Kun chiqar mamlakat – Yaponiya haqida ajoyib va gʻaroyib maʼlumotlar

1.Yaponiyada avliyo Valentin kuni qizlar mayl bildirib, sovgʻalarni yigitlariga taqdim qiladilar. Bunday urf-odat qachon paydo boʻlgani aniq maʼlum emas, biroq yaxshi tarafi shundaki, to yigit oʻzida dalda topib, qizga taklifini aytgunicha, qiz birinchi boʻlib, toʻyga roziligini aytib boʻladi.
2.Yaponiyada goʻsht va baliq arzon turadi, ammo mevalar juda qimmat. Bir dona olma ikki dollar turadi, banan shodasi esa besh dollar. Eng qimmat meva – qovun, bir dona shirin qovunning narxi Tokioda ikki yuz dollargacha boradi.
3.Or, nomus Yaponiyada haliyam asosiy omil hisoblanadi, hatto siyosatda ham. Oxirgi premier ministr saylovoldi vaʼdalarini bajara olmaganligi uchun isteʼfoga chiqishga qaror qildi. Undan avvalgi vazirlar ham shunday yoʻl tutishgan edi.
4.Yaponiya kichkina mamlakat boʻlishiga qaramay, bu yerda juda koʻp katta narsalar bor. Masalan, bu yerda dunyodagi eng qimmat koʻngilochar bogʻi Disney Sea bor, shuningdek dunyodagi eng baland amerikacha tepaliklar mavjud. Tokioda dunyodagi eng rivojlangan metro tizimi mavjud, eng katta temir yoʻl tizimi ham shu yerda va eng katta yoʻlovchilar chorrahasi bor.

5.Yaponiyada qor odam uch dumaloqdan emas, ikki dumaloqdan yasaladi. Bu yerda ham Yaponiyaliklar ajralib turadilar.
6.AQSH da Koca-Kola boʻlganidek, Yaponiyada Polkovnik Sanders rojdestvoning eng asosiy ramzidir. Rojdestvo arafasida yaponlar oila aʼzolari bilan birgalikda KFC ga borishni va tovuq qanotlarini yeyishni xush koʻradilar.
7.Yaponiyada hozirgi kunda ham 30% toʻylar huddi bizdagi kabi ota-onalar tomonidan uyushtiriladigan sovchilik va kelin koʻrishdan keyin boʻlib oʻtadi.
8.Yaponiyaning barcha shimoliy hududlardagi shaharlarida qishda qor yogʻganda koʻcha va trotuarlar isitiladi. Shuning uchun yoʻllar yaxlamaydi, qorni tozalashning ham keragi yoʻq. Juda qulay.

9.Yaponiyada chekuvchilar uchun liberal qonunlardan biri mavjud. Aeroport hamda temir yoʻl platformalaridan tashqari hamma joyda chekish mumkin.
10.Yaponiya – Imperiya unvonini saqlab qolgan oxigi mamlakatdir.
11.Yapon imperatorlik shajarasida hech qachon uzilish boʻlmagan. Hozirgi kunda hukumat tepasida turuvchi imperator Akixito – eramizdan avvalgi 711 yilda Yaponiyaga asos slogan birinchi imperator Dzimmuning avlodidir.
12.Bu yili, yaʼni 2017 yilda Yaponiya 2672 yoshga toʻldi.

13.Yaponlar doimo ovqat haqida gapiradilar. Ovqatlanayotgan vaqtda ham taomning mazasi haqida tinmay aytadilar. Ovqatlana turib, taomning naqadar mazali ekanligi haqiqa aytmaslik, hurmatsizlik hisoblanadi.
14.Yapon tilida birvarakayiga uch xil yozuv usuli mavjud: Xiragana (yapon soʻzlarini yozish uchun boʻgʻimlash tizimi), Katakana (oʻzlashtirilgan soʻzlarni yozish uchun boʻgʻimlash usuli) hamda Kandji (iyeroglif yozuvi). Boshingiz aylanib ketishi hech gap emas.
15.Yaponiyada gastarbayterlar yoʻq. Bunga oddiy qonun orqali erishilgan: chet ellik ishchini olish uchun ruhsat berilgan eng minimal oylik ish haqi yaponiyaliklarning oʻrtacha ish haqidan yuqoridir. Shunday qilib, yuqori maosh toʻlanadigan mutaxassislar uchun mamlakatga yoʻl ochiq, biroq malakasi boʻlmagan kelgindi ish kuchiga muhtojlik yoʻq. Qora ishlar mahalliy aholining oʻzidan ham ortmaydi. Ajoyib yechim.
16.Yaponiyadagi temir yoʻllarning yarmidan koʻpi xususiydir. Temir yoʻl transportining 68% i nodavlat hisoblanadi.

17.Dunyoga mashhur Fudji togʻi xususiy yer hududida joylashgan. Xongyu ibodatxonasida 1609 yilda Syogun bu togʻni ibodatxonaga hadya qilganligi haqidagi hujjat saqlangan. 1974 yilda Yaponiyaning oliy sud qozisi ushbu xujjatning haqiqiyligini tasdiqladi va togʻni ibodatxona ixtiyoriga topshirishga majbur boʻldilar. Chunki Yaponiyada shaxsiy mulk oʻzgartirilmaydi.
18.Yapon tili xushmuomalalikning bir necha pogʻonasidan iboratdir: soʻzlashuv uslubi, ehtirom ifodalovchi, muloyim hamda oʻta muloyim muomala. Ayollar doimo ehtirom ifodalovchi uslubda, erkaklar esa soʻzlashuv uslubida gapiradilar.
19.Yapon tilida yil oylarining nomi yoʻq. Buning oʻrniga ular oylarni raqamlar bilan belgilaydilar, masalan, sentyabr oyi – toʻqqizinchi oy deb ataladi.
20.Yaponiya monoetnik mamlakatdir, aholisining 98,4% ini etnik yaponlar tashkil etadi.

21.Yaponiyada mahbuslar saylovlarda ovoz berish huququga ega emaslar.
22.Yaponiyada delfinlarning goʻshtini yaxshi koʻrib yeydilar. Delfin goʻshtidan shoʻrva, shashlik tayyorlaydilar, baʼzan esa delfinlarni xomligicha ham tanovul qiladilar. Delfinlarning goʻshti juda mazali, baliqnikidan farq qiladi.
23.Tokio dunyodagi eng xavfsiz megapolisdir. Tokio shunchalik xavfsizki, olti yashar bolalar jamoat transporti bilan mustaqil ravishda bemalol foydalana oladilar. Bu haqiqatda ham fantastika.
24. Yaponlar tashqi dunyoni xavfli deb biladilar va sayohat qilishdan choʻchib turadilar. Ularning fikricha, dunyodagi eng xavfli mamlakat AQSHdir.

25.Yaponiya konstitutsiyasining toʻqqizinchi moddasida mamlakatning shaxsiy armiyasi boʻlishi hamda urushlarda qatnashishi taʼqiqlanadi.
26.Yaponiyada oʻquv yili birinchi aprelda boshlanadi hamda ushta trimestrga boʻlinadi. Oʻquvchilar apreldan iyulgacha, soʻngra sentyabrdan dekabrgacha va nihoyat yanvar oyidan martgacha tahsil oladilar.
27.Yaponiyada axlat baklari yoʻq, chunki har bir chiqindi qayta ishlanadi. Chiqindilar toʻrt turga boʻlinadi: shisha, yondiriladigan, qayta ishlanadigan hamda yondirib boʻlmaydigan turlar. Chiqindilarning har bir turi haftaning maʼlum kunida olib ketiladi, shuning uchun ham axlatlar turlariga qarab haftaning maʼlum kunida tashlanadi. Bunday qonunga rioya qilmaslik jazolanadi va katta jarima solinadi (taxminan 1000 dollar).
28. Yaponiyada nafaqa juda kam. Davlat qaramogʻidagi yolgʻiz qariyalarga beriladigan eng maksimal ijtimoiy toʻlov 30 000 yenni tashkil etadi, bu 300 dollar atrofidagi pul. Majburuy nafaqa sugʻurtasi ham yoʻq, shuning uchun har bir yaponiyalik oʻz qariligi haqida oʻzi qaygʻurishi kerak.

29. Yaponiyada transport toʻlovi juda qimmat. Eng arzon metro chiptasi 140 yen turadi, yaʼni 1,5 dollar atrofida.
30.Yaponiyada avval erkaklarga xizmat koʻrsatiladi, soʻngra ayollarga. Restoranda ham oldin erkakka ichimlik olib kelinadi, ana undan keyin ayolga. Doʻkonlarda ham shu ahvol. Salomlashganda ham eng avval erkak kishi bilan soʻrashiladi.
31. Yaponiyaliklar katta mashinalarni haydaydilar. Kichik hajmdagi siti kar avtomobillarini hattoki tirband Tokioda ham uchratish amrimahol, biroq jiplar tiqilib yotibdi.
32.Yaponiyada choychaqalar qatʼiyan taqiqlangan. Mijoz sotuvchi yoki xizmat koʻrsatgan xodimga koʻrsatilgan miqdordagi pulni toʻlar ekan, ular bilan teng ekanligini taʼkidlagan boʻladi. Agarda mijoz ortiqcha pulni choychaqa oʻrnida tashlab ketsa, bu bilan oʻzining ustunligini namoyish qilgan hisoblanadi, choychaqasi esa sadaqa deb qabul qilinadi.

33. Yaponiyada millat ajratish, irq ajratish hollari umuman kuzatilmagan.
34.Yaponiyani aholisi zich joylashgan mamlakat sifatida misol keltirishadi. Aslida har bir kv km ga 330 nafar odam toʻgʻri keladi. Bu koʻrsatgich Belgiya (340 odam/km) va Isroildan (368 odam/km) koʻra kichikroqdir.
35. Yaponiya rivojlanish jadal surʼatda amalga oshmoqda. Bundan 20 yil avval kelajak narsalari deb atalgan yangiliklar bugungi kunda Yaponiyani egallab olgan. Taksilarning avtomatik eshiklari, mevalardan tortib tayyor pishirilgan shoʻrvalarni sotadigan avtomat shohobchalar. Poyezdlar ham fantastik koʻrinishda.
36.Yaponiyadagi telefonlarga kataklizm vaqtida millatni ogohlantiruvchi favqulodda tizim oʻrnatilgan. Qandaydir halokat sodir boʻlganda kuchli ovozli signal ishga tushadi va odamlarga oʻzlarini qanday tutishlari kerakligi haqida tushunchalar beriladi.

37.Yaponiyada talonchilik umuman sodir boʻmaydi. Tashlandiq uylardagi narsalar qanday qoldirilgan boʻlsa, shundayligicha turaveradi. Buni koʻrgan chet ellik sayyohlar hayron qoladilar.
38.Yaponiyada jinoyatchilarni qatl qilish jazosi saqlanib qolingan. Qatl qilish jarayonida mamlakatning adliya vaziri ishtirok etadi.
39.Yaponiya zoʻravonlik va odam oʻldirish jinoyatlari eng past koʻrsatgichga ega.
40.Yaponiya oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi dunyo boʻyicha eng yuqori oʻrinda.

41.Yapon va Xitoy iyerogliflari bir xil. Ularning orasida ozgina farq bor, xolos.
42.Yaponiyada imzo oʻrniga maxsus shaxsiy muhr bosiladi. Bunday muhr har bir yaponiyalikda bor va undan kun davomida koʻp marta foydalaniladi. Uni istalgan doʻkondan sotib olish mumkiin.
43.Yaponiya poyezdlari kechikmaydigan yagona mamlakatdir.
44.Yaponiyada sovgʻani uni bergan odamning oldida ochish hurmatsizlik hisoblanadi. Sovgʻani keyinroq holi qolganda ochish kerak.

45.Yaponiyada mulk huquqiga qatʼiy amal qilinadi. Shuning uchun ham bu yerda ming yillik tarixga ega boʻlgan oʻnlab kompaniyalar haliyam oʻz faoliyatlarini davom ettirmoqdalar. Masalan, Xoshi Ryokan mehmonxonasi 718 yildan beri ishlab kelmoqda. Uni bir shajaraning 46-avlodlari boshqarib kelmoqda.
46.Yaponiyaning uchdan ikki qismi oʻrmonlar bilan qoplangan. U yerda xususiy oʻrmonlar kesilishi taʼqiqlangan. Biroq Yaponiya tropik oʻrmonlardan olingan yogʻochning 40% ini isteʼmol qiladi.
47.1992-2002 yillarda, yaʼni oʻn yil davomida Yaponiya dunyodagi xalqaro yordam boʻyicha eng yirik donor hisoblangan. Bugungi kunda oʻzi ham shunday yordamga muhtoj boʻlgan Yaponiyani unutish kerak emas.
48. Yaponiyada yagona markaziy isitish tizimi yoʻq. Hamma oʻz uyini oʻzi qoʻldan kelgancha mustaqil isitadi.

Mavzuga oid: Turkiya haqida qiziqarli faktlar · Buyuk Britaniya haqida qiziqarli faktlar
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



