Qahva ichishning foydali ekanligi toʻgʻrisidagi 9 nafar ilmiy maʼlumot

Biroq, bugungi kunda olimlar qahva organizmga koʻrsatadigan misli koʻrib boʻlmas tushunchalarni inkor etishga doimo moyil.

Qahvaning har bir ashaddiy ishqibozi tongdagi qahvaning birinchi finjoniga oʻzgacha vazilat borlishi va undan beihtiyor tetiklashishi haqida aytadi. Qahva inson kayfiyatni koʻtarishi qandaydir "sirli tasavvuf" emas, sababi buning ilmiy asoslangan dalillari ham bor.
2001 yilda amalga oshirilgan tadqiqotlar qahvani meʼyorida isteʼmol qilinishi ayollarda depressiya, erkaklarda tamomila tushkunlikka tushib qolish ehtimolini ancha pasaytirib, Yerdagi eng mazali antidepressant sifatida namoyon boʻlishini taʼminladi. Bu faqatgina quruq gap emas. Qahva serotonin, noradrenalin va dofaminning ishlab chiqarilishini jadallashtirib, xaqiqatdan ham inson kayfiyatini koʻtarishga qodir ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan.

Qahvaning miyaga ijobiy taʼsir etuvchi samarasi faqat kayfiyatni koʻtarish bilangina tugab qolmaydi. Qahva, shuningdek, uzoq muddatli hotira bilan moʻjizalar sodir etishi mumkin. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, kofein sathining koʻtalirishi miya tomonidan ahborotning qabul va hazm qilinishining yaxshilanishiga olib keladi.
Bu esa eʼtiborni jamlash, reaktsiya va kognitiv layoqatni kuchaytirishga yordam beradi. Uzoq muddatli tadqiqotlarning koʻrsatishicha, kuniga kamida uch finjon qahva ichilishi Altsgeymer kasalligini oldini olar ekan. Bundan tashqari qahva miyaning Parkinson kasalligi bilan zararlangan qismiga oʻz taʼsirini koʻrsatib, uning ishdan chiqish ehtimolini erkaklarda 25, ayollarda esa undanda koʻproq foizga pasaytirar ekan.

Qahvani sevuvchilar ularning ishtiyoqi diabetni nazorat qilishi haqida bilib hotircham boʻlishlari mumkin. Bir finjon mazali qahva insulinning yordamiga murojaat qilishdan beamorlarni halos qilishi mumkin (albatta, avval shifokor bilan maslahatlashib olish darkor). U qondagi qand miqdorini muvofiqlashtiruvchi moddalardan biri boʻlgan adiponektinni koʻpaytiradi. Agarda qahvadagi magniy va antioksidantlar bilan birlashtirilsa, bu diabetni oldini olish masalasida eng zoʻr yordamchi boʻlib qoladi.
Albatta, bu vaqtinchalik natija, shuning uchun ham unga ishonib qolishga arzimaydi. Bir narsani aniqlab olish kerakki, bu qoidalar diabeti bor, yaʼni diabet kasalligi aniqlab boʻlingan odamlar uchun emas. Yodda tuting, oziq-ovqat va taomnoma tarkibidagi biror oʻzgartirishni amalaga oshirishdan avval albatta malakali shifokor bilan maslahatlashib olish kerak.

Odamlar uzoq vaqtlardan beri qahvani yurak uchun zarar deb hisoblab kelishardi, ammo yaqinda oʻtkazilgan taqiqotlar bu fikrning xato ekanligini fosh qilib tashladi. Aniqlanishicha, yurak kasalliklarining yuqori ehtimoli bilan qahvaning oʻrtasida hech qanday aloqa yoʻq. Aksincha, yangi maʼlumotlar shu haqda guvohlik beradiki, qahva yurak-qon tomirlari sogʻligiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Bu natija ayollarga nisbatan kuchliroq boʻlishiga qaramay, qahvani meʼyorida isteʼmol qilinishi ikkala jinsda ham yurak huruji ehtimolini ancha pasaytiradi.
Bu ichimlikning bir kunlik uch-besh finjon miqdoрidagi meʼyori insult rivojlanishi ehtimolini sezilarli darajada pasaytirishi mumkin. Bularning oʻzi yetmaganday, qahva turgʻun yurak faoliyatidagi yetishmovchilik va ishimik kasalligi ehtimolini ham ancha pasaytirib yuboradi.

Nosogʻlom turmush tarziga amal qiluvchi insonlar tez-tez qahva ichib turishlari zarur. Aniqlanishicha, qahva zararlangan jigarni qutqarib qolar ekan. Bu xushboʻy ichimlik jigarning shikastlanishiga olib keluvchi fermentlarning sathini kamaytirib, tub maʼnoda jigar saratoni va sirroz bilan kurashadi. Kuniga ikki finjon qahva jigar kasalliklari tufayli oʻlim ehtimolini 50 foizga tushirishi mumkin ekan. Bu juda katta koʻrsatkich. Buning uchun qahva tarkibidagi ikki modda maʼsul (kafestol va kaxveol).
Tabiiyki, natijalar turli kimsalarda har hil boʻlishi mumkin, shuning uchun ham nosogʻlom turmush tarziga amal qilib oxirida "espresso" finjoni bilan barchasiga barham berish mumkin deb oʻylash kerak emas. Eng yaxshi natijaga erishish uchun qahvani vaqti-vaqti bilan emas, doimo isteʼmol qilib turish kerak. Qahva jigar saratonining rivojlanish ehtimolini pasaytirishi isbotlangan. Bir kunda uch yoki toʻrt finjon qahva bu ehtimolni mutanosib ravishda 38% va 41% pasaytirish mumkin.

Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlarning koʻrsatishicha, qahvadagi antioksidantlar saraton kasalligining ayrim turlari ehtimolini pasaytiradi. Bundan ham qiziqrogʻi shundaki, inson qancha koʻp qahva ichsa shuncha himoyalangan boʻlar ekan. Bu degani, qahvani kuniga toʻрt finjon miqdorida yoki undan salgina koʻproq isteʼmol qilinsa nafaqat sogʻligingizni, balki hayotingizni ham saqlab qolish imkoni yuqorilaydi. Shuningdek, qahva ogʻiz boʻligʻi, bachadon, prostata bezi, miya saratoni va xokazolardan himoya qilar ekan.
“Saraton milliy Instituti jurnali”da qahva isteʼmol qilgan odamda melanomaning rivojlanish ehtimoli juda pastligini koʻrsatgan tadqiqot natijalari chop etilgan. Boshqa bir tadqiqot natijalariga koʻra, kuniga kamida uch marta qahva ichish saratonning rivojlanish ehtimoli 19 foizga va sut bezi saratonining takrorlanish ehtimolini 49 foizga pasayar ekan.

Endilikda koʻz qobiliyatini yaxshilash uchun sabzi koʻmagiga muhtoj boʻlmaysiz, chunki shifokorlar koʻrish qobiliyatini yaxshilay oladigan yangi bir mahsulotni kashf etdilar. Olimlar qahva haqiqatdan ham koʻrish qobiliyatiga juda katta ijobiy taʼsir koʻrsatishini aniqlashdi. Qahvaning tarkibida xlorogen kislotasi (CLA) mavjud boʻlib, u oʻta baquvvat antioksidantdir va toʻr pardasining zararlanishidan koʻrish qobiliyatining pasayishini oldini oladi.

Albatta, shokolad va qiyomning koʻpigi bilan tayyorlangan katta lattening qad-qomatga zarari bisyor. Lekin, oddiy qora qahva masalasida bunday deb boʻlmaydi. butunlay boshqacha. Qahva vaznning ortib ketishining (hech boʻlmaganda qisqa muddatga) oldini olishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Qahvadagi koʻrish qobiyaliyatini yaxshilaydigan xlorogenovaya kislotasi, shuningdek, uglevodlarni singdirilishini sekinlashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, qaxvadagi kofein metabolizm tezligini 3-11 foizga oshirishga amaliy yordam berishi mumkin.
Kofein yogʻni sarflab yuborishga olib keladigan asab hujayralariga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Albatta, natijalar har bir insonda har qanday boʻladi. Eng yaxshi natijalar ancha ozgʻin odamlarda kuzatiladi.. Vazni ogʻirroq odamlarda esa natija unchalik bilinmaydi. Biroq, shuni eʼtiborga olish kerakki, qahva bilan ozish – vaqtinchalik holat, chunki oqibatda qahvaga nisbatan organizmning taʼsirchanligi pasayib borishi mumkin.

Bunga ishonish qiyinday tuyulishi mumkin, biroq, qahva xaqiqatdan ham ajalning oldini olishi mumkin, juda boʻlmasa, ayrim vaqtga qadar. Tabiiyki, qahva navqironlik manbai emas, ammo bu boradagi taʼsiri yaqqol seziladi. Stenford universitetining maslahatchi-dotsenti, falsafa doktori Devid Furmanning tushuntirishicha: “Yuqumsiz kasalliklarning 90 foizdan ortiqrogʻi surunkali shamollash bilan bogʻliq”. Qahvaning isteʼmol qilinishi esa IL-1-beta shamollash oqsili bilan bogʻliq boʻlgan klasterlardagi faollikning pasayishi olib keladi.
Bu degani, qahva ichish shamollashni kamaytiradi. Janubiy Kaliforniyada 180 000 dan ortiq ishtirokchilar bilan oʻtkazilgan tadqiqotda olimlar shuni aniqladilarki, kuniga 3 finjon qahva isteʼmol qilinishi muddatdan ilgari oʻlim ehtimolini 18 foizga pasaytirar ekan. Xatto, kuniga bir finjon qahva ham bu ehtimolni 12 foizga tushirgan. Qahva abadiy yashashga yordam bera olmaydi, lekin uzoqroq yashashga yordam berishi mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



