Qiziqarli

Munajjimlar bashorati: May oyida bizni nimalar kutmoqda?

Munajjimlar bashorati: May oyida bizni nimalar kutmoqda?

May oyi Qoʻy burji vakillari uchun oʻzlarining yetakchilik qobiliyatlarini namoyish qilish uchun juda ajoyib imkoniyatlar taqdim qiladi. Tez kunlarda rahbariyat tomonidan sizga yangi loyiha topshirishlari yoki samarali hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishingiz mumkin. Ammo bir narsani aslo yoddan chiqarmang: mayda narsalarga ham diqqatli boʻling, kichik elementlarni koʻzdan qochirmang. Bu kabi betakror imkoniyatlar bilan toʻqnash kelgach, dam olish haqida unutishingiz tabiiy. Shunga qaramasdan tanangiz quvvat hamda energiya bilan toʻla ekanligini dildan his qilasiz, toʻsiqlarni yengib oʻtish uchun sizga hech narsa halal bera olmaydi. 

Karyera 

May oyi Qoʻy burji vakillari uchun koʻplab yoqimli syurprizlarni tayyorlab qoʻygan. Boshqalarga nisbatan muloyim va mehribon boʻlishga harakat qiling, ish borasida kuchli inson ekanligingizni barchaga koʻrsatib bering, hayolingiz katta va yuksak marralar bilan band boʻlsin, erishgan yutuqlaringizni boshqalarni hayratga solib qoʻysin. Maayyan vazifani hamkasblaringizdan koʻra yaxshiroq amalga oshirishingiz sababli rahbariyat lavozimingizni koʻtarish haqida oʻylashni boshlaydi. Har qanday holatda hamkamtarlik va jiddiy qiyofani yoʻqotmang.

Ushbu oy Qoʻy burji vakillari uchun moliyaviy masalalar borasida ham juda omadli keladi. Agar ichingizdan allaqanday kuch yoki ovoz biror ishga nisbatan turtki bersa, undan voz kechmang. Intuitsiya yordamida kattagina mablagʻni qoʻlga kiritishingiz kutilyapti.


Munajjimlar bashorati: May oyida bizni nimalar kutmoqda?

May oyida sizga har sohada ajoyib imkoniyatlar taqdim etiladi, ammo shunga qaramasdan nima uchundir qalbingizni shubha-gumon va ikkilanish hissi egallab oladi. Ayni paytda yagona maqsadingiz - manaviy tomondan rivojlanishdir, shu sababli ham ahloqiy prinsiplarni har narsadan ustunroq qoʻyish niyatidasiz.

Hayotingizda sodir boʻlayotgan narsalarga nazar tashlab, aslida oʻta omadli inson ekanligingizni qalban his qila bilishingiz kerak. Pashshadan yfil yasamang, bekorchi muammolar bilan qalbingizni oʻrtashga ham urinmang.

Bu oy davomida sizdan hayotga optimizm bilan nazar tashlash talab etiladi, zero haqiqatan ham hayotingizdan tushkunlik uchun biror sabab yoʻq. Bir narsani unutmang, har ne sodir boʻlmasin - barchasi yaxshilikka! 

Karyera

May oyi ushbu burj vakillariga ajoyib doʻst va ishonchi hamkorlar orttirish imkoniyatini taqdim qiladi. Yangi tanishlar bilan munosabat oʻrnatishga choʻchimang. Ulardan biri tez orada sizga omadli taklif haqida aytadi. Bu esa kelgusidagi hayotingizga juda katta taʼsir qilishi kutilmoqda. Zimmangizga yuklatilgan barcha vazifalarni maʼsuliyat bilan bajarishga harakat qiling. Muhim qarorlarga yechim topish uchun May oyida imkoniyatlar koʻp boʻlmaydi. 

Tez orada yaxshigina pul ishlab olish uchun imkoniyat yoki samarali gʻoya paydo boʻladi. Ammo uning barcha tomonlarini adolat tarozisi bilan oʻchab koʻrishingiz kerak. Harakatlar rejasini puxta qilib tuzib olish ham zarar qilmaydi. 

Munajjimlar bashorati: May oyida bizni nimalar kutmoqda?

Tan olish kerakki, sizning ikkita kamchiligingiz doimo oʻzingizga pand berib keladi: Birinchidan, siz insonlarning koʻziga qarab turib haqiqatni gapira olasiz, bu esa ularga maʼqul kelmaydi. Ikkinchidan esa tashqi taʼsirlar va odamlarga nisbatan oʻta taʼsirchansiz. Oʻz maqsadingizga haqiqatan erishishni istasangiz, oʻzingizni qoʻlga oling. Rejalaringizni qaytadan koʻrib chiqing, eskirgan va ish bermaydigan usullardan esa butunlay voz keching. Yana bir gap - May oyida juftingizga nisbatan yanada eʼtiborli boʻlishingiz lozim, unga qatʼiy talablar qoʻymang va hurmat bilan munosabatda boʻling.

Karyera

 

Karyera masalasiga keladigan boʻlsak, atrofdagilar bilan qanchalar yaxshi va mustahkam aloqa oʻrnata olsangiz, iqtisodiy holatingiz ham shunchalar yaxshilanib boraveradi. Hissiyotlaringiz aqlingizdan ustun kelmasin. Jahl va tushkunlik holatiga muhim qarorlar qabul qilish keyinchalik afsuslanishingizga sabab boʻlishi mumkin. Ishdagi vazifalaringizga nisbatan jiddiyroq yondoshing. Ishlaringizni qaytadan koʻrib chiqing, xatolaringiz ustida ishlashga harakat qiling. Oyning birinchi yarmida katta harajatlar qilmaganingiz maʼqul. 

Munajjimlar bashorati: May oyida bizni nimalar kutmoqda?

May oyi Qisqichbaqa burji vakillarining hayotini tubdan oʻzgartirib yuborishi mumkin. Ushbu oy davomida haqiqatan omadingiz keladi. Bir qator yoqimsiz holatlarga toʻqnash kelsangiz-da bu umumiy holatingizga taʼsir qilolmaydi. Insonlar sizga hurmat va mehr bilan muomala qilishda davom etadilar. Barcha sohalarda imkoniyatlar eshigi keng ochib beriladi. Omadingizni qoʻldan boy berib qoʻymang. Jasurroq boʻling, muhim qarorlarni tezkorlik bilan qabul qila oling. Xato qilib qoʻysangiz oʻzingizni koyimang, buni qimmatli saboq deya hisoblang.

May oyida Qisqichbaqa burji vakillari uchun yaxshigina imkoniyatlar taqdim etiladi. Barcha hodisalarni nazorat ostida ushlashga harakat qiling. Joriy oyda sizdan eʼtibordi, jiddiy va tezkor boʻlish talab etiladi. Dangasalikka qarshi urush eʼlon qiling, omadga ishonsangiz, yuludzlar ham siz tomonda boʻlishi aniq. Hamkasblar bilan oʻzaro munosabatlar borasida muloyim boʻlish zarar qilmaydi. Kerakli paytga ularga yordam qoʻlini choʻzsangiz, kun kelib sizga ham koʻmak berishadi, buni unutmang.

Munajjimlar bashorati: May oyida bizni nimalar kutmoqda?

May oyi Arslon burji vakillari uchun ruhiy sinovlar tayyorlab qoʻygan boʻlishi mumkin. Ammo hodisalar yoqimsiz boʻlsa ham, oʻzingizda ularga qarshi kurashish uchun ichki kuchni his qila olasiz. Hech qachon boʻsh kelmang va barchaga kim ekanligingizni koʻrsatib qoʻying. Yulduzlar shuningdek jahl bilan ish qilmaslik va oʻz hissiyotlaringiz ustidan nazorat oʻrnatishni maslahat bermoqdalar.

Karyera


May oyida ish masalasiga tegishli koʻplab fikrlaringiz oʻzgarishi kutilmoqda. Janjalli vaziyatlardan uzoqroq yurishga harakat qiling. Bir soʻz bilan aytganda, yetti oʻlchab bir kesing! 

Oʻqotar burji vakillari uchun ushbu oy - oʻtmishga qaytish pallasi boʻladi desak adashmaysiz. Hayotingizda kutilmagan insonlar, oʻtmishdagi doʻstlaringiz, sobiq sevgilingiz, hattoki siz yoqtirmagan dushmanlaringiz ham paydo boʻlishi mumkin. Ammo tashkiliy qobiliyatlaringiz bilan atrofdagilarning nazariga tushasiz. Boshqalarga foydali bilim bera olish, yuqori samaradorlik va maʼsuliyat hissi bilan oyni omadli tarzda yakunlaysiz. 

Munajjimlar bashorati: May oyida bizni nimalar kutmoqda?

Karyera 


Oy davomida ish borasida yaxshigina yutuqlarni qoʻlga kiritishingiz mumkin, ammo buning uchun biror loyihani mustaqil ravishda boshlashingiz kerak. Begonalar tomonidan boshlangan ishni davom ettira koʻrmang. Qiziquvchan ekanligingiz sababli turli maʼlumotlarga ega boʻlasiz va ularni toʻgʻri qoʻllash natijasida professional masalalarga yechim topasiz.Yulduzlar maqsadingizni aniq belgilab olish va mayda narsalarga eʼtibor bermaslikni tavsiya qilmoqdalar. Oʻzingizdagi barcha yaxshi sifatlarni namoyon qiling va yutuqlaringizdan lazzat olishga aslo uyalmang. Axir buning uchun mehnat qilgansiz! 

Odatda Tarozi burji vakillari boshqalarga nisbatan oʻta mehrmbon boʻlganlari uchun ham begonalar uning ushbu sifatidan yaxshigina foydalanib qoladilar. Mazkur oy davomida esa tashqi olamdan biroz uzoqlashgancha oʻz fikrlaringiz bilan yolgʻiz qolishga harakat qiling.  Agar buning uchun imkon topa olmasangiz, hech boʻlmasa dam olish kunlarini oʻzingizga sarflang. Yangi taassurotlar eski muammolarga yangicha nazar tashlash uchun imkon beradi. 

 

Karyera

Ushbu oy davomida ishlaringizda barqarorlik holati kuzatiladi. Rahbarlar qarshisida kelgusidagi rejalaringiz haqida soʻzlamaganingiz maʼqul. Bu hamkasblar orasidagi gap-soʻzlarning kamayishiga ham olib keladi. Biroq may oyida rahbariyat tomonidan sizga ajoyib taklif berilishi kutilmoqda. Bundan imkoniyatdan esa albatta foydalaning! 

Munajjimlar bashorati: May oyida bizni nimalar kutmoqda?

Chayon burji vakillari tabiatan juda aqlli va makkor boʻladilar. Ular qachon va qayerda nima bilan shugʻullanish kerakligini ham yaxshi tushunadilar. Ushbu sifatlar esa May oyida juda qoʻl keladi.

Zero, may oyida boshqalarga yetakchilik qilish va liderlik sifatlarini namoyon etish kerak boʻlgan vaziyatlar yuzaga kelishi kutilmoqda.  Mazkur oyda orzuyingizdagi maqsadga erishasiz, bu orqali boshqalarga kim ekanligingiz va nimalarga qodirligingizni koʻrsatib qoʻyishingiz ham mumkin. Oy oxirlariga kelib, noqulay vaziyatga tushishingiz mumkin, ammo bu yerdan ham gʻalaba bilan chiqib ketishni uddalaysiz.

 

Karyera

Unutmangki, ishdagi muammolarni faqatgina hotirjamlik bilan yengib oʻta olishingiz mumkin. Gʻazab va alam bilan muhim qarorlar qabul qilmang. Shuningdek rahbariyatga oʻz gʻoyalaringiz haqida aytishga ham urinib koʻring. Ushbu oy davomida oʻzingizga boʻlgan ishonch sizga faqat yordam beradi, shu sababli ham ortiqcha kamtarlikni nari suring-da qobiliyatlaringizni toʻliq namoyon qilib berish uchun shoshiling.

 

May oyida kattagina harajatlar qilishingiz kutiladi. Ammo sarflagan pulingizga aslo achinmaysiz. Sababi uning evaziga sotib olingan narsasizga juda koʻp foyda keltiradi. 

Munajjimlar bashorati: May oyida bizni nimalar kutmoqda?

Oʻqotar burji vakillari uchun ushbu oy - oʻtmishga qaytish pallasi boʻladi desak adashmaysiz. Hayotingizda kutilmagan insonlar, oʻtmishdagi doʻstlaringiz, sobiq sevgilingiz, hattoki siz yoqtirmagan dushmanlaringiz ham paydo boʻlishi mumkin. Ammo tapshkiliy qobiliyatlaringiz bilan atrofdagilarning nazariga tushasiz. Boshqalarga foydali bilim bera olish, yuqori samaradorlik va maʼsuliyat hissi bilan oyni omadli tarzda yakunlaysiz. 

Karyera

Oy davomida ish borasida yaxshigina yutuqlarni qoʻlga kiritishingiz mumkin, ammo buning uchun biror loyihani mustaqil ravishda boshlashingiz kerak. Begonalar tomonidan boshlangan ishni davom ettira koʻrmang. Qiziquvchan ekanligingiz sababli turli maʼlumotlarga ega boʻlasiz vaularni toʻgʻri qoʻllash natijasida professional masalalarga yechim topasiz. Yulduzlar maqsadingizni aniq belgilab olish va mayda narsalarga eʼtibor bermaslikni tavsiya qilmoqdalar. Oʻzingizdagi barcha yaxshi sifatlarni namoyon qiling va yutuqlaringizdan lazzat olishga aslo uyalmang. Axir buning uchun mehnat qilgansiz! 

Munajjimlar bashorati: May oyida bizni nimalar kutmoqda?

Togʻ echkichi burji vakillari May oyi davomida ichki ovozlarining istaklariga koʻra ish tutsalar koʻp sohada yutuqlarga erishishlari mumkin. Atrofingizdagi barcha narsalarga eʼtiborli boʻlish uchun harakat qiling. Sababi kichik bir maʼlumot katta muammoning yechimiga aylanishi mumkin. 

Karyera

Ish borasida esa may oyi "hosil yigʻish" payti boʻladi. Shu kunga qadar qilgan mehnatlaringiz mevasini yigʻib olishni boshlaysiz. Yangi loyihalar, mukofotlar, maoshingiz oshishi, kattaroq lavozimga koʻtarilishingiz mumkin. Ammo biznes borasidagi ushbu yutuqlardan esankirab qolmang va navbatdagi loyihalarni amalga oshirish uchun darhol  ishga kirishing. 

Munajjimlar bashorati: May oyida bizni nimalar kutmoqda?

Hurmatli qovgʻa burji vakillari! Xushyor boʻling, may oyidagi hodisalarning shunchalar koʻp ekanligidan shoshib qolishingiz ham mumkin. Kerakli daqiqada oʻz gʻoyalaringizni amalga oshirib olish uchun harakat qiling. Tugallanmagan ish loyihalarini yakuniga yetkazish uchun ajoyib imkoniyat paydo boʻladi. Shuningdek yangi hamkorlar bilan ish boshlashingiz ham kutilmoqda. 

Karyera

 

Uzoq vaqtdan beri siz kutayotgan imkoniyat aynan may oyida qarshingizdan chiqishi mumkin. Tavakkal qiling, bundan aslo yutqazmaysiz. Iroda kuchi va shaxsiy prinsiplar asosida ish koʻrsangiz, qiyinchiklarni osongina yengib oʻta olasiz. Kerak boʻlsa jasurlik va tezkorlik bilan ish koʻrishingiz lozim.

 

 

Moliyaviy sohasida pullarni tartibsiz ishlatishdan tiyiling. Bu yoqimsiz holatlarga sabab boʻlishi mumkin. Kerak boʻlmagan narsalarni sotib olmang, biroz tejamkor boʻlish aslo zarar qilmaydi. 

Munajjimlar bashorati: May oyida bizni nimalar kutmoqda?

May oyida Baliq burji vakillari oʻta eʼtiborli boʻlishlari lozim. Bu kabi sifat bilan oy davomida koʻplab imkoniyatlarga sazovor boʻlasiz.

Qarshingizdagi har bir inson haqida tahliliy fikr yuriting, zararli odatlaringiz ustida ishlang. Agar ish borasida biror kattaroq reja qilgan boʻlsangiz - uni keyingi oyga qoldirishni tavsiya qilamiz. Sababi may oyida sizga ish borasida katta yutuq vaʼda etilmayapti. Yaxshisi, bu oyni doʻstlaringiz bilan uchrashish, yaqinlaringizga mehr koʻrsatish va oʻz salomatligingizni tiklash uchun sarf eting.

 

Karyera

May oyida Baliq burji vakillari muhim qaror qabul qilmaganlari maʼqul. Odatiy ishlar bilan mashgʻul boʻling va atrofdagilar fikriga hadeb diqqat qaratavermang. Oy davomida oʻzingiz haqingizda koʻplab tanqidiy fikrlarni eshitishingiz mumkin. Ammo ularning barchasi kelgusidagi yutuqlaringiz uchun asos vazifasini oʻtab beradi.

Oy boshida katta haridlar qilish tavsiya etilmaydi. Ammo aynan shu paytda maoshingiz oshishi, kutilmagan joydan pul kelishi mumkin.

 

 

 

Munajjimlar bashorati: May oyida bizni nimalar kutmoqda?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar