Avto

Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar

Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar

“Dyuymovochka” laqabli ot Ginness rekordlari  kitobining maʼlumotiga koʻra dunyodagi eng kichik ot sanaladi. Uning boʻyi atigi 44,5 santimetrni, ogʻirligi esa 26 kilogramni tashkil etadi. Bu jonivor 2001 yilda AQSHning Missuri shtatida, Sent Luis shahrida dunyoga keldi va 2006 yilda rekordsmen unvoniga ega boʻldi. 

Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar
Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar
Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar

“Dyuymovochka” Amerika Qoʻshma Shtatlari boʻylab turneda ishtirok etadi – bolalar bogʻchalari, kasalxonalar va maktablarga olib boriladi. Haqiqiy yulduzday uning hamma narsasi doimo uning yonida – uning shahsiy yotoqxonasi va alohida ajratilgan avtomobili bor.

 

Moʻjiza Milli (Miracle Milly) laqabli mitti chixuaxua Ginnes rekordlar kitobiga dunyodagi eng mitti it sifatida kiritildi. Hech boʻlmaganda uning 9 santimetru 6 millimetrga teng boʻyini hisobga olinganda bu xaqiqatdan ham shunday. Millining balandligi oddiy konserva bankasidan ham kichikroq. Biroq uning egalariga buosonlik tugʻdirayotgani yoʻq, aksincha, bunday mittivoyni parvarishlash bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. 

Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar
Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar
Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar

Koʻpincha ularning sevimli yoqimtoyi sayr paytida oʻtning ichida yoʻqolib qoladi. Milli allaqachon katta yoshiga yetgan, ammo uning ogʻirligi atigi 400 grammni tashkil qiladi.Uni suratga olishayotgan paytda u tilini chiqarib koʻsatib turishni yaxshi koʻradi. 

2014 yilning 21 iyun kuni Ginness rekordlar kitobining vakillari laqabi Manikyam (Manikyam) boʻlgan olti yoshli sigirni dunyodagi eng kichik (boʻyi past) sigir deb tan oldilar. Uning boʻyi atigi 61,1 santimetr. Manikyam 69,07 santimetr boʻlgan avvalgi rekordni ortda qoldirdi. Dunyodagi eng kichik sigir Hindistonning janubidagi Kerala shtatida, Atoli shaharchasida istiqomat qiladi. Uning egasi fermer va ekolog Manikyamni tugʻilganidan beri parvarish qiladi. 

Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar

Manikyamni barcha boshqa mollar bilan bir qatorda oziqlantirilishiga qaramay  juda ham kichik boʻlib qolaverdi. Mol egasi uning oʻziga xos noyob jihatini tushunib bu ajoyib sigirga alohida eʼtibor qarata boshladi. Fermerning soʻzlariga qaraganda u oilasining aʼzosiga aylanib qoldi. Sigir oʻz laqabiga javoban darrov oʻgirilib qaraydi, juda aqlli va yoqimtoy.

Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar

 Atoli shahrida Manikyam mashhur boʻlib ketdi, hamma uni mehmon qilgisi va u bilan suratga tushishni xohlaydi. Ginness rekordlari kitobida dunyodagi eng kichik bu sigir qanday tur vakili ekanligi koʻrsatilmagan, biroq uning koʻrinishicha Vejur turiningvakili boʻlishi gumon qilinib kelmoqda.

Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar

Ayiqlar borasida shunisi qiziqki, dunyoda atigi sakkiz tur ayiqlar mavjud, ularning ichida eng kichigi esa Malay ayigʻi yoki Biruang. Ularni Janubiy Xitoydan sharqiy Hindiston va Indoneziyagacha boʻlgan kattagina hududda uchratish mumkin. Malay ayigʻi erkagining oʻrtacha boʻyi (ular urgʻochisidan sal balandroq) tahminan 1,3 metrga teng, ogʻirligi esa 70 kilogramm atrofida. Oʻzining ihchamligi va yengil vazni, ichkariga bukilgan oyoqlariva uzun tirnoqlari tufayli Biruanglar bemalol daraxtlarda harakatlana oladi va koʻp hollarda daraxtlarning shoxlarida dam oladi. 

Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar

Ular shu bilan birga qoyalarda ham chirmashib juda yaxshi harakatlana oladi. Ayiqlarning boshqa turlaridan farqli ravishda May ayiqlarining tillari oʻta uzunligi bilan ajralib turadi. Biruanglarga uzun tili daraxtlarning chuqur yoriqlaridan hasharotlarni chiqarib olish va ari uyalaridagi asalga yetishish imkonini beradi.

Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar

Dunyodagi eng kichik maymun - Mitti oʻynoqi martishka. Uning rasmiy nomlanishi — Cebuella pygmaea. Bu mittivoylarning kattaligi 11 — 15 santimetr atrofida tebranadi, shuning uchun ham oddiy halqorasida ularni “barmoq maymunlari” deb ataladi. Ular haqiqatdan ham inson barmogʻidan sal kattaroq. Boshqa maymunlardan bularning farqi dumidagi qora halqalari va tumshugʻidagi maxsus belgilari – moʻylov shaklidagi oq chiziqlarining borligi.

Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar

Dumining uzunligi martishka tanasining uzunligidan kattaroq va 17,2 – 22,9 santimetrlar atrofida. Turli jinsdagi hayvonlarning tashqi koʻrinishlarida deyarli farq yoʻq, agar urgʻochilari sal kattaroq boʻlishi hisobga olinmasa!

Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar
Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar

 

“Liliput” laqabli mushuk 2013 yilning 19 iyul kuni yangi jahon rekordini oʻrnatdi. Uning balandligi 13,34 santimetr. U AQSHning Kaliforniya shtati, Napa shahrida yashaydi.

Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar

Pensilvaniya toshbaqasi — juda ham qiziq mavjudot. U atigi 10 santimetr uzunlikkacha katta boʻladi. Bu mittivoy Amerikaning sharqiy qismida istiqomat qiladi va koʻllar bilan daryolarda, shuningdek, oqova suvli quyuq oʻsimliklarga ega koʻrfazlarni afzal koʻradi. 

Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar

Uning “zirhli tomi” juda mukammal moslamasi -Kinosternon subrubrum harakatlanuvchi kosasiga ega. Boshi qoʻngʻir rangda, sariq chiziqlar va notoʻgʻri shakldagi dogʻlar bilan qoplangan. Oyoqlari bilan dumi xira qoʻngʻir rangda.

Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar

Akulalarning eng kichik turlaridan biri – Janubiy Afrikaning issiq qirgʻoq oldi suvlarda istiqomat qiladigan Mitti tikanak akuladir. Oʻzining kattaligidan tashqari (u hayoti davomida faqat 25 santimetrgacha oʻsishi mumkin) u yana shunisi bilan qiziqki, barcha turlarning ichida faqat birinchi orqa qanotining oldida tikaniga ega. 

Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar

Oʻzining mittigina tanasiga qaramay u koʻpincha oʻzidan ham uzunroq boʻlgan umurtqali baliqlar, qisqichbaqasimonlar va kalmarlarga ov qiladigan juda hiylakor yirtqich. Ammo uni uchratib qolish juda amrimahol, chunki bu akulalar suv ostidagi 200 metrdan 1200 metrgacha chuqurlikda istiqomat qiladi.

Birinchi bor qaraganda Pudu katta, sersavlat va mardonavor kiyikka ham oʻxshamaydi. Toʻgʻri-da! Axir bu hayvon 90 santimetr uzunlikkacha va 30-35 santimetr boʻyigacha oʻsadi. Puduning ogʻirligi 11 kilogrammgacha boʻlishi mumkin. 

Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar

Bugungi kunda Pudular – kiyiklarning  juda kamyob turi va Xalqaro Qizil Kitobga kiritilgan. Ularni faqatgina Chilos oroliga yoki Chilining janubiga tashrif buyurib uchratib qolish mumkin. Avvallari esa bu jonivorni Ekvador, Kolumbiya,Argentina bilan Peru aholisi koʻp uchratgan.

Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar

Dunyodagi eng kichik begemot faqat Liberiya, Syerra-Leoneva Kot-dʼIvuarda istiqomat qiladi. Bu mitti begemot yoki Liberiya mitti begemoti. Mahalliy aholi ularni — nigbve yoki mve-mve deyishadi. Bu turning voyaga yetgan nusxalari boʻyiga 83 santimetrgacha, uzunligi 177 santimetrgacha oʻsishi mumkin. Ogʻirligi esa 180 kilogramdan 275 kilogramgacha boʻlishi mumkin. 

Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar

Maʼlumot uchun – oddiy begemot, yaʼni gippopotamning ogʻirligi 4500 tonnagacha yetishi mumkin. Tabiiy sharoitda mitti gippopotam yoʻqolib ketish xavfi ostida. Bu doimiy ravishdagi oʻrmonlarning kesilib ketishi va ular istiqomat qilish hududlarining qisqarib borishi bilan bogʻliq. Bu begemotlarning soni qisqarib ketishida fuqarolar urushining ham salmoqli xizmati bor. 

Hozirgi paytda bu begemotlarning soni 1000 donadan ham kamroq. Dunyoning hayvonot bogʻlarida bu hayvonlarning soni tabiiy sharoitda qolganlaridan koʻra koʻproq. Bu hayvonlar tutqunlikda yaxshi koʻpayadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar