Vaqt boʻylab sayohat qilgan insonlar hikoyasi

Va shu oʻrinda,kvant gravitatsiyasining tenglamalaridan vaqt konstantasi, sodda qilib aytganda, tushib qoladi. Boshqacharoq tushuntirganda, u bu yerda umuman yoʻq. Ammo, bugun biz sayyoramizdagi yetakchi fizik olimlarining fikrlari bilan bahslashmaymiz. Biz vaqtlar orasida sayohat qilishga erisha olganlar bilan birga vaqt shkalasi boʻylab shunchaki sayr qilamiz.

Eng mashhur boʻlgan vaqt sayohatchisi AQSH harbiy dengiz kuchlarining zahiradagi zobiti Alfred Bilek boʻlsa kerak. Uning yana bir ismi Edvard Kameron.Alfred birdaniga ikkita vaqtdagi sayohat bilan bogʻliq boʻlgan mashhur tajribalarda – 1943 yildagi Filadelfiya eksperimenti va 1949 yildagi “Montok” eksperimentida qatnashgan.

Rasmiy harbiy idoralar Bilek aytganlarning barchasini inkor qilsa-da, u ilmiy tajribadan keyin kuratorlar tomonidan oʻchirib tashlangan hotirasi toʻlaligicha tiklanganini taʼkidlaydi. Umumiy qilib olganda zobit 2137 yilda olti hafta va tasavvur qilishham qiyin boʻlgan uzoq kelajakdagi 2749 yildan boshlab ikki yil oʻtkazgan. Shundan keyin Bilek quyidagilarni gapirib bergan.
“Iqlim, geografiya, sayyora va qirgʻoq chizigʻi tubdan oʻzgarib ketgan. Asrlar oʻtib borishi bilan shaharlar yuqoriga qarab rivojlangan, qirgʻoqlarning yonidagilari esa allaqachon suv ostiga choʻkib ketgan.”

U koʻrgan 2000 qavatli uylarga ega boʻlgan ulkan shaharlar suv boʻylab yoki bir yarim kilometr balandlikda bahaybat antigravitatsion platformalar yordamida havo boʻylab koʻchib oʻtish imkoniga ega ekan. Yigirma sakkizinchi asrdagi umumiy soni, diqqat, shunga eʼtibor bering – 500 million kishigacha qisqargan insoniyat ichra “Har kimga mehnatiga yarasha, har kimdan qobiliyatiga yarasha” qoidasi hukmronlik qiladi. Qayeridir tanish, shunday emasmi?
Boshqarishning odatiy infratuzilmasi dolzarb boʻlmay qoladi. 2749 yilga kelib dunyoda ideal sotsialistik jamiyat ustuvorliklariga ega boʻlgan yagona tartib oʻrnatiladi va unda har bir ishga yaroqli inson umumiy farovonlikni yaratishga oʻz xissasini qoʻshadi. Qonunni buzgan odamlar ajratilgan manzilgohlarga badargʻa qilinib jamiyatdan chetlatiladi, potentsial xavfli jinoyatchilar esa bir necha ogohlantirishlardan keyin joyida ogʻriqsiz zararsizlantiriladi.
Ayblash va avf etishni sunʼiy intellekt bajaradi. Barcha ijtimoiy jarayonlarni boshqaradigan markaziy megakompyuter alohida har bir shahar hayoti uchun maʼsul boʻlgan hamma boshqarish markazlarini yagona sintetik tarmoqda birlashtiradi. Har bir shahar tasarrufida boʻlgan avtonom himoya tizimi doimiy jangovar shay holatida boʻladi, ammo davlat chegaralari, urushlar, politsiya, armiya oʻtmishda qolib ketadi,banklar, pullar va hukumatlar ham kabi.
Agar hammasi shunday boʻlsa, unda bu faqat maqtovga loyiq, doʻstlar! Hijolatga soladigan yagona bir narsa - bu atigi 500 millionta odam sonidir. Jinday ozroq boʻladi-yov, Alfi! Axir bu xatto “oltin milliard” ham emas.

Gordon Kuper – Amerika kosmonavtikasi tarihida birinchi boʻlib bir sutkadan koʻproq ochiq koinotda boʻlgan va tarihda ilk bor“Merkuiy-9” hamda “Egizaklar-5” missiyalarida ikkita orbital kosmik parvozni amalga oshirgan astronavt. Parvozlarning birida behosdan unga boʻshliq va vaqt uzra beihtiyor ekskursiya qilish imkoni vujudga kelib qoldi.
Astronavt quyidagilarni gapirib berdi: "Bizning kemamiz xuddi plyonkadan oʻtib ketganday boʻldi va keyin, buni qanday deb atashni ham bilmayman, men nafaqat gʻalati hayvonlarning sharpalarini koʻrdim, aslida men ularning oʻrtasida edim.”

Bort soatining koʻrsatmalariga qaraganda Kuper portalda ikki daqiqadan koʻp boʻlmagan, ammo oʻz biologik soatlarining subyektiv hissiyotlari boʻyicha u oʻzini asl holatida xis qilmay qolgan paytning davomiyligi bir soatdan kam boʻlmagan. Es-xush borasidagi muammoni Gordon mutlaqo chiqarib tashladi, chunki parvoz davrida butun ekipajning jismoniy holati tibbiy mutaxassislar nazorati ostida boʻlgan. Gordon oʻz rahbariyati vaNASA bilan boʻlgan keskin kelishmovchililarga qaramay tajribasi toʻgʻrisida gapirib berishga jurʼat qila oldi.
Shunday keyin bunday sayohatlar toʻgʻrisida boshqa kosmonavtlar ham gapirib berdilar:"Men u yerda xitoblar, hayqiriqlar deysizmi, yoki ushbu mavjudotlarning qichqiriqlari bilan bogʻliq boʻlgan barcha narsalarni eshitdim. Oʻzim ham baqirib, ovozni tebrantirardim.”

Bunday dildagi gaplarning soniga qarab baho berilsa, aynan ochiq koinotda odamning oʻtmishda yoki kelajakda boʻlib qolish imkonlari oʻta keskin oshib ketadi. Kuper hodisasida psixiatrlar toʻligʻicha gallyutsenatsiyalarni inkor qildilar, chunki asronavt koʻrgan narsalari uning bilimlari va tajribasi doirasiga sigʻmay, undan tashqariga chiqib ketadi.
Oʻzini soddagina qilib “Noy” deb ataydigan odam aynan vaqt boʻylab sayohatchi ekanligini isbotlash uchun yolgʻon detektorida sinovdan oʻtishga rozilik berdi. Bu xaqida “Daily mail” va “ApexTV” epataj (yaʼni turli kuchli shov-shuvlarga sababchi boʻladigan) yangiliklar agentligi xabar berdi.

Tomoshabindan oʻzining yuzini va asl ismini yashirgan Noy 2030 yildan kelganini aytdi. Bu yigitcha shuni taʼkidlaydiki, 2028 yildan vaqt boʻylab sayohatga chiqish bir chashka qahva damlashdek oson boʻlib qoladi. Bundan tashqari, Bitcoin asosiy toʻlov vositalaridan biriga aylanib qoladi, u paytga qadar Google robotlari uydagi barcha hayotiy zarur narsalarning nazoratini olib boradi va insonni xoʻjalik yuritishga oid boʻlgan barcha charchatuvchi ishlardan soqit qiladi.

Noyning aytishi boʻyicha AQSH prezidenti Tramp ikkinchi bor prezidentlik muddatiga saylanadi. Ammo u vaqt paradokslarini qoʻzgʻotmaslik uchun dalil-isbotlarni keltirishdan bosh tortdi. Albatta, shuni aytib oʻtish kerakki, maʼlum texnikalardan foylangan holda eng mukammal detektorni ham aldash mumkin. Agentlikdagilar ham, sud instantsiyalaridagilar ham bu fikrga toʻlaligicha qoʻshiladi.

Biroq, Noy oʻz yuzini yashirishi va ovozini oʻzgartishi uning shaxsini reklama qilish istagi yoʻqligidan yaqqol darak berib turibdi. Bu esa uning xikoyasiga maʼlum darajada ahamiyat baxsh etadi. Boshqa tarafdan qaraganda sirni sirligicha qoldirish agentlikning yolgʻonni fosh etilishidan qoʻrqmagan holda ommaga ertaklar aytib,yaxshilab “piar” qilishning aʼlo usulidir.
1990 yilning 24 sentyabr kunida shimoliy Atlantikada baliq ovlayotgan baliq ovlash trauleri Islandiyaning qirgʻoqlaridan chamasi uch yuz kilometr uzoqlikda suzib yurgan aysbergdan 30 yoshli bir juvonni oʻz bortiga qabul qilib olgan edi. Kapitan Karl Yorgen Xas muhbirlarga aytib berishicha, bu ayol moda jihatidan eskirgan, ammo oʻziga yarasha jozibador koʻylak kiygan va sovqotganidan deyarli xushini yoʻqotib boʻlgan ekan.

U isinib olib, oʻziga kelganidan soʻng ismini Vinni Kouts deya tanishtirgan va kecha kechgi payt, yaʼni 1912 yilning 15 aprel kunida shu atrofda choʻkib ketgan “Titanik”ning yoʻlovchisi ekanligini aytgan. Vinnining soʻzlariga qaraganda u laynerga Angliyaning Sautgempton portida chiqibolgan. “Titanik” 78 yil avval choʻkib ketgani toʻgʻrisidagi tasavvurga egaboʻlgan kapitan va dengizchilar komandasi qanday holda qolganini bilib olish qiyin emas.

Shunga qaramay, qutqarib olingan juvon mislsiz moʻjizaga koʻra saqlab qolgan sumkachasini kavlay boshladi va unda xaqiqatdan ham “Titanik”ka olingan chiptani topib, boshqalarga koʻrsatdi. Osloda Vinni Koutsni shifokorlar brigadasi kutib olganlar. Ular ayolni tekshirib koʻrib xulosa qildilar: yosh juvon juda ozib ketgan, ammo psixik jihatdan mutlaqo sogʻlom edi.

Eski arxivlarni koʻtargan ekspert mutaxassislar 3 klass yoʻlovchilari ichida Vinni Kouts ismli 36 yoshda boʻlgan yoʻlovchi ayolni topishga erishishdi. U eri va ikki oʻgʻli bilan Sautgemptondan kemaga chiqqan. Taniqli psixiatr, Michigan universitetining professori Dchon Xolod tomonidan keyingi olib borilgan koʻp yillik tadqiqotlar avvalgi diagnozni tasdiqladi – ayol mutlaqo sogʻlom edi.
Lyuis Kerrolning asosiy mutaxassiligi matematika boʻlganligidan juda kam odamlar habardor boʻlgan. Uning “Alisa oyna ortida”asari – bu koʻrsichqon uyasi orqali amalga oshirilgan sayohatni ertakona syuetda shakllantirishga doxiyona urinishdir. Qolaversa, oʻz mahoratini, bilimini va texnik vositalarning maʼlum arsenaliga ega boʻla turib vaqt va boʻshliqda sayoxat qilish mumkin ekanligini Mishel Nostradamus ham isbotlab bergan.

Bashoratchining kerakli holatga erishishi uchun Nostradamus tuxumi yordam bergan, yana bir olim - Rodjer Bekon ismli fransus ruxoniysi oʻn uchinchi asrda teleskop, mikroskop, avtombil, samolyot ixtiro qilinishini bashorat qila olgan. Shuningdek, u embrionning tugʻilish va rivojlanish jarayonini tasvirlab bergan. Bekon oʻz ishlarida vaqt va boʻshliq uzra hodisa va voqealarni kuzatish imkonini yarata oladigan bukilgan koʻzgu toʻgʻrisida taʼkidlab oʻtgan.
Novosibirskolimlari tomonidan Nikolay Kozirevning koʻzgulari ustidan oʻtkazilgan koʻpyillik tajribalari bu imkonni yana bir marta tasdiqladi. Tizimning ichida boʻla turib, sinalayotganlarning bir qismi oʻrta asrlarga va undan ham ertaroq davrlarga oʻta olganlar. “Men bir odamni, odam qiyofasini koʻrdim. “Bu kim oʻzi?” degan savolni berdim va toʻsatdan uning Chingizxon ekanligi toʻgʻrisidagi javobni oldim.”

Kamerada bir necha soat davomida boʻlgan koʻngillilarning bir nechasi qadimiy Rimda boʻlib qaytgan. “Odamlar tarixiy davrlarga tushib qolishlari mumkin. Tahmin qilaylik, biz Ivan Grozniyni yoki Stalingrad janginikuzatgan edik” deydi ulardan biri. Boshqa tajribada sinalayotganlar Dikson orolining koʻzgu tizimining ichida boʻla turib hayolan timsol va belgilarni eksperimentning qitʼadagi xuddi shunday nomli, yaʼni Dikson qishlogʻida joylashgan boshqa qatnashchilariga uzatishga harakat qilgan.

Bu uddalangan, buning ustiga uzatilayotgan timsol va belgilarning bir qismi muddatdan avval qabul qilingan. Bu tasodif emasligini statistika ham tasdiqladi: bunday eksperimentlarining 105 hodisasida timsollar va belgilarning 3ta dan ortiqrogʻi uzatish seansi boshlanishidan birnecha soat oldinroq qabul qiluvchilarga yetib borgan. Nikolay Kozyrevning fikriga koʻra, aynan 73-chi paraleldan keyingi kengliklarda vaqt zichligi bilan birga yoʻnalishi boʻylab oʻz parametrlarini oʻzgatira oladigan hudud oʻtadi.
Mana shu yerda Nostradamusning – “Shimol bu boshqa dunyolar uchrashadigan oʻzgacha joy” iborasini endi aniq va ravshan tushunib olsa boʻladi. Ehtimol, koʻzga koʻrinar yaqin kelajakda koʻzgu tizimlardagi oʻziga xos tadqiqotlar kerakli boʻlgan maʼlumotlarni olish uchun shunchaki koʻzgular pavilyoniga kirib, savolni koinotning axborotlar maydonigayuborish va darhol unga javob topish mumkin boʻlgan onlarni yaqinlashtira olar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



