Suratda ajoyib qiyofaga ega boʻlishning sirlari yoki fotosuratda istarali boʻlib koʻrinish uchun yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan 5 nafar xatoliklar

Agar Siz ham shundaylar toifasidan boʻlsangiz, bir sirni ochaylik — suratbop boʻlmagan qiyofa faqatgina sizning hayolingizda! Aslida fotosuratlarda har bir odam ham chiroyli koʻrinishga ega boʻlishi mumkin. Buning uchun faqatgina 5 nafar asosiy sirni bilib olish kerak. Biz bugun bu sirlarni oshkor qilamiz.

Albatta, “qulogʻigacha” deyilganday keng tabassum qilaman deb, haddan ortiq kulib yuborish hamma fotosuratda ham oʻrinli boʻlavermaydi, biroq koʻz bilan tabassum qilishni hech kim va hech qachon taqiqlamagan, xatto hujjatlar uchun moʻljallangan fotosuratlarda ham. Amerikada buning uchun xatto oʻz nomi ham bor — «smize». Bu terminni ilk bor taniqli model Tayra Benks ishlatgan va leksikon aylanmasiga kiritgan.
Uning ishtirokida xatto videorolik ham suratga olingan. Ushbu rolikda moda yulduzi farqni namoyish etadi. Bir qarashda, buning hech qiyin joyi yoʻqday koʻrinishi mumkin, ammo har bir odam buni oʻrganish uchun mashq qilish kerak va shundan keyingina koʻzgu oldida turib, mustaqil oʻzi bajara oladi.
Koʻz bilan “tabassum qilish” qobiliyatini oʻrganib olganingizdan keyin har bir fotosuratda siz ancha koʻrkamroq koʻrinasiz.

Selfi va boshqa suratlar muvaffaqiyatli chiqishi uchun — kameraning “oʻz” burchagini topa olish kerak. Buni oson deb boʻlmaydigan, lekin bajarsa boʻladigan vazifa. Bir kun tanlang, smartfoningizni oling, kamerani old tomonga sozlang va olgʻa, urinib koʻring! Balki buning uchun bir necha yuzlab suratga olish mumkindir, eng asosiysi, natijaga erishish kerak. Nafaqat natijaga, aʼlo darajadagi natijaga!
Turli rakurslardan suratga olingan shaxsiy fotosessiyadan keyin barcha suratlarni koʻrib chiqing va ularning ichidagi eng muvaffaqiyatli boʻlganlarini tanlab oling. Muvaffaqiyatli suratni toʻlaligicha kafolatlay oladigan burchakni izlab topish uchun eng qulay vaqt uyda hech kim boʻlmagan payt.
Birinchidan, ortiqcha savollar tagida qolmaysiz, ikkinchidan esa, bu hech kimdan uyalib tortinmay kerakli narsani topib olish imkonini beradi. Shunday ekan, olgʻa!

Ha-ha, bu qanchalik mantiqqa zid eshitilmasin, kamera oldidagi haddan tashqari quruq savlat bilan qiyshayish ham hech qanday yaxshilikka olib kelmaydi. Rasmiy jihatdan jilmayib koʻrsatilgan tabassum, keragidan ortiq choʻzilgan orqa va toʻgʻri tutib turilgan bosh, suratlarda soxta va notabiy boʻlib koʻrinadi, shuning uchun ham tuturiqsizlik va oʻta beʼmanilik boʻlib tuyuladi.
Bunday suratlarda "hayot" yoʻq. Iloj bor qadar tabiiy boʻlib koʻrinishga urining, harakat qiling - qanchalar "tirik" boʻlsangiz, suratlar ham shunchalik jozibadorroq boʻladi.

Xatto eng suratbop qiyofani ham buzib, unga sovuq koʻrinish berib qoʻyish mumkin — buning uchun faqatgina boshqa yorugʻlik tanlansa bas. Masalan, tepadan taratilayotgan, boʻzargan, sovuq gʻira-shiralik yoki energiyani tejovchi lmpochkalardan tushayotgan yorugʻlik koʻzlarning ostiga aslida umuman asari ham boʻlmagan "xaltacha"larni "osib" qoʻyishi, yoki "koʻkarish"ni vujudga keltirib qoʻyishi mumkin.
Tabiiy va keng tarqalgan yorugʻlik manbayi sizni fotosuratda ancha jozibaliroq qilib koʻrsata oladi. Bu, masalan, quyoshning botishi yoki kun yorugʻligi boʻlishi mumkin. Bunday savodli yoritish barcha eng oʻtkir burchaklarni tekislab, terining рangini silliqroq va sogʻlomroq qilib koʻrsatadi, xullas, fotosuratdagi koʻrinishni ancha yaxshilaydi.

Hammasi juda soddaroq ham boʻlishi mumkin. Agar oʻzingizga ishonchingiz boʻlmasa, yoki u juda kam boʻlsa, suratga tushish zarurati qattiq hayajon va ruhiy zarbaga sabab boʻlishi mumkin. Bunday ahvolda qanaqa sifatli suratlar toʻgʻrisida gap boʻlishi mumkin?
Suratga tushish paytida oʻzingizni iloj bor qadar erkin tutishga harakat qiling. Gohida oʻzini suratbop qiyofaga ega, deb hisoblash uchun atigi bitta shu maslahatning oʻzi ham yetarli boʻladi!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



