Qadimda odamlar dushman bilan kurashish va harbiy sohada qanday hayvonlardan foydalanganlar?

Shunisi qiziqki, mashinalar paydo boʻlganidan keyin ham odamlar hayvonlar xizmatidan foydalanishni inkor qilishmadi va bu usulni zarracha boʻlsa-da sustlashtirganlari yoʻq.

Otlar inson tomonidan urush paytida foydalanilgan hayvonlarning eng birinchilaridan biri boʻlsa ajab emas, albatta. Odamlar dastlabda xonaki otlarni aravaga 2-3 tadan qoʻsha boshlaganlar. Ayrim paytlarda bitta aravaga 4 tadan ot qoʻshilgan. Keyinchalik odamlar chavandozlik sanʼatini oʻzlashtirib olganidan soʻng bu butun dunyo harbiy qoʻshinlarining qiyofasini bir necha asrlarga oʻzgartirib yubordi.

Turli davrlarda otlar bilan birga tuyalardan ham harbiy sohada keng foydalanilgan. Biroq, tuyalar otlardan sifat jihatidan ikki nafar chavandozni mindira olishi bilan farqlanar edi. Odatda, bunday holda sarbon nayza bilan qurollangan. Orqada oʻtirgan ikkinchi chavandozga esa kamon singari oʻqotar qurollar yetkazib berilgan.

Turli tarixiy filmlardagi jang sahnalarida fillar ishtirok etishini koʻp bora kuzatgansiz. Jangovar fillar maydonda dushmanni dahshatga soluvchi qurol sifatida ishlatilgan. Ayrim mamlakatlar ulardan xatto oʻqdori zamoni kelganidan keyin ham foydalanishni davom ettirgan. Ammo, qurol sifatida fillardan foydalanish baribir qadimiy dunyoga toʻgʻri keladi.
Biroq bu qurolning ahamiyatliligi hozirgi zamon odamlari tomonidan oʻta yuqori baholanib yuboriladi. Aslida, fillar oʻta zaif boʻlgan va koʻpincha psixologik qurol yoki oʻziga xos qoʻmondonlik nuqtasi sifatida qoʻllanilgan. Shuni taʼkidlash kerakki, fillar qanchalar foydali boʻlsa, shunchalar zaif ham boʻlganlar.

It odamning sodiq doʻsti ekanligi hech kim uchun sir emas. Otlar kabi jangovar itlar ham qadimiy davrlardan boshlab xozirgi zamonga qadar bu sohada katta tarixiy yoʻlni bosib oʻtdilar. Qadimda itlardan razvedka va izlash maqsadida, shuningdek qoʻriqlash uchun tirik qurol sifatida foydalanganlar.
Ikkinchi jahon urushi yillarida itlar dushmanlarning tanklarini portlatib yuborish uchun tirik bomba vazifasini bajargan. Ammo bu uslub juda ham foydali emas edi. Xayriyatki, bugungi kunda xizmatchi itlardan aksariyat hollarda izlash va qoʻriqlash uchun foydalaniladi holos.
Shu bilan birga, jang maydonida yaralanganlarni izlab topishga oʻrgatilgan sanitar-itlar ham mavjud. Bunday itlarga koʻpincha aptechkalar ilib qoʻyiladi.

Kaptarlarning tabiiy xususiyatlarini odamlar qadimiy zamonlardayoq toʻgʻri baholay olganlar. Qadimiy Misr va Yunonistonda pochta xabarnomalarini yetkazib berish uchun kaptarlardan foydalanishni oʻrganib olishgan. Juda koʻp hollarda aloqani ushlab turish maqsadida safarlarga qoʻshinlar bilan birga ixchamgina koʻchma kaptarxonalar ham joʻnatilar edi.
Xatto XX asrning boshida ham koʻp davlatlar oʻz chegaralarida harbiy kaptar pochta stansiyasini joriy etishgan. Keyinchalik qushlardan, shu jumladan, kaptarlardan ham aerofotosyomkani amalga oshirishda foydalana boshlaganlar.

Minalangan dalalar sayyoramizning koʻplab turli notinch joylarida xaqiqiy muammo boʻlib qoldi. Har qanday urushning qoladigan bunday “meros” xoʻchalik uchun mislsiz zarar keltiradi. Hududni minalardan tozalash juda koʻp vaqtni oladi, oʻta yuqori toifali mutaxassislarni jalb qilishni talab etiladi va odamlar xayoti uchun juda yuqori darajadagi xavf bilan tugʻdiradi. Shuning uchun ham mana 15 yildirki, minalangan dalalarda kalamushlar “mehnat” qilishadi.
Kemiruvchilardan “sapyor” sifatida foydalanish usuli “ARORO” Belgiya-tanzaniya tadqiqot tashkiloti tomonidan oʻylab topilgan. Eng koʻp hollarda bu maqsadda Afrika ogʻmaxonsifat kalamushlaridan foydalanadilar. Bunday kalamushlar shahar kalamushlardan farqli oʻlaroq 8 yil yashashadi. Ularning koʻrish qobiliyati juda past, lekin hidlarni aʼlo darajada ajrata oladi va eshitadi. Bu qobiliyatlari ularni sapyorlikka oʻrgatishda ideal nomzodga aylantiradi.
Kalamushlar minalarni topishda itlardan zarracha qolishmaydilar. Bundan tashqari, ular itlardan koʻra ancha yengilroqdirlar. Bu juda ham muxim, chunki, ehtiyotsizlik yoki xatolikka yoʻl qoʻyilgani paytda kalamush piyodalarga qarshi minaning portlagichini faollashtirmaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



