Qiziqarli

Oddiy limonni roʻzgʻorda va tozalash ishlari uchun ishlatib boʻlgach, undan iloj boricha koʻproq foydalanishning 16 usuli

Oddiy limonni roʻzgʻorda va tozalash ishlari uchun ishlatib boʻlgach, undan iloj boricha koʻproq foydalanishning 16 usuli

Bugun limonni roʻzgʻorda va pardoz-andoz uchun ishlatishning 17 ta ajoyib usullari haqida suhbatlashamiz.

Oddiy limonni roʻzgʻorda va tozalash ishlari uchun ishlatib boʻlgach, undan iloj boricha koʻproq foydalanishning 16 usuli

Filtrangan suv va yangi siqilgan shartbatdan yuz va boʻyin uchun ajoyib losyon tayyorlasa boʻladi. U terini darhol yangilaydi, yuz tusini tekislashtiradi va qarishning dastlabki alomatlarini yoʻqotadi. Shisha idishda maʼdanli yoki filtrlangan suvni limon sharbati bilan 2:1 nisbatida aralashtiring. Yuzingizni ertalab va kechqurun ushbu moʻjizaviy vosita bilan arting.

Yogʻli teri sohibalariga bunday losyon yogʻ bezlarining ishini yaxshilashga, poralarni kichraytirish va husnbuzarlarni quritishga yordam beradi. Quruq terili ayollarga esa rining kulrang tusi va shoʻralashi toʻgʻrisida mutlaqo unutish uchun koʻmaklashadi. Bundan tashqari, limon sharbati sepkillar va pigmentli dogʻlarni ham yumshoq tarzda oqartirishi mumkin.

Oddiy limonni roʻzgʻorda va tozalash ishlari uchun ishlatib boʻlgach, undan iloj boricha koʻproq foydalanishning 16 usuli

Yogʻ tomchilari dogʻlari, lavlagi, pomidor va xatto qizil vinoning dogʻini ham matodan limon yordamida osongina yoʻqotish mumkin. Yangi dogʻ paydo boʻlgan choyga limon sharbatini shimdiring va ozgina soda sepgan holatda 10 daqiqa davomida qoldirib qoʻying. Keyingi sodaning qoldiqlarini sochiq bilan artib tashlang va odatiy kir yuvish usulida yuvib oling.

Oddiy limonni roʻzgʻorda va tozalash ishlari uchun ishlatib boʻlgach, undan iloj boricha koʻproq foydalanishning 16 usuli

Limon – badboʻy va yoqimsiz hidlar bilan kurashishda yordam berishga qodir achoyib tabiiy vositadir. Bu mevani past olovda xushboʻy oʻtlar bilan birgalikda qaynatish ham mumkin. Bundan tashqari sovugan suvni purkagichga quyib kimyoviy aerozol sifatida va xushboʻy hid beruvchi vositaning oʻrnida foydalansa boʻladi.

Shuningdek, taʼkidlash kerakki, limon sedrasi yoqimli hidlarni oʻz ichiga aʼlo darajada soʻrib oladi. Uni qirib maydalab, dokali xaltachalarga oʻrab sovutgich, oshxona shkaflari va kiyim tokchalariga qoʻyib chiqish kerak.

Oddiy limonni roʻzgʻorda va tozalash ishlari uchun ishlatib boʻlgach, undan iloj boricha koʻproq foydalanishning 16 usuli

Kesilgan olmalar va bananlar odatda juda tezda qorayib qolgancha oʻz jozibadorligini yoʻqotadi. Bu koʻngilsizlikning oldini olishga ham limon sharbati yordam berishi mumkin. Mevaning kesilgan joyiga uning yangidek koʻrinishini saqlab qolish uchun limon sharbatidan sepib qoʻysangiz, shuning oʻzi kifoya.

Oddiy limonni roʻzgʻorda va tozalash ishlari uchun ishlatib boʻlgach, undan iloj boricha koʻproq foydalanishning 16 usuli

Agar siz lablar terisining qurishi va dagʻallashib ketishidan aziyat cheksangiz, bu borada limon sharbatini qoʻllab koʻrishni tavsiya etamiz. Yangi siqilgan sharbatning bir-ikki tomchisini uyqudan oldin labingizga surting. Bir necha kun oʻtib, lablaрingizning koʻrinishi ancha yaxshilashganini, teringiz namlangani va tarangligini sezasiz.

Oddiy limonni roʻzgʻorda va tozalash ishlari uchun ishlatib boʻlgach, undan iloj boricha koʻproq foydalanishning 16 usuli

Tabiiy yogʻoch turli hidlarni oʻzlashtirib olgancha toʻplash qobiliyatiga ega ekanligi hammaga maʼlum. Bunday yogʻoch yuzalarini tozalashda limonga teng keladigan vosita yoʻq. Tozalash kerak boʻlgan yogʻoch yuzalarini yarimtagina limon bilan artib olgancha tahminan 10 daqiqaga qoldiring, keyin esa oddiy suv bilan yuvib tashlang. Limon kislotasi kir bosgan chiriklarni yoʻqotishga yordam beradi va yogʻoch yuzalarini begona hidlardan halos qiladi.

Oddiy limonni roʻzgʻorda va tozalash ishlari uchun ishlatib boʻlgach, undan iloj boricha koʻproq foydalanishning 16 usuli

Quyoshda yorqinlashgan sochlar effektini yaratishni xohlaysizmi? Bu borada ham limonning sharbatidan foydalanishingiz mumkin. Uni suv bilan aralashtirib, purkagichga quying va sochlar uchun yuvilmas sprey sifatida ishlating. Bundan-da samaraliroq natija uchun uni quyosh sayridan oldin sepgan maʼqul. Bunday vosita sochlaringiz oʻramlarini mohirlik bilan yoritadi va quyuq sochga mislsiz sayqal beradi.

Oddiy limonni roʻzgʻorda va tozalash ishlari uchun ishlatib boʻlgach, undan iloj boricha koʻproq foydalanishning 16 usuli

Vaqt oʻtib mikrotoʻlqinli pechning ichida yogʻ dogʻlari va begona hidlar paydo boʻla boshlaydi. Ulardan qutulish usuli esa juda oson. Buning uchun kichkina bir retseptni bilish kerak holos. Yangi limonni boʻlakchalar shaklida kesib, ularni shisha yoki keramik idish ichiga soling, idishni suv bilan toʻldiring hamda mikrotoʻlqinli pechga yuqori quvvat bilan qizitish uchun qoʻyib qoʻying. Bunday jarayondan soʻnn barcha hidlar yoʻqolib ketadi, dogʻlarni esa namlangan gubka yordamida artib tashlash mumkin.

Oddiy limonni roʻzgʻorda va tozalash ishlari uchun ishlatib boʻlgach, undan iloj boricha koʻproq foydalanishning 16 usuli

Limon sharbati tibbiyotda ham keng qoʻllaniladi. Isbotlanganki, joyga qoʻshilgan limon sharbatining bir choy qoshigʻi bosh ogʻrigʻi, tish ogʻrigʻi, shuningdek ayollardagi davriy ogʻriqlardan qutilishga yordam beрadi. Vitamin S ning doimiy isteʼmol qilinishi immunitetni sezilarli darajada koʻtarishi va kayfiyatni yaxshilashga yordam berishi ham esa hammaga maʼlum.

Oddiy limonni roʻzgʻorda va tozalash ishlari uchun ishlatib boʻlgach, undan iloj boricha koʻproq foydalanishning 16 usuli

Sochlaringizda qazgʻoq paydo boʻlibdimi? Dorixonaga tomon qimmat shampunlarni sotib olish uchun yugurishga shoshilmang. Uning oʻrniga limon sharbatidan foydalanib koʻring. Buning uchun har kuni yangi siqilgan ikki choy qoshiq limon sharbatini bosh terisiga surting va tez orada muammo yoʻqolib ketadi.

Oddiy limonni roʻzgʻorda va tozalash ishlari uchun ishlatib boʻlgach, undan iloj boricha koʻproq foydalanishning 16 usuli

Kir yuvish mashinasiga kir yuvish kukunidan tashqari bitta limonning sharbatini qoʻshing. Bunday kir yuvishdan keyin kiyim juda xushboʻy hidga ega boʻladi, eski dogʻlarning esa asari ham qolmaydi.

Oddiy limonni roʻzgʻorda va tozalash ishlari uchun ishlatib boʻlgach, undan iloj boricha koʻproq foydalanishning 16 usuli

Tong saharning oʻzidanoq pozitiv quvvat va tetiklikka erishmoqchi boʻlsangiz, kunni bir stakan limonli suv ichishdan boshlang. Bunday odat organizmingizga quvvat bagʻishlaydi, immunitetingizni mustahkamlaydi, oshqozoningizni hazm qilish qobiliyatini yaxshilaydi va zerikishni tarqatib yuboradi.

Oddiy limonni roʻzgʻorda va tozalash ishlari uchun ishlatib boʻlgach, undan iloj boricha koʻproq foydalanishning 16 usuli

Kichkinagina shisha idishda limon sharbati bilan zaytun yogʻini aralashtiring. Manikyurga kirishishdan 10-15 daqiqa oldin shu idishga barmoqlaringizni solib turing. Bunday vanna tirnoq plastinalarini samarali oqartirish uchun imkon yaratadi, tirnoqlaringizni namlaydi, ularni mustahkam va sogʻlom qiladi.

Oddiy limonni roʻzgʻorda va tozalash ishlari uchun ishlatib boʻlgach, undan iloj boricha koʻproq foydalanishning 16 usuli

Koʻpincha tirsak va tizza terisi dagʻallashib qorayib qoladi va juda xunuk koʻrinish hosil qiladi. Ammo limonli muolajalar oʻtkazilgan kunlardan keyin siz hayratomuz natijaning guvohi boʻlasiz. Bu muammoni ham limonning bir boʻlagi bartaraf etishga yordam beradi. U bilan har kuni muammoli joylarni artib turing va tahminan 5 kunlardan keyin kutilgan natijadan bahra oling.

Oddiy limonni roʻzgʻorda va tozalash ishlari uchun ishlatib boʻlgach, undan iloj boricha koʻproq foydalanishning 16 usuli

Guruch qaynatilayotganida suvga bir qoshiq yangi siqilgan limon sharbatini qoʻshib yuborsangiz guruchdan tayyorlanayotgan taom mayin va donador boʻladi.

Oddiy limonni roʻzgʻorda va tozalash ishlari uchun ishlatib boʻlgach, undan iloj boricha koʻproq foydalanishning 16 usuli

Limonning yarim boʻlagini rakovina va vannadagi sovun dogʻlari hamda boshqa kirlanishlarni tozalash uchun ishlating. Limon sharbati nafaqat dogʻlar bilan aʼlo darajada kurashadi, balki zamburugʻlar va ular tufayli yuzaga keladigan teri kasalliklarining ham oldini oladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar