Istalgan avtomobilning vazifalar doirasini kengaytiradigan va haydovchining hayotini yengillashtiradigan 5 gadjet

Avtomobil egalarining bahtiga oʻz mashinasini zamonaviy davrning talablariga mos “moslashtirish”ning yana bir usuli bor.

Automatic – bu avtomobilning diagnostik portiga ulanadigan kichkina mashina adapteri. U avtomobilning holati toʻgʻrisida barcha turdagi maʼlumotlarni qabul qilishga yordam beradi.
Telefon bilan Bluetooth orqali ulanadigan moslama dvigatel bilan aloqadan boʻlgan barcha muammolarni diagnostika qiladi, mashina egasi qayerga toʻhtaganini “eslab qoladi”, yoʻnalishlar tarihini namoyon qiladi va xatto, falokat yuz berganda ham yordam uchun unga murojaat qilishi mumkin.
Yaqinda kompaniya Automatic uchun bir qator ilovalarni ishlab chiqardi. Bu ilovalar xarakatlanishning turli yurish rejimlari, yoqilgʻi sarfi nazorati, shuningdek xavfsizlik uchun xizmat qiladi. Masalan, Concur ilovasi ishchi safarlar paytidagi bosib oʻtilgan masofani kuzatish imkonini yaraтadi, bu esa oʻz navbatida sarf-xarajatlarni xisoblab chiqishni ancha osonlashtiradi.
1996 yildan buyon konveyerdan tushgan koʻpchilik avtomobillar bilan ishlaydigan moslamaning qiymati 100 AQSH dollariga teng.

Boshqa barcha narsalardan tashqari, Vinli yuqori tezlikdagi Wi-Fi aloqasini taʼminlab beradi, shuning uchun ham barcha mobil aloqa vositalaringizni Internetga ulash imkoniyatingiz paydo boʻladi. Automatic kabi Vinli ham qurilmalar paneliga ostidagi portga ulanadi va shundan keyin avtomobilning holati toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni koʻrsatib turuvchi ilovalarga kirish yoʻlini ochish maqsadida ishga tushadi.

Ammo uni yana bir ustunligi ham bor: Vinli shuningdek avtomobilning ichida 4G LTE-tarmoq, T-Mobile orqali WiFi signallarini tarqatuvchi optsiyalarni ham oʻz ichiga oladi. Albatta, mobil maʼlumotlarning uzatilishi uchun ham toʻlashga toʻgʻri keladi.
Moslama shuningdek, avtomobilni uzoqdan turib kuzata olish imkonini tugʻdiradi va harorat, yoqilgʻining miqdori hamda va hokazolar uchun oldindan oʻrnatilgan maʼlum meʼyorlar chegarasidan chiqib ketib qolguday boʻlsa bundan habar topib, avtomobilda sodir boʻlayotgan barcha jarayonlardan voqif boʻlishning imkoniyatini yaratadi.
Vinli ning doʻkonidagi ilovalar ishlab chiqarish suratini kuzatish uchun foydalaniladiganlaridan to “aqlli uy” bilan chambarchas kirishib ketadiganlari turlari ham mavjud. Masalan, Samsung SmartThings bir birlariga ulana oladigan moslamalarni boshqarish uchun ishlatilishi mumkin. Misol tariqasida aytish mumkinki, qurilma imkoniyatlari bilan avtomobil garajdan chiqib ketayotgan paytda butun uyda chiroq oʻchadi, signalizatsiya esa yoqiladi.
Hozirgi paytda Vinli 199 AQSH dollari turadi va 1996 yildan keyin ishlab chiqarilgan koʻpchillik avtomobillarda qoʻllanila oladi.

ZubieKey–avtomobilni oʻz vazifalarini bajarishi uchun Internet tarmogʻiga ulaydigan yana bir moslama. U oʻz ichiga oʻrnatilgan GPS ga, bulut bilan bogʻlanadigan simsiz ulanish tizimi va avtomobilning “sogʻligi va faoliyatini” kuzatib, nazorat qila oladigan datchiklariga ega.
Moslama doimiy ravishda Zubie Cloud bulutiga ulanib turadi va zarur boʻlgan taʼmirlash ishlari bilan yoqilgʻi quyish payti kelganlik toʻgʻrisida ogohlantirib turish bilan birga har bir xarakatni tahlil qiladi. U shuningdek, xavf-xatardan holi boʻlish maqsadida maslahatlar berish uchun haydovchining rulni boshqarish uslulini ham kuzata oladi.
Masalan, agar haydovchida ehtiyojdan ortiq keskinlik bilan tormozlashga moyillik kuzatilsa, moslama rulni boshqarishdagi nooʻrin odatlarini oʻzgartirish yoki umuman yoʻqotishiga yordam berish maqsadida uni bu toʻgʻrisa ogohlantirib turadi. Shuningdek, bu moslamani voyaga yetgan farzandlar tezlikni nihoyatda oshirib yuborsa, ota-onasini bu haqda ogohlantiradigan qilib ham sozlab qoʻysa boʻladi.
Mashinada qancha yoqilgʻi qolgani toʻgʻrisida soʻrash mumkin boʻlishi uchun mashina egasi oʻz Zubie moslamasini hattoki Amazon Echo bilan ham bogʻlashi mumkin.
Zubie Key foydalanuvchilari uchun avtomobil yoʻllaridagi yordam, avtomobilni sugʻurtalash va ularga texnik xizmat koʻrsatish kabi xizmatlarga eksklyuziv tarzda kamaytirilgan narxlarni ifoda etadigan Zubie Perks tizimiga ulanish imkonini yaratadi.
Bu moslama yillik xizmat shaklida bir yiliga 99,95 AQSH dollari qiymatida sotiladi. Buning uchun xaridorga bir yillik uyali aloqa va Zubie Perks tizimiga kirish imkonini taʼminlovchi kalit beriladi. Obuna har yili oʻzgarmagan narxda yangilanib turadi. Foydalanuvchilar shu bilan birga, Zubiedan avtomobil ichidagi internetga kirish nuqtasi sifatida foydalanish uchun WiFi xizmatiga ega boʻlgan Zubie optsiyasini tanlashlari mumkin. Bu har oyiga qoʻshimcha 10 AQSH dollariga teng toʻlov bahosiga tushadi.

Qiymati 499 AQSH dollariga teng boʻlgan RearVision tizimi asosan uch tarkibiy qismidan iborat: yuqori darajadagi tiniqlikka ega boʻlgan ikki nafar kameraga ega boʻlgan ramka, OBD-portga ulanadigan adapter, va smartfon uchun qurilmalar paneliga oʻrnatiladigan magnit qayish.
Adapter avtomobilga ulanishi bilan, u kameraga videotasvirlar oqimini haydovchining smarfoniga uzatish imkonini beradi. Shu bilan birga, u videotasvirlar oqimidagi oldinda paydo boʻlgan toʻsiq toʻgʻrisidagi maʼlumotni tahlil qilib, haydovchini toʻqnashish ehtimolidan xabardor qiladi.

Mobileye haydovchiga maʼlumotlarni real vaqt rejimida taqdim etadi va bu yoʻldagi bahtsiz hodisalarni oldini olishga yordam bera oladi.
Moslamaning tizimi old tomondagi oynada oʻrnatiladigan smart-kamera, ogohlantirishning ovozli signali va haydovchi ogohlantirishlarni koʻra olishi uchun tasvirni uzatish displeyidan iborat.
Mobileye smart-kamerasi avtomobillar oʻrtasidagi masofani oʻlchash, tezlikni cheklash toʻgʻrisidagi yoʻl belgilarini oʻqiy olish va yaqinlikda paydo boʻlgan piyodani aniqlay olish kabi vazifalarni bajara olishga qodir kompyuter bilan jihozlangan.
Ushbu texnologiya avtomobil xavfli vaziyatni payqaganida bu toʻgʻrisida haydovchini ogohlantirish imkoniyatini yaratadi. Masalan, agar tezlik soatiga 60 kilometr qilib chegaralangan joyda haydovchi soatiga 70 kilometr tezlikda harakatlansa, moslama sistemasi bu haqda ovozli xabarnoma joʻnatadi va displeyda ogohlantirish paydo boʻladi.
Yuqori texnologik sensor sistemasining narhi 850 AQSH dollariga teng, ammo bu shu kabi mobil texnologiyalar bilan jihozlangan yangi avtomobilni sotib olishdan koʻra anchagina arzonroqqa tushadi, albatta.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



