Tillar qiroli boʻlmish ingliz tilining qiziqarli tarixi va u haqida siz bilmagan maʼlumotlar

Agar siz bu toʻgʻrisida, yaʼni ingliz tili haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlishni xohlasangiz quyidagi maqolada ingliz tili imlosining qoidalari, soʻz turkumlari va boshqa yana koʻp narsalar toʻgʻrisida maʼlumotlarni topasiz.

Ushbu ikki malakatning oʻrtasida hanuzgacha jamiyat uchun tushunarsiz boʻlib kelayotgan til munosabatlari shakllangan. Ular orasidagi nizolar allaqachonlardan beri vujudga kelgan. Har bir mamlakat bu tilga oʻzi tomondan yangiliklar kiritishga harakat qiladi. Amerikaning yosh avlodiga taniqli boʻlgan Noa Uebster lugʻatning oʻzi kashf etgan variantini oʻrganishni taklif qilgan.
Shunday payt ham boʻlganki bu tilda gapirish taqiqlangan. Bunday qonun 1969 yilda AQSHning Illinoys shtatida chiqqan. Ularning rasmiy tili amerika tili deb tan olingan. Birinchi qarashda ularning orasida hech qanday farq ham yoʻqday tuyuladi, ammo aslida esa ingliz tilining 24 shevasi mavjud. Bu turli asarlarning mualliflari boʻlgan yozuvchilar uchun mislsiz qiyinchiliklar tugʻdiradi. Mana, masalan mashhur qahramon Garri Potter toʻgʻrisidagi kitob. Uni butun Amerika aholisi bemalol oʻqiy olishi uchun ingliz tilidan Amerikacha ingliz tiliga tarjima qilishga toʻgʻri kelgan.

Juda qiziqarli fakt aniqlangan! Lugʻatda eng koʻp uchraydigan harf - E, eng kam uchraydigani esa - Q.
Amerikadagi ingliz tili bilan bevosita tanish boʻlganlar bir hil harflar turli talaffuz qilinishi mumkinligini juda yaxshi biladi. Hammasi gap va uning intonatsiyasiga bogʻliq. Gapdagi bitta harf bir necha xarf birikmalariga ega boʻlishi mumkin.
Ingiz tilini lugʻatining interpretatsiyasida yana bir harf boʻlgan. Bu oʻziga hos “&” ishorasi ham soʻzlarda uchrab turgan. Uning hozir boʻlishi soʻzning maʼnosini zarracha oʻzgartirmagan, shuning uchun ham bugungi kunda bu harf ingziz tilidagi soʻzlardan chiqib ketgan boʻlsa kerak.

Deryali har bir tilda oʻzining talaffuzi, imlo qoidalari va jaranglashi bilan ajralib turadigan soʻzlari bor. Ingliz tili ham bundan mustasno emas. Keling bir necha misolni koʻrib chiqaylik: rhythms soʻzining tarjimasi - ritmlar. Bu soʻzda birorta ham unli harf yoʻq va u ingliz tilida bu tarzdagi eng uzun soʻz deb hisoblanadi.
Indivisibiliti –bu birlik. Eʼtibor bergan boʻlsangiz (i) unli harfi bu soʻzda 7 marta uchraydi. Bu soʻz ingliz tili uchun eng oddiy soʻzlardan bittasi.
Keyingi soʻz -set. Birinchi qarashda mittigina boʻlib koʻringan bu soʻz feʼl uchun 44 xil, ot uchun 17 xil va sifat uchun 7 xil maʼnoga ega. Bu hali hammasi emas! Ushbu soʻz talaffuzining juda koʻp variantlari mavjud. Bu soʻzning xilma-xilligi tarjimani qiyinlashtiradi, shuning uchun ham soʻzning talaffuzi bilan butun gapning maʼnosiga chuqur eʼtibor berish kerak.
Ingliz tilida eng uzun soʻz hisoblanadigan soʻz ham mavjud - bu Pneumonoultramicroscopicsilicovolcanoconiosis. Bu soʻz ingliz tilida haqiqatdan ham ishlatilishiga ishonish qiyin. U kasallikni va uning nomlanishini anglatuvchi gap sifatida tarjima qilinadi. Xatto oddiy lugʻatda ham tasavvufli holatlar uchrab turadi. Uzoq 1932 yildan 1940 yilga qadar dord – sharpa soʻz mavjud boʻlgan.Uning hech qanday maʼnosi boʻlmagan, chunki u anglashilmovchilik natijasida lugʻatga qoʻshilib qolgan.

Tez aytish oʻyini nafaqat boshqa tillarda, ingliz tilida ham uning oʻziga yarasha oʻrni bor. Masalan ularning biri – The sixth sick sheikʼs sixth sheepʼs sick.
Harflarni yaxshilab oʻrganish uchun ingliz tilining barcha harflari hozir boʻlgan gap ham mavjud.
“I am” bilan “Ido” soʻz iboralarini deyarli har bir maktab oʻquvchisi biladi. Bu iboralar eng qisqa gaplar.
Eng uzun gapga kelsak, uning tarkibida 13 955 nafar soʻz bor.

Ingliz tilining dunyoga kelish tarixi oʻz ildizlari bilan Germaniya tomonga qarab ketadi. Oʻrta asrlarda Germaniyaning qabilalari qachonlardir rimliklar tomonidan oʻzlashtirilib olingan Britaniya yeriga bostirib kirgan va muloqot davomida yangi tushunarsiz til vujudga kelgan. Qadimiy ingliz tili hozirgisidan farq qiladi. Masalan: “bride” soʻzining tarjimasi "kelin", qadimiy tilda esa bu yegulik tayyorlash jarayonining anglatgan.
Oʻsha davrlardan buyon koʻp soʻzlar oʻzgatirilgan, soʻzlarning nafaqat jaranglashi-yu maʼnosi, imlo yoidalari ham oʻzgarib ketgan. Yana shunisi maʼlumki, 15 asrga qadar bu tilda tinish belgilari umuman boʻlmagan.

Ingliz tilini sevuvchilarning koʻpchiligi bu til soddaligi va kundalik hayotiyligi tufayli juda ommalashib ketganligi toʻgʻrisidagi nazariyani doim taʼkidlaydilar. Biroq bu nazariya rad qilinishiga loyiq. Oʻzingiz tasavvur qilib koʻring – aynan shu tilda tahminan 800 mingdan ortiq soʻz bor. Nafaqat soʻzlar, balki sinonim qatorlari ham oʻzining talaffuz etilishi bilan juda boy. Masalan: “drunk” soʻzining tarjimasi "mast" maʼnosini beradi, bu oddiy soʻzning 2241 sinonimi mavjud, bu juda katta son. Bu rekord xatto Ginnes rekordlar kitobiga ham kiritilgan. Bunaqasini boshqa birorta tilda ham topa olmasligingiz aniq.
Ingliz tili birjoyda turib qolgani yoʻq, u doimo yangi soʻzlar bilan yangilanib boryapti. Bu ham tilni yaxshiroq oʻrganib olish uchun juda zarur.
Yuqorida keltirilgan faktlarga asoslanib shunday xulosa chiqarish mumkinki, bu til hali juda uzoq yillar (ehtimol asrlar) davomida insoniyat muloqot uchun foydalanib kelayotgan tillarning tojdori boʻlib qoladi. Uni oʻrganish tinmay rivojlanishga tayyor barcha talabalar, oʻquvchilar va oddiy odamlarning asosiy maqsadi boʻlib boradi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



