Dunyodagi eng oʻzgacha koʻrinishdagi yaxtalar

Sizlarning eʼtiboringizga har bir inson bemalol oʻzining orzulari roʻyxatiga qoʻshib qoʻya oladigan bir necha mislsiz dizaynerlik yaxtalarini havola qilamiz!


Bu britaniyalik Yacht Island Designs kompaniyasi amalga oshirishni rejalashtirib qoʻygan yaxta loyihasi. Yaxtada VIP mehmonlar uchun lyuks toifasidagi toʻrt xona va yaxta egalari uchun vulqonning ichiga oʻrnatilgan misli ishonib boʻlmas hashamatli kayuta mavjud. Kinozal, kutubxona,oʻyinlar xonasi, trenajyor zali, sauna – bu yerda hamma narsa bor!

Asosiy palubada basseyn, mehmonlar uyi va ochiq havodagi bar ham joylashtirilgan. Vulqondan suv oqimlari toʻgʻridan-toʻgʻri basseynga kelib tushadi, gʻoyat qoyilmaqom sharshara hosil boʻladi.

Planet Solakompaniyasi oʻziga quyosh batareyasi oʻrnatilgan juda kamyob Turanor qayigʻini yaratdi. Bu dunyodagi eng katta qayiq-quyosh batareyasidir. Bu yaxtaning ogʻirligi 8,5 tonnaga teng. Quyosh energiyasini oʻzida toʻplaydigan ion-litiyli batareyalar tufayli ushbu qayiq uch sutkagacha bemalol harakatlanishi mumkin.


Adastra – bu 42 metrli yaxta. U Tinch okeani boʻylab sayohatlar uchun moʻljallangan. Zamonaviy yaxtada bor vazifalarning oʻziga hoslaridan biri Adastra kaliti vazifasi - uniIpad orqali boshqarish mumkinligidir. Bunday yaxtani qurib bitkazish uchun besh yildan ortiqroq vaqt kerak boʻldi. Uning qiymati 15 million AQSH dollaridan koʻproqqa tushdi.

Hozirgi paytda dunyodagi eng qimmat yaxta – qiymati 800 millionga AQSH dollariga teng boʻlgan Eclipse nomli yaxtadir. Uning egasi rossiyalik milliarder Roman Abramovich sanaladi. Yaxtaning ikkita vertolyotlar maydonchasi, 24 nafar mehmonlar uchun kayutalar, ikkita basseyn, bir necha jakuzilarva disko-zallari bor.
Shu bilan birga yaxtada uchta qayiqcha va 50 metr chuqurlikka shoʻngʻiy oladigan mini suv osti kemasi ham mavjud. Yaxtani boshqarish uchun tahminan 70 kishi kerak boʻladi.Uning uzunligi 164 metrni tashkil etadi.

X-Architects kompaniyasi suv ustidagi uyning oʻziga xos loyihasini yaratdi. Uning kattaligi 20 metrga 6,7 metr oʻlchamda. Uyning ustki palubasida oshxona, mehmonxona va ovqatlanish xonasi joylashgan. Pastki palubada yotoqxonalar, vannaxona va kema-uyni boshqarish kabinasi joylashtirilgan.Bu uyda shuningdek, solyariy sifatida foydalansa boʻladigan ayvon ham bor.

Unga vintsimon zinapoyadan chiqsa boʻladi. Interyer zamonaviy mebelli yumshoq pastel tuslarni ifoda etadi. Serhasham santexnika bu uyga eng zamonaviy va juda qulay muhitni bahshida qiladi. Kechki yoritish vositalari suvdagi bu uyni yanada jozibaliroq qiladi.


Yaxta Iguana 29 Amphibio suvdan koʻtarilib quruqlikda ham bemalol harakatlana oladigan yuqori tezlikka ega yaxtadir. Yaxtaning qurilmasida gʻildiraklari yoʻq, biroq bir juft surib chiqariladigan gusenitsalar koʻzda tutilgan. Shular yordamida u quruqlikda harakatlana oladi.

Alloy Yachts Vertigo 220 Super yacht arxitektor Philippe Brand tomonidan yaratilgan. Katta 67 metrli yelkanli yaxta burnining uchidan quyruq qismigacha juda serhasham koʻrinishga ega.

Oculus ‒ uzunligi 76 metrga teng kamyob va serhasham super-yaxta. Schopfer Yachts LLC kompaniyasining mutaxassisi Kevin Schopfer tomonidan ishlab chiqilgan bu yaxta ulkan okean baligʻining skeletini eslatadi
U futuristik dizaynga ega boʻlgan oʻzining eng zamonaviy kayutalarida 12 kishigacha joylashtirishi mumkin. Bu yerda vanna, omborxona, ikki qavatda joylashgan oshxona lift va yaxta egalari uchun lyuks toifadagi nomer joylashgan.

ORSOS Islands nemis kompaniyasi orol koʻrinishida boʻlgan hayratga soluvchi ulkan yaxta loyixasini ishlab chiqardi. 929 kvadrat metrga teng boʻlgan maydonda judamuhtasham xonalar, quyosh panellari, mehmonxona, oshxona va xatto kinozal ham joylashgan.Uning qiymati 4,6 million AQSH dollariga teng.

Hashamatli barchani yaratishga intilayotgan bu tashabbus suvda xaqiqiy shaharni aks ettiradi. Kaliforniyaning qirgʻoqlari yonida, Silikon vodiysidan atigi bir necha kilometr uzoqlikdagi bu shahar yosh mutaxassislar uchun yaratilgan. Unda yashash bir oyiga 1600 AQSH dollariga teng.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



