Sayohat

Ularning mavjud ekanligini tasavvur ham qilmagansiz: Fantastik daraxtlar reytingi

Ularning mavjud ekanligini tasavvur ham qilmagansiz: Fantastik daraxtlar reytingi

Agar siz“Avatar” filmini koʻrgan boʻlsangiz, shu filmdagi Pandora sayyorasining oʻrmonlaridagi manzalardan juda chuqur taasurotlarga choʻmganingiz tabiiy, albatta. Ammo, eng fantastik daraxtlarni koʻrish uchun galaktikalar aro sayohatga otlanishning umuman zarurati yoʻq.

Daraxtlar hayotimizning bir qismi. Ular bizni kislorod, yemish, uylar, issiqlik va qurilish materiallari bilan taʼminlaydi. Yer yuzida barcha tirik oʻsimliklarning toʻrtdan bir qismini oʻzi ichiga olgan holda tahminan 100 000 ga yaqin koʻrinishdagi daraxt turlari mavjud. Dunyo boʻylab milliardlab daraxtlarning ichida boshqalarga mutlaqo oʻxshamas namoyondalari ham bor.

Ularning mavjud ekanligini tasavvur ham qilmagansiz: Fantastik daraxtlar reytingi

Baobabning vatani Madagaskar oroli hisoblanadi, ammo u Afrikada va Avtsraliyada ham tarqalgan. Baobab daraxtlari Afrika qitʼasidagi hayotning eng qadimiy shakllaridan biridir. Bugungi kunga qadar turgan daraxtlarning koʻpchiligi rim imperiyasi davridan boʻyon oʻsib kelayotganiga bemalol kafolat bera olish mumkin. Nimaga deysizmi? Chunki baobab hayotining davomiyligi – oʻrtacha 5000 yil.   

Ajoyib baobab yoki “maymunlar non daraxti” 30 metr balandlikkacha va 11 metr kenglikkacha oʻsishi mumkin. Yilning asosiy qismida ular barglarsiz qoladi.  Baobabning oʻziga xosligi ularning “qorinli” tanasi. Bu tana ularda suv ombori vazifasini bajaradi. Babobab daraxti qurgʻoqchilikning oʻta ogʻir sharoitlarini kechib oʻtishi uchun oʻzining ichida 120000 litrgacha suvni sigʻdira oladi. Ayrim daraxtlarning tanalari shu darajada kattaki, ularning ichida odamlar ham yashaydilar.  

Adansoniya Grandide turidagi baobablarning eng goʻzal toʻplami Madagaskar orolidagi Morondava hududining baobab-avenyusida joylashgan. Ayrim baobablar butilka, koʻza, bosh suyak va xatto choynak shakliga ega boʻlishi mumkin.

Ularning mavjud ekanligini tasavvur ham qilmagansiz: Fantastik daraxtlar reytingi

Kanara orollarining biri – Tenerifeda, Ikod-de-los-Vinosda ajdar daraxti turining mislsiz va oʻziga xos vakili umr kechiradi. U tahminan 650 bilan 1500 ning oʻrtasidagi yoshda deb hisoblanadi, ammo mutaxassis ekspertlar aniq xulosa chiqarishga juda qiynaladilar, chunki uning bir dona ham poyasi yoʻq. U tepaga oʻsishi bilan biri-biriga ulangan kichik oʻzakchalardan iborat boʻlsa kerak.

U barglardan boʻlgan quyuq soyabonga ega va poʻstlogʻi yoki bargi kesilganida ajratiladigan yelim tufayli oʻz nomini olgan. Aholi buni ajdarning qurib qolgan qoni deb xisoblaydi va qadimiy zamonlardan turli kasalliklarni davolash uchun undan foydalanadi.

Ularning mavjud ekanligini tasavvur ham qilmagansiz: Fantastik daraxtlar reytingi

Kaliforniyadagi Sierra-Nevadada oʻsadigan ulkan sekvoyya daraxtlari hajmi jihatidan eng katta daraxtlar hisoblanadi. Ular orasidagi eng kattasi Milliy bogʻdagi “General Sherman”daraxtidir. Uning balandigi 83 metrga yetadi, hajmi 1486 kub metr, ogʻirligi esa 6000 tonna. Tahmin qilinishicha daraxtning yoshi 2300 dan 2700 gacha va har yili u oddiy 18 metrli daraxt ega boʻlgan hajmga koʻpayadi. Uxaqiqiy tabiat durdonasi va Yer yuzidagi eng ulkan tirik organizmdir.

 

Ularning mavjud ekanligini tasavvur ham qilmagansiz: Fantastik daraxtlar reytingi

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Yuta shtatitda joylashgan Pando yoki Qaltiraydigan Gigant Yuta shtatining 100 akr (25 gektar) joyiga tarqalgan togʻteraklarning quyuq koloniyasini namoyon qiladi. Bu koloniyaning deyarli hamma darahtlari bir xil, yaʼni ular biri-birining klonlardir. Bu hududdagi har bir daraxt ulkan yerosti ildizlar tizimining qismi boʻlib yagona bir organizmdan oʻsib keladi.

Pando 47000 poyadan iborat, uning umumiy ogʻirligi esa 6600 tonnaga teng. Bu uni dunyodagi eng vazni ogʻir organizm sifatida tanitadi. Ayrim alohida oʻzaklarning yoshi 130 da boʻlishiga qaramay, butun organizmning yoshi tahminan 80 000 yil atrofida.

Ularning mavjud ekanligini tasavvur ham qilmagansiz: Fantastik daraxtlar reytingi

Tule daraxti – bu Meksikaning Oaxaka shahrida joylashgan Meksika Taksodiumi turidagi juda yirik daraxt. Bu daraxt poyasining qulochi 58 metrga, diametri esa 11,5 metrga teng. Aytishlaricha Tule daraxti shu qadar yoʻgʻonki, siz uni emas u sizni quchoqlar emish. Bu daraxtning yoshi oʻrtacha 2000 yoshda deb hisoblanadi. Bir vaqtlar niyati buzuqlar bu yerda aslida 3 ta daraxt niqob ostida yashiringan deb qatʼiy fikr bildirar edi. 

Ammo, DNKning puxta analizi aslida bu bir dona ajoyib oʻziga xos daraxt ekanligini tasdiqladi.1994 yilda bu daraxt xavf ostida qolgan edi: uning barglari kasalmand sariq tusga kirib shox-shabbalar orasida qurib qolgan shoxlar uchrardi. Daraxt asta-sekin oʻla boshlagandi. Daraxt uchun “shifokorlar” chaqirtirilganida Tule daraxti jabrlanishining sababchisi boʻlgan muammo – bu oddiy tashnalik boʻlib chiqdi. Daraxt shunchaki chanqagan ekan. Uni suv yordamida davolash kerak ekanligi aniqladi. Daraxtni sugʻorib parvarishlash  jarayonlaridan keyin u hayotga qaytdi, albatta.

Ularning mavjud ekanligini tasavvur ham qilmagansiz: Fantastik daraxtlar reytingi

Bahrayndagi hayot daraxti – bu dunyodagi eng yolgʻiz daraxt. Meskit daraxti Bahrayn choʻlining eng yuqori choʻqqisida, boshqa choʻl daraxtlaridan yuzlab kilometrlar uzoqlikda joylashgan. Uning ildizlari tuproqning suvli qatlamlarga yetishi uchun bir necha oʻnlab kilometrlargacha choʻzilib ketgan deb hisoblanadi. Daraxtning aniq yoshi nomaʼlum,biroq, chamasi 400 yoshda deb tahmin qilib kelinadi.

Biroq, hayot daraxtining siri uning sezilarli darajadagi yirikligi yoki juda goʻzal shaklida emas. Eng qizigʻi u Bahraynning eng baland nuqtasi – suv yoki namlikning umuman asari ham boʻlmagan oʻta unumsiz choʻldagi tepalikda joylashgan. Hech narsa tirik qola olmaydiganday tuyuladigan joyda bu daraxt hayotning oʻzini aks ettirib turganday. Odamlar bu yerga ommaviy tashrif buyuradilar, chunki mahalliy aholi bu daraxtni Jannat bogʻining oʻrnida oʻsadi deb hisoblaydi.

Ularning mavjud ekanligini tasavvur ham qilmagansiz: Fantastik daraxtlar reytingi

Oʻzining yagonaligi va goʻzallgigiga qaramay Vollemiyaning qiziqarli jihatlari uning tashqi koʻrinishi emas tarixida yashiringan.

Avtraliyada oʻsuvchi Vollemiya xaqiqiy dinozavr davrlari oʻsimligi hisoblanadi. Qazilma ishlarida Vollemiya daraxtining topilgan eng qadimiy qoldiqlari bunday daraxt tahminan 200 million yillar avval mavjud boʻlganidan xabardor qilgan. Biroq 1944 yilda olimlar toʻsatdan tirik Vollemiya daraxtiga duch kelganlarida ular hang-mang boʻlib qolgan.

Bu ignabargli daraxtlarning aniq joylashgan yeri tirishqoqlik bilan ommadan yashirib kelingan. Bundan maqsad tabiatda atigi 100 donadan ham kamroq qolgan daraxtlarni himoya qilish boʻlgan. Bu daraxtni tamomila yer yuzidan yoʻq boʻlib ketishini oldini olish uchun 2006 yilda keng omma Volemiyaning koʻchatlarini sotib olib oʻstirishni ragʻbatlantiruvchi maxsus dastur ishlab chiqilgan. Natijada bugungi kunda Vollemiyani dunyoning turli joylaridagi botanik bogʻlarida koʻrish mumkin.

Ularning mavjud ekanligini tasavvur ham qilmagansiz: Fantastik daraxtlar reytingi

Bu Braziliyaning Natal shahri yonida joylashgan mashhur 177-yoshli keshyu yongʻogʻi daraxtidir. U deyarli 2 gektar erniegallagan. U 1888 yilda daraxtning genetik mutatsiyasi boʻlganidan bexabar baliqchi tomonidan ekilgan. Keshyu daraxtining oddiy turidan Piranji keshyu daraxtining farqi – uning shoxi yerga tekkan joyidan ildiz otib oʻsishni davom ettirib ketaveradi. Bugungi kunda bu daraxt turistlar uchun juda ajoyib diqqatga sazovor joy boʻlib xizmat qiladi. 

Agar siz dunyodagi eng yirik daraxtning yoniga yaqinlashsangiz, oʻzingizni goʻyo oʻrmonga kirib borayotganday his etasiz. Aslida esa buning hammasi atigi bir daraxt. Uning kattaligi 8400 kvadrat metrga yetadi. Bu daraxt oddiy keshyu daraxtidan 80 barobar kattaroq, bitta futbol maydonidan ham koʻproq joyni egallaydi va yiliga 80000 donaga yaqin hosil beradi.

Ularning mavjud ekanligini tasavvur ham qilmagansiz: Fantastik daraxtlar reytingi

Tenere daraxti bu roʻyxatga kiritilishining boisi shundaki u endi umuman yoʻq. Afrika qitʼasi, Nigeriyada, Saxara sahrosida 300 yildan buyon oʻsib kelayotgan yolgʻiz akas daraxti yaqin atrofdagi 400 kilometr radiusidagi yakkayu yagona daraxt edi. U shafqatsiz sahro yutib ketgan ulkan oʻrmondan qolgan yakkayu yagona daraxt edi.

Olimlar uning yonida chuqur kavlab koʻrishganida, uning ildizi 36 metrgacha va undan ham chuqurroq joyga yetib borishidan xabar topgan edilar. 1973 yilda Tenere daraxtini kayf holatdagi haydovchi oʻzi boshqarib ketayotgan yuk mashinasi bilan daraxtni urib yuborgan. Shuning uchun ham bu yerda Yolgʻiz umr kechirgan Tenere daraxtining xotirasiga metalldan yodgorlik oʻrnatilgan.

Ularning mavjud ekanligini tasavvur ham qilmagansiz: Fantastik daraxtlar reytingi

Banyan daraxtining nomi banyanlar, yaʼni hind savdogarlari sharafiga qoʻyilgan. Bu savdogarlar oʻz maxsulotlarini shu daraxtning tagida oʻtirgan holda sotib oʻtirishgan. Banyan daraxti toʻgʻrisida hech qachon eshitmagan boʻlsangiz ham uning tanisangiz kerak. Bu oʻta ulkan daraxtning shaklini boshqa hech bir narsabilan adashtirib boʻlmaydi: u havodagi ildizlari yerga osilib tushadigan dabdabali qubba shaklida.  

Banyanning eng mashhur turlaridan biri muqaddasi fikus yoki Bo daraxti – bu Shri Lankadagi Anuradxapurada Maxabodxi daraxtidir. Aytishlaricha, bu daraxt Budda eramizdan avval 6 asrda maʼrifatga erishgan paytida soya sochib turgan daraxtning qaamchasidan oʻstirilgan emish. Eramizdan avval 288 yilda ekilgan boʻlib, uhozirgi kundagi inson oʻz qoʻllari bilan ekkan va ekilishining sanasi maʼlum boʻlgan dunyodagi eng qadimiy daraxt hisoblanadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar