Qiziqarli

Eng kulguli, gʻaroyib va antiqa patentlar reytingi

Eng kulguli, gʻaroyib va antiqa patentlar reytingi

Asta-sekin birovning ixtirosini ishlab chiqarishda qoʻllaganligi uchun toʻlov toʻlashga majbur qiluvchi mexanizmlar paydo boʻla boshladi. Patent xuquqlarining dastlabki koʻrinishi XV asrda Venetsiyada paydo boʻldi, keyingi yuz yilliklarda esa mualliflik xuquqini himoya qilishning bu usuli anchagina mukammallashtirilgan.

Chuqur ishlab chiqilganiga qaramay bu sohada doimo chigalliklar va kutilmagan holatlar vujudga keladi. Ularning bir nechtasi bilan sizlarni tanishtiramiz.

Eng kulguli, gʻaroyib va antiqa patentlar reytingi

1. Microsoft kompaniyasi yuqori texnologiyali tarmoqlarning barchasida bir talay patentlariga ega, biroq ularning ayrimlari ochiqchasiga oʻta gʻalati tuyuladi. Masalan, giperssilkaga bosib yangi oyna ochish uchun u 2021 yilga qadar oʻz patentiga ega. Bu xaqiqatdan ham juda qiziq xodisa, ammo EXM dasturini roʻyxatdan oʻtkazish har bir oʻzini hurmat qiladigan dasturchi faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi, axir bu intellektual mulk obyektidir.

Eng kulguli, gʻaroyib va antiqa patentlar reytingi

2. Gordon Guld oʻz umrining 38 yilini u ixtiro qilgan lazerni va bir qator shunga bogʻliq texnologiyalarni patentlashga sarflagani bilan mashhur. Uning daʼvolari shu bilan tugagani yoʻq, chunki keyinchalik Guld ushbu patentlarni buzgan kompaniyalar bilan kurashishga toʻgʻri kelgan.

Eng kulguli, gʻaroyib va antiqa patentlar reytingi

3. 1963 yilda Sears kompaniyasi turli mexanizmlar (otvyortkalar, kalitlar) uchun shaqildoq ishlab chiqaрish patentini 10 ming AQSH dollariga sotib olgan. U xaqiqiy muallifni ixtironing befoyda ekanligiga ishontirib, oʻzi esa ixtiro tufayli 44 million AQSH dollariga teng foyda koʻrgan.

Eng kulguli, gʻaroyib va antiqa patentlar reytingi

4. Eng qizgʻin bahslarga sababchi boʻladigan hodisalardan biri tibbiyot soxasidagi patentlardir. Ular gohida hayot-mamot uchun zarur boʻlib turgan dori-darmonlarni koʻpchilik odamlarga chegaralab qoʻyadi. Ammo ular orasida shundaylari ham borki, davolanishni hamma uchun ochiq qilib qoʻyish maqsadida dori moddalarni patentlashdan voz kechadilar. Misol uchun, Djonas Solk 1955 yilda poliomielitga qarshi vaksinasini patentlashdan voz kechgan. Agar u oʻz vaksinasini patentlaganida bu unga 7 milliard AQSH dollari miqdorida daromad olib kelar edi.

Eng kulguli, gʻaroyib va antiqa patentlar reytingi

5. Insulin ixtirochilari ham huddi shunday yoʻlni tutdilar. Ular oʻz ixtirosini patent bilan himoyalamay qandli diabetga qarshi vositani aholining barcha tabaqalari uchun ochiq qilib qoʻydilar.

Eng kulguli, gʻaroyib va antiqa patentlar reytingi

6. Biroq bu mavzu tarixida bunga qarama-qarshi boʻlgan maʼlumotlar ham mavchud. 2013 yilda Anjelina Djoli saratonni cheklab oʻtish maqsadida ogʻir operatsiyani boshdan kechirgani toʻgʻrisidagi yangilik jamoatchilikni larzaga soldi. Bor yoʻgʻi ikki oy oʻtganidan keyin esa bu saraton kasalligining ayrim turlariga moyil diagnostika bozorini moʻljalga olgan Myriad Genetics kompaniyasining ulkan Piar-aktsiyasi ekanligi maʼlum boʻldi. Bir necha yillar avval Myriad Genetics BRCA1 va BRCA2 genlarini patentlashga musharraf boʻlgan.

Bu genlarni tadqiq etish - muqarrar irsiyatni oʻz vaqtida aniqlab qatʼiy choralar koʻrish imkonini beradi. Biroq 2013 yilning yozidayoq AQSHning Oliy sudi genlar patentlik xuquqi obyekti boʻla olmaydi degan qaror chiqardi va bu ishbilarmon kompaniyani potensial monopoliyadan mahrum qildi.

Eng kulguli, gʻaroyib va antiqa patentlar reytingi

7. WD-40 – xoʻjalikda ishlatiladigan eng mashxur tozalovchi, moylash va korroziyaga qarshi vosita. Vosita tarkibining yaratuvchisi sirli tarkibni ovoza qilmaslik uchun uni patentlashdan voz kechdi. Ammo, toʻla qimmatli, oʻxshash va hatto qalbaki mahsulotlar haligacha yoʻq.

Eng kulguli, gʻaroyib va antiqa patentlar reytingi

8. Bugungi kunda Golivvud soʻzsiz dunyo kinosining poytaxti xisoblanadi. U bu maqomni shu tufayli qoʻlga kiritgan ediki, XX asrning boshlanishida kinochilar patentli chegaralashlardan qochib shu yerda oʻrnashib qolgan edilar. Kino sanoatining salmoqli qismi Nʼyu-Jersida Tomas Edison tomonidan patentlangandi, Kaliforniya sudi esa bu borada mustaqil qaror chiqara olardi.

Eng kulguli, gʻaroyib va antiqa patentlar reytingi

9. Yongʻin kraniga boʻlgan patent yongʻin paytida yonib ketgan, shuning uchun ham, uni kim ixtiro qilganini hech qachon bila olmaymiz degan yarim hazil voqea majud.

Eng kulguli, gʻaroyib va antiqa patentlar reytingi

10. Mikrotoʻlqinli pechni ishlash prinitsipini Ikkinchi Jaxon Urushi davrida Persi Spenser toʻsatdan ixtiro qilgan. Oʻta kuchli magnetron oldida turib u choʻntagidan shokoladni olgan va uni erib ketganini koʻrgan. Keyinchalik u ovqatni isitishning bu usulini patentlab olgan.

Eng kulguli, gʻaroyib va antiqa patentlar reytingi

11. Bugungi kunda akkumulyatorlarga boʻlgan patent xuquqlariga tinmay turli cheklashlar doiralarini buzgan u yoki bu ishlab chiqaruvchilarga nisbatan daʼvo arizalarini kiritib kelayotgan neft kompaniyalari egalik qiladilar. Bu yaqqol sabablarga koʻra raqiblik qilayotgan tarmoqni ezib tashlashga urinish sifatida qabul qilinyapti.

Eng kulguli, gʻaroyib va antiqa patentlar reytingi

12. Yadro kallagi yordamida vertikal qazishning nazariy texnologiyasi mavjud. Buning mohiyati shundaki, qiyin eriydigan kapsulaning ichiga yadroviy modda joylashtiriladi. Kapsula qizib togʻ jinslarini eritib sayyoraning (faqat Yerning oʻzi boʻlishi shart emas) ichiga asta-sekin kirib boradi va oʻz ortida oynali devor hosil boʻlgan tunelni qoldiradi.

Eng kulguli, gʻaroyib va antiqa patentlar reytingi

13. XIX asrda Fransiya patentlangan texnologiyadan foydalanishni Buyuk Britaniyadan tashqari barcha mamlakatlarga ijozat berdi. U paytda Fransiya kolonizatsion ziddiyatlar tufayli Buyuk Britaniya bilan oʻta qaltis munosabatlarda boʻlgan.

Eng kulguli, gʻaroyib va antiqa patentlar reytingi

14. Avraam Linkoln – qumli kir togʻorani koʻtarish uskunasiga olingan patentga egalik qilgan.

Eng kulguli, gʻaroyib va antiqa patentlar reytingi

15. Ben Franklin koʻp qimmatli ixtirolarni yaratgan, biroq ularni patentlashdan qatʼiy voz kechgan. U yangi texnologiyalarni odamlarga tuhfa etish kishiga juda katta shodlik va sharaf baxsh etadi deya taʼkidlagan.

Eng kulguli, gʻaroyib va antiqa patentlar reytingi

16. Dunyoning patentlash byurolari qogʻozbozlik va byurokratiyaning oʻta yuqori darajasi va shundan kelib chiqadigan muammolar bilan yaxshi maʼlum. Koʻp hollarda bu gʻirt beʼmani patentlar chiqib ketishiga ham sabab boʻlib qoladi. Masalan Halliburton kompaniyasi patent olish jarayonini oʻzini patentlashga muvaffaqiyatsiz uringan.

Eng kulguli, gʻaroyib va antiqa patentlar reytingi

17. Bir patent kompaniyasi Wi-Fidan foydalanishning maʼlum usullariga boʻlgan huquqqa ega va goʻyoki, uning bu xuquqini oʻz mehmonlariga internetga bepul kirish imkonini yaratayotgan mehmonxonalar va boshqa muassasalar poymol etayotgan emish.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar