Qiziqarli

Shvetsiyada chiqindi deyarli qolmadi, endilikda hukumat boshqa mamlakatlardan chiqindilarni olib kelib qayta ishlash istagini bildiryapti

Tozalikni xush koʻruvchi shvedlarga bu nima uchun kerak boʻlib qolganini quyida birgalikda koʻrib chiqamiz.

Shvetsiyada chiqindi deyarli qolmadi, endilikda hukumat boshqa mamlakatlardan chiqindilarni olib kelib qayta ishlash istagini bildiryapti

Yevropaning koʻpchilik mamlakatlarida chiqindini saralash tizimi juda ommabopligi sir emas, albatta. Shvetsiyaga kelsak, bu erda chiqindilarni saralash misli koʻrinmas keng koʻlamga etib bordi. Mamlakatda ahlat uyumlari umuman yoʻq, chunki bu yerda har qanday chiqindi zudlik bilan qayta ishlovga joʻnatiladi.

Shvetsiyada chiqindi deyarli qolmadi, endilikda hukumat boshqa mamlakatlardan chiqindilarni olib kelib qayta ishlash istagini bildiryapti

Chiqindilarni saralash madaniyati malakat aholisida bolaligidan tarbiyalanadi. Bolalar bogʻchalarida mittivoylarga ahlatning zarari va foydasi toʻgʻrisida gapirib beriladi, ularning uylarida esa turli chiqindilar, yaʼni oyna, qogʻoz, plastik, metall, karton va har bir boshqa turdagi chiqindilar uchun alohida, kamida 6-7 konteynerlari bor.

Shvetsiyada chiqindi deyarli qolmadi, endilikda hukumat boshqa mamlakatlardan chiqindilarni olib kelib qayta ishlash istagini bildiryapti

Bilasizki, plastik 7 marta qayta ishlansa undan yana foydalanish mumkin boʻladi. Bundan keyin esa uni yoqib yuborish uchun elektrostantsiyaga joʻnatiladi. Har qanday holda ham plastik faqat foyda keltiradi.

Shvetsiyada chiqindi deyarli qolmadi, endilikda hukumat boshqa mamlakatlardan chiqindilarni olib kelib qayta ishlash istagini bildiryapti

Plastik va temir butilkalar masalasiga kelsak, Yevropaning boshqa koʻp mamlakatlaridagi kabi Shvetsiyada ham ularni supermarketda oʻrnatilgan maxsus qabul qilish avtomatiga topshirish mumkin. Topshirilgan butilkalar uchun avtomat pul chiqarib beradi.

Shvetsiyada chiqindi deyarli qolmadi, endilikda hukumat boshqa mamlakatlardan chiqindilarni olib kelib qayta ishlash istagini bildiryapti

Agar shvedlarda muddati oʻtib ketgan dori vositalari boʻlsa ularni aptekaga utilizatsiya uchun olib boradilar. Aholi vakillari maishiy texnika yoki mebeldan qutulishni istasalar, ularni bunday chiqindilarni qayta ishlash stantsiyalariga eltishadi.

Shvetsiyada chiqindi deyarli qolmadi, endilikda hukumat boshqa mamlakatlardan chiqindilarni olib kelib qayta ishlash istagini bildiryapti

Chiqindini transportirovka qilish yer osti havo oʻtkazgichi orqali amalga oshiriladi. Uni mamlakatda 1961 yildayoq qurib bitkazganlar. Notoʻgʻri saralangan chiqindi uchun shvedlarni katta miqdordagi jarima kutadi.

Shvetsiyada chiqindi deyarli qolmadi, endilikda hukumat boshqa mamlakatlardan chiqindilarni olib kelib qayta ishlash istagini bildiryapti

Agar statistika maʼlumotlariga murojaat qilsak, davlatdagi ahlatning atigi 7% foizigina chiqindi tepaliklariga etib boradi, qolgan barchasi qayta ishlashga yoʻnaltiriladi. Shvetsiya poytaxti Stokgolmda elektr energiyasi bilan taʼminlanish 45% foizga chiqindilarni qayta ishlash hisobiga amalga oshiriladi.

Shvetsiyada chiqindi deyarli qolmadi, endilikda hukumat boshqa mamlakatlardan chiqindilarni olib kelib qayta ishlash istagini bildiryapti

Mamlakatda chiqindilarni qayta ishlash mexanizmi shu darajada kuchayib ketganki, tez orada ushbu holat qanchalar gʻalati tuyulmasin oddiy fuqarolarning hotirjamligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Chunki isitish va ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi ham qayta ishlanadigan chiqindilarga bogʻliq. Xozircha bu vujudga kelgan vaziyat bilan masalani hal qilishga Norvegiya mamlakati yordam beryapti. U yerdan Shvetsiyaga har yili 800 000 tonna chiqindi olib kelinadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar