Qiziqarli

Hayratdan yoqangizni ushlab qolasiz: 5 nafar eng gʻalati davlat chegaralari

Hayratdan yoqangizni ushlab qolasiz: 5 nafar eng gʻalati davlat chegaralari

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Texas shtati va Meksika davlati oʻrtasidagi devorni 2008 yilda kichik Djordj Bush prezidentligi davrida barpo etilgan. Maqsad aniq: noqonuniy migrantlarning sonini keskin kamaytirish va narkotraffik uchun “kislorodni toʻsib qoʻyish”. Chegaraning yonginasida doimiy yashab kelayotgan amerikalik fermerlar uchun bu yangilik juda katta va uzoq kutilgan yengillik boʻlishi kerak edi, chunki ular haqiqatdan ham tinmay u yoqdan bu yoqqa qatnaydigan narkosavdogarlar va narkokartellar oʻrtasidagi gohida roʻy beradigan otishmalardan allaqachon bezillab toʻyib ketgan edi. 

Hayratdan yoqangizni ushlab qolasiz: 5 nafar eng gʻalati davlat chegaralari

Ammo, bir kichik noxush vaziyat vujudga kelib qoldi: devor barpo etilishi natijasida amerikalik fermerlar devorning narigi tarafida, yaʼni Meksikada qolib ketdilar.

 

Buqanday roʻy bergani aniq emas, ammo devorni haqiqiy chegaradan bir milya uzoqlikda qurib oʻtkazildi. Shuning uchun ham ayrim joylarda u hech bir narsada aybi yoʻq yer egalarining xususiy mulki ustidan oʻtib ketdi. Oʻzining ota-bobosidan qolgan, tugʻilib oʻsgan tyerida birdan baland toʻsiq oʻsib chiqib unda “YAQINLASHMA!” yozuvi paydo boʻlgan odamning koʻzidagi dahshatni bir tasavvur qilib koʻring! 

Endi bu amerikaliklar ishga borishi yoki ulfatlari bilan barda birpas oʻtirishi uchunhar safar davlat chegarasini kesib oʻtishlari kerak. Bir fermer oʻziningdalasidan oʻz omborxonasiga ketayotgan paytida har safar chegara tekshiruvidan oʻtishga majbur boʻlayotganidan nolib tinmay arz qilib kelyapti.

 

Texas universitetlarining biri ham ikki qismga “kesilib” ajratilib ketdi. Bu yerda ham studentlar leksiyadan leksiyaga chegara orqali yugurib yuribdilar.

Anklav bu bir mamlakatning bir qismi boshqa bir mamlakatning ichida oʻziga xos “dengizdagi orolcha” kabi kirib qolgan joyga nisbatan ataladigan iboraligidan xabaringiz boʻlsa kerak, albatta. Juda kamhollarda anklavning ichida yana bir “orolcha” paydo boʻlib ikkinchi tartibdagi anklav deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda birinchi anklav bu teshik kulcha,ikkinchi anklav esa teshik kulchaning teshigi koʻrinishini eslatadi. 

Hayratdan yoqangizni ushlab qolasiz: 5 nafar eng gʻalati davlat chegaralari

Agar siz oʻz mamlakatingizning shunday “teshik kulcha”ning ichida joylashgan qismiga borishingiz kerak boʻlsa, unda ikkita chegarani kesib oʻtishingizga toʻgʻri keladi.

 

Endi siz oʻzingizni Hindistonning Daxala Kagrabari oʻlkasida yashayotganday tasavvur qiling. U Bangladesh hududining “teshik kulchasi” bilan oʻralgan, bu “teshikkulcha” esa Hindiston hududining qurshovida va shuning hammasi Bangladesh hududida joylashgan. Agar ushbu joylanishni koʻndalangiga kesib oʻtish zarurati paydo boʻlib qolsa siz dastlab Hindistonga, keyin Bangladeshga, keyin yana Hindiston, Bangladesh, Hindiston, Bangladesh, Hindiston, Bangladeshga oʻtasiz.

Umuman aytganda bu ikki davlatlar hududida chamasi 160 taga yaqin anklavlar joylashgan, lekin bunaqa koʻp tarkibli anklav bittayu bitta. Bu urushlarning uzun tarixidan keyin tinchlik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolanishi natijasida vujudga kelgan. Uzoq davom etadigan muzokaralar bilan behuda tortishuvlarni choʻzib oʻtirmaslik maqsadida tomonlar shartnoma imzolanish paytiga vujudga kelib qolgan chegaralarni, biri biridan yulib olishga erisha olgan yerlarning eng kichik boʻlakchalarigacha hisobga olgan holda “muzlatib” qoʻyishga kelishishgan.   

Chetdan qaralganda bu juda kulgili boʻlib koʻrinishi mumkin, ammo u yerda yashovchi aholining koʻngliga umuman hazil sigʻmaydi. Ularning har biri oʻzlarining mittigina kulcha non shaklidagi hududida jazolanishga maxkum etilganlarday botib qolgan joylaridan chiqib ketishlari juda murakkab jarayon. Masalan, Hindiston fuqarolari “katta” Hindistonga oʻzlarining qarindoshlarini koʻrib kelishlari uchun Bangladesh hududini kesib oʻtishlari kerak. Demak, tabiiyki ularga pasport kerak boʻladi. Pasport esa faqat “katta” Hindistonda beriladi.  

Boshqacha qilib aytganda, ular qandaydir yoʻl tutib Bangladesh hududini kesib oʻtishlari kerak. Buning ustiga bir emas, ikki marta. Shuning uchun ham bu yer hamon yopiq doira boʻlib qolyapti.

Oʻz davlatining fuqarolarini eng zaruriy narsalar bilan taʼminlash borasida huddi shunday azob-uqubatlarga Hindiston davlati ham doimo duch kelmoqda. Umuman olganda hamma narsa shu azob-uqubatlar bilangina cheklanib qolmoqda.   Shuning uchun ham Daxala Kagrabari oʻlkasining aholisi hozirgi paytgacha elektr quvvatisiz yashab keladi va aslini olganda Tosh asrida qotib qolgan. Biroq, u yaxshigina qoʻriqlanadi.

Shimoliy Koreya— gʻalati tushunchalarga boy mamlakat. Bu hamma narsada namoyon boʻladi. Chegara ham bundan mustasno emas.

Hayratdan yoqangizni ushlab qolasiz: 5 nafar eng gʻalati davlat chegaralari

Shimoliy va Janubiy Koreyaning chegarasini “demilitarizatsiyalangan hudud” deb atashadi. Uning butun hududi boʻylab ikkala tomondan ham deyarli ikki million harbiylar doimo shay holatda jamlangan. Koreyadagi urush rasmiy jihatdan tamom boʻlmagan deb hisoblanishi tufayli chegarani kesib oʻtish uchun hech kimga ruxsat berilmagan. Hech qachon!  Hech qanday baxonalarga koʻra ushbu qoidani buzishga ruhsat berilmagan. Xatto prezidentlarga ham!

 

Hech kim hech kimni pishiriqlar bilan “bir piyola choyxoʻrlik”ka taklif eta olmagan vaziyatda qanday boʻlmasin muzokaralar olib borishning juda murakkab jarayon. Shu oʻrinda koreyslar vaziyatdan chiqishning juda gʻalati yoʻlini topishgan.

 

Ular chegaraning oʻzidayoq konferensiya-zalni qurganlar. Shu oʻrinda muzokaralar stolining bir qismi Shimoliy Koreya hududida, ikkinchi yarmi esa Janubiy Koreya hududida joylashgan. Yaʼni tomonlar muzokaralarni oʻz mamlakatlari hududlarini tashlab chiqib ketmagan holda olib borishlari mumkin.Bu konferensiya zali har doim harbiylar bilan toʻla. 

Ular bir-biridan bir soniyaga ham koʻzlarini uzmaydilar. Kunduz kuni ham, kechqurun ham!  Xatto hech qanday muzokaralar olib borilmagan paytlarda bu erda keskin yoki shubhali harakat qilib boʻlmaydi, bu juda ham xavfli hisoblanadi.

Hindiston va Pokiston - bir-biri bilan har bir arzimas bahona tufayli behuda tortishuvga shu darajada oʻrganib qolgan qaysar va urushqoq aka-ukalarga oʻxshaydiki, tortishuv predmetining ahamiyati ham shart emas, faqat qoʻshnining nishonga olingan asablariga yaxshigina tegib ketsa boʻlgani.

Hayratdan yoqangizni ushlab qolasiz: 5 nafar eng gʻalati davlat chegaralari

Bunday eng qizgʻin tortishuvlardan biri Siachen muzligi kimga tegishli ekanligi ustida alanga olib ketdi. Bu aqli joyida boʻlgan birorta ham mamlakat hech qachon sotib olishga rozi boʻlmasligi aniq va mutlaqo befoyda boʻlgan ulkan muz boʻlagi.

Hayratdan yoqangizni ushlab qolasiz: 5 nafar eng gʻalati davlat chegaralari

Muammo shundaki, Hindiston bilan Pokiston oʻrtasida chegara oʻrnatilayotgan paytda ushbu chegara Siachen muzligi uzra qanday oʻtishi kerakligini hujjatlarda rasman belgilab qoʻyish hech kimning hayoliga ham kelmagan, chunki bu muzlik dengiz sathidan 4800 metr balandlikda joylashgan halokat tuzogʻidir. Unga kim ham yaqinlashishni istar edi?

Shuning uchun ham bir qarorga kelishildi, Hindiston shu yerdan tugaydi, Pokiston esa befoyda boʻsh yotgan yerning qandaydir nomaʼlum nuqtasidan boshlanadi. Bu masala uzoq vaqt hech kimni bezovta ham qilmagan edi. 1984 yilda esa Pokiston muzlikni oʻrganish uchun oʻz odamlarini joʻnatgan. Hindiston esa huddi boshqa birovga kerak boʻlib qolmaguniga qadar oʻyinchoqqa eʼtibor bermay yurgan yosh boladay taʼsirlanganedi. U darhol bu muzlikni oʻz hududi deb eʼlon qilib yubordi. Shu tariqa insoniyat tarixidagi eng bemaʼni urushlardan biri boshlanib ketdi.

Hind askarlarining polki havodan Siachen muzligiga joʻnatilgandi va uning aksariyat qismi Hindistonning nazoratida boʻlib qoldi. Pokiston bir necha marta bumuzlikni oʻziga tortib olishga uringan, ammo sayi-harakatlar behuda ketgan.

 

Shunday qilib, Siachen muzligi shu kunga qadar sayyoramizdagi eng baland jang maydoni va eng halokatli joy boʻlib qolmoqda – u yerda muzlikning oʻzidan xalok boʻlish ehtimoli otilgan oʻqdan xalok boʻlish ehtimolidan bir necha oʻn borobar yuqoriroq. Hindistonliklar xatto muzlikda joylashgan qoʻshinlarni eng zarur narsalar bilan taʼminlash uchun maxsus vertolyotni ham qurdirganlar. Bu yerdagi havoning tarkibi shu darajada nafas olish uchun yaroqsizdir.

Chegara aynan Siachen muzligida ustida oʻrnatilishining nimasi muhim? Ishoning, hech narsasi! Bundan tashqari, agar qay bir tomon bu beʼmani mojaroni tugatish tashabbusini birinchi boʻlib ilgari sursa, bu uning ramziy magʻlubiyati va raqibning gʻalabasi boʻlar emish. Bir-biriga qarama-qarshi boʻlib tortishayotgan taraflarning har biri oʻz fuqarolarini istaganicha ayozda muzlatishi mumkin, faqat muzlikdan voz kechib “sharmanda” boʻlmasa boʻldi.

 

Anklav - “kulcha non”li hikoya esingizdami? Barle-Xertog shahri undan ham oʻtib tushadi.

Birinchi qarashda bu Belgiyaga tegishli kichgina va sokin shaharcha. Unda hech qanday gʻayrioddiy narsa yoʻqday goʻyo, ammo shu vaqtning oʻzidayoq u Gollandiyaning ham kichkina va sokin shaharchasidir.  

Hayratdan yoqangizni ushlab qolasiz: 5 nafar eng gʻalati davlat chegaralari

 

Bu shaharcha turli shakl va kattalikdagi 24 hududga boʻlingan. Bu aqlsizlik Oʻrta asrlarda boshlangan. Mahalliy feodallar qimordagi yutqizishni toʻlash maqsadida pulning oʻrniga oʻzlariga tegishli yer hududlarining maʼlum qismlarini tikish odatini kiritganlar. Natijada chegara endi nafaqat koʻchalar va mavzelarni kesib ikkiga boʻladi, balki bitta binoning alohida xonalari ham boshqa boshqa davlatlarga tegishli boʻlib qolgan.

 

Masalan, kafeda ayrim stollar Belgiya hududida, boshqalari esa Gollandiya hududida. Gollandiyaning qonunlari boʻyicha restoranlar nisbatan ertaroq yopilishi tufayli bu yerga tashrif buyurgan va oʻtirishni davom etishni istaganlar maʼlum vaqtda chegarani kesib oʻtib Belgiya hududidagi stollar atrofiga oʻtirib oladilar.

 

Hayratdan yoqangizni ushlab qolasiz: 5 nafar eng gʻalati davlat chegaralari

Bundan tashqari, masalan, bu mamlakatlarda tezlik turlicha chegaralangan, bu esa bir daqiqada chergarani bir necha marta kesib oʻtish paytida juda ham qulay emas, albatta.

Bir korruptsiyalashgan bank chegaraning oʻzidagi binoda joylashib olgan. Belgiyaning soliq xizmati ostonadan oʻta olmagan, chunki bankka kirish Gollandiya hududida boʻlgan, Gollandiya hukumati esa bankning saqlash xonalariga kira olmagan. Chunki u Belgiya hududida boʻlgan.Ular shu tarzda, toki bir aqlli masalahatga quloq solib, masala yechimini topa olmagunlariga qadar juda uzoq azob chekkan.

Maslahat esa oddiy edi - ularga “sayi-xarakatlaringizni hamkorlikda amalga oshiring” deb aytilgan xolos.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar