlari puxta oʻylangan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



