Oddiy insonlarning tushiga ham kirishi mumkin boʻlgan 5 nafar hashamatli arab avtomobillari

Shunga qaramay, bunday avtomobillarning hammasi ham xorijiy rusumga ega emas, ularning ichida oʻz ishlab chiqarishlarining mahsulotlari ham bor.

Bu avtomobil birinchi marta 2013 yilda Qatarda koʻrsatilgan edi. Oʻsha paytda ishlab chiqaruvchi oʻz yaratgan mahsulotini "birinchi arab avtomobili" deb aytishga tortinmay, uni dadil taqdim etgan. Soatiga 100 kilometr tezlikka bu mashina 2.8 soniya ichida tezlasha oladi. Uning eng yukori tezligi soatiga 395 kilometr qilib chegaralangan.
Bunga avtomobil oʻzining quvvati 780 ot kuchiga ega boʻlgan 3.7-litrli dvigateli tufayli erisha oladi. Avtomobilning kuzovi karbondan tayyorlangan va xatto bugungi kunda ham bu avtomobil yetarlicha zamonaviy koʻrinishga ega.

Mashina 2015 yilda Dubaydagi koʻrgazmada oʻzining debyutini qarshi oldi. Kapotning ostiga nemis mahsuloti boʻlgan 900 ot kuchiga ega 4-litrli motorni joylashtirishdi. Soatiga 100 kilometr tezlikka bu mashina 2.7 soniya ichida yetib boradi.
Eng yuqori tezlik koʻrsatkichi elektronika yordamida soatiga 400 kilometr belgisida chegaralangan. Kompaniya bu rusumdagi avtomobilarni yiliga atigi 25 dona miqdorda ishlab chiqaradi.

Mislsiz Laraki Fulgura dastlabda 2002 yildayoq Jenevadagi avtokoʻrgazmada koʻrsatilgan edi. Bu mashinani noldan boshlab yaratilgan superkar deb atab boʻlmaydi. Avtomobil Lamborghini Diablo zaminida yaratilgan. Ular orasidagi oʻxshashlik xatto kuzovning tuzilish darajasida ham yaqqol koʻrinib turadi.
Soatiga 100 kilometr tezlikka bu mashina 3.3 soniya ichida tezlasha olgan, eng yuqori tezlik koʻrsatkichi esa soatiga 398 kilometrni tashkil etgan.

Marhamat, tanishing - Saudiya Arabistonida ishlab chiqarilgan ilk avtomobil. Bu avtomobilning ishlab chiqarilishi bilan Saud podshosining Universiteti shugʻullangan. Uning yaratilishiga ikki yil vaqt sarflangan. Avtomobil 2010 yilda keng ommaning hukmiga havola etilgan.
Oʻsha davrda zavod tomonidan yiliga 20 ming dona shunday avtomobillar ishlab chiqarilishi rejalashtirgan. Oʻsha paytda bir qator sinchkov, biroq gʻalati krash-testlar oʻtkazilgan. Masalan, tuya bilan toʻqnashib ketish testi.

Saudiya Arabistonidan boʻlgan sedan loyihasi. Keyinchalik, bu loyiha Malayziyalik kompaniya bilan rivojlangan. Seriyali ishlab chiqarish oʻtgan yilda boshlandi. Avtomobil asosan ichki foydalanish uchun moʻljallangan mashina sifatida namoyon boʻlgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



