Gʻoyalari kelajakni belgilagan va shu bilan mashhur boʻlgan yozuvchilar

Shunga qaramay, 50, 100 yoki undan sal koʻproq vaqt oʻtib ularning gʻoyalari baribir reallikda amalga oshardi. Biz uchun esa bu gʻoyalar yozilgan kitoblar bashoratnoma boʻlganmi yoki uddaburon adabiyotsevarlar ulardagi ixtirolarga kuchliroq va chuqurroq yondoshibdunyoga oʻz ixtirolari sifatida tanitganmi deya gumon qilish qoldi, xolos.
Yozuvchilarning biz uchun hayotning oddiy qismi boʻlib qolgan bashoratlari:

“Mashinalar insonni yutib yubormaguniga qadar inson yangi mashinalarni ixtiro qilib boraveradi”

Jyul Vern oʻzining koʻp sonli asarlarida tasvirlab bergan gʻoyalariga qaraganda unda yoki vaqt mashina boʻlgan sirli xonasi boʻlgan yoki miyasiga dohiyona gʻoyalar generatori oʻrnatilgan. Boʻlmasa uning romanlari, hikoyalari va qissalarida samolyot, akvalang, videofon, shuningdek koinotga uchish va elektr dvigatelini (xullas, hammasini sanab adogʻiga yetib boʻlmaydi) paydo boʻlishini qanday izohlash mumkin?
Yozuvchi oʻz asarlarini 19-chi asrning ikkinchi yarmida, bularning hammasidan hali nishona ham boʻlmagan boʻlmagan davrda ijod qilgan, axir. Ishonmaysizmi? Unda sizlarga quyidagi asarlarini oʻqib koʻrishni tavsiya qilamiz:“Yer markaziga sayohat”, “Yerdan Oyga”, “Sirli orol”, “Suv ostida yigirma ming lye”.
“Tajriba sarhadlaridan tashqariga chiquvchi buyuk, noodatiy gʻoyalar odatda kam ahamiyatli, lekin muayyan mulohazalarga nisbatan insonlar ustidan kamroq hukmronlik qiladi.”

“Kimning gʻoyalari doim vaqtdan oʻzib ancha oldinroq yurgani aniq?” degan savolga bemalol Gerbert Uells gʻoyalarini misol qilib keltirish mumkin. U oʻz adabiy asarlarida televidenie,eskalatorlar, genetik tajribalarni, uchar harakatlanuvchi vositalarni, lazer qurolini, atomning parchalanishini va xatto atom bombasini ham tasvirlab bergan.
Bundan tashqari Uellstelefonlarning imkoniyatlarini koʻrib chiqib, kelajakda ular kompyuter va internet vazifalarini ham bacjara olish bilan birga odamlar uchun birinchi raqamli vosita boʻlib qolishini bashorat qilgan. Tabiiyki, Uells bula haqida bilmagan,chunki u oʻz asarlarini 20 asrning boshida yaratgan. Shular qatoridan quyidagi asarlarini oʻqib chiqishni sizga ham tavsiya qilamiz: “Dunyoning ozod etilishi”, “Uhlayotgan uygʻonganida”, “Vaqt mashinasi”, “Koʻrinmas odam”,“Olamlar urushi”, “Doktor Moro oroli”.
“Planshetning qisqa muddatli eslab qoluvchi moslamasini faollashtirib u navbatdagi sahifaning tasvirini ekranda ushlab turib, tezda sarlavhalarni koʻzdan kechirib uni qiziqtirgan maqolalarni belgilab chiqar edi”

Aslida hurmatli va dohiy Stiv Jobsdan ancha yillar oldin planshetning prototipini ikir-chikirlarigacha Artur Klark oʻzining “2001yil koinot jangnomasi” (1968 yilda ilk bor chop etilgan) asarida tasvirlab bergan. Uning davrida virtuallik tushunchasi hali umuman mavjud boʻlmagani qaramay Klark vaqti kelib odamlar yoppasiga onlayn oʻyinlar bilan “kasallanishini” ham oldindan bashorat qila olgan.
Muallif oʻz kitoblarida biz bugun internet deb ataydigan narsani tasvirlab bergan. Qiziqtirgan narsa joylashgan manzilni radiolokatsiya yordamida aniqlash va kuzatish gʻoyasini 1945 yilda aynan Klark ilgari surgan. Marhamat, oʻzingiz oʻqib koʻring: “2001yil koinot jangnomasi”, “Shahar va yulduzlar”, “Rama bilan uchrashish”.
“Biz, yerliklarda buyuk va goʻzal narsalarni nobud qilish qobiliyatimiz bor. Agar biz MisrdagiKarnak ehromi vayronalarida sosiskaxona ochmagan boʻlsak, buning sababi faqat shundaki, ular odamlardan uzoqda joylashgan va u yerda tijoratni gullata olmaysan, kishi”.

Foniy dunyoni yaqindagina tashlab ketgan Rey Bredberi juda koʻp narsani bashorat qilgan. Masalan, 1950 yilda oʻzining “Mushfiq yomgʻir yogʻadi” hikoyasida yozuvchi “aqlli uy” mohiyatini batafsil tasvirlab bergan.
Darvoqe, zamonaviy ijtimoiy tarmoqlarning prototipi Bredberi tomonidan 1953 yildayoq tavsiflab berilgan. Uning nazarida foydalanuvchilar bir-biri bilan maxsus televizor yordamida uzoqdan turib aloqa qilganlar. Xoʻsh, Bredberi yana nimalarni oʻylab topgan?
Quloqchinlar, bankomatlar, yassi televizorlar, virtual reallik xonalari, pleyer, choʻntak kompyuteri va xatto sunʼiy intellektga ega avtomobillar ham uning gʻoyalari. Qiziqib qoldingizmi? Unda kutubxonaga quyidagi asarlarini toping oʻqing: “Farengeyt boʻyicha 451 daraja”, “Momaqaymoqdan sharob”, “Mars xronikalari”.
“Kompyuter adashganida odamlardan ham koʻproq oʻjarlik bilan oʻz xatosiga chirmashib oladi”.

Aslida Googleni u oʻylab topgan. Mayli, balki Googleni oʻzi boʻlmasa ham, ammo internetdagi maʼlumot izlash tizimi u oʻylab topgani aniq. Bundan tashqari, uyali aloqa telefoni, mikrotoʻlqinli pech, protezlash va AutoCad dasturining analogining tafsilotlari uning asarlarida bor.
Quyosh batareyasida harakatlanuvchi transport vositalari ham Xaynlaynning gʻoyasi. Shuningdek,u oʻz asarlarida skannerning prototipi boʻlib hizmat qilgan moslamani batafsil taʼriflab bergan. Xullas, oʻzingiz oʻqib koʻrib, soʻng baho bering: “Qoʻshaloq yulduz”,“Koinot kadeti”, “Mafusail bolalari”, “Oy — qahraton beka”.
“Sodir boʻlayotgan hamma narsa ongda sodir boʻladi. Hammaning ongida sodir boʻlayotgan narsa haqiqatda ham sodir boʻladi”

Siyosiy bashoratlardan tashqari Oruell video kuzatish tizimi paydo boʻlishini ham bashorat qila oldi. “Katta akang seni doim kuzatib turibdi!” – vahimali soʻzlar esingizdami? Haligacha etni jimirlatadi. Bugungi kunda koʻp mamlakatlarda fuqarolar aynan Oruell usulida kuzatib boriladi.
“1984” romanining qahramonlari gapiradigan “yangi til”, bugungi kunda Nyu- Yorklik bezori quyqalar gapiradigan “olbani” jargonini juda eslatadi.
Shuningdek, Oruell jamoat fikrni hamda umuman xulqini ommaviy ahborot vositalari yordamida boshqarish, tarixni oʻz foydasiga oʻzgartirib koʻrsatish va yana koʻp shu kabi narsalarni aniq bashorat qila olgan. Uning eng taniqli asarlari: “1984”, “Mol hovli”.
“— Robotlar psixologiyasi odam psixologiyasidan shunchalik farq qiladimi?
— Juda katta farqi bor. — U sovuqqina jilmayib qoʻydi, — eng avvalo, robotlar oʻta tartibli”.

Yaponiyaliklar zoʻr ishtiyoq bilan yaratib kelayotgan barcha zamonaviy robotlar Ayzek Azimov tomonidan 20 asrning yarmida tavsiflab berilgan edi. Bundan tashqari, u oʻz asarlarida biz bugungi kunda konferensiyalarda, taqdimot marosimlarida va boshqa ommaviy yigʻilishlarda bajonidil foydalanayotgan moslama - proektorning prototipi toʻgʻrisida yozib oʻtgan birinchi muallif.
Ayzek Azimovning ayrim asarlari: “Men robotman”, “Abadiyatning oxiri”, “Asos”
“Nikola, bu kvas— ichaver, kola emas”

Viktor Pelevinning “Generation P” asarida rus kvassi ilk bor koka-kolaga qarshi qoʻyilgan edi. Ikki ichimlik “ringning qarama-qarshi burchaklari”ga qoʻyilganidan keyin,“Nikola” brendi bilan birga “Nikola bu kvas — ichaver, kola emas” shiori tugʻilgan.Keyinchalik kvasning shunday turi haqiqatdan ham sotuvga chiqib ketgan.
“Jangchilar klubining birinchi qoidasi: Jangchilar klubi toʻgʻrisida eslatmaslik”

Jak Palanikning mashhur “Jangchilar klubi” asarida shu nomli tashkilot odamlar xaqqoniy mushtlashish yoʻli bilan oʻzining qaynab ketgan hissiyotlarini toʻkkan joy boʻlib qolgan. Hammasi juda ham oddiy! Bu gʻoya shu darajada talabgor boʻlib chiqdiki, bu asarning ekranizatsiyasidan keyin dunyoning koʻp mamlakatlarida ushbu klubga oʻxshash maxfiy (gohida esa oshkora) tashkilotlar urchib ketdi. Ulardan koʻpchiligi hozirgi kunga qadar mavjud.
“Gʻoyalar toʻdalari havoda behuda uchib yurar edi”

Aka-uka Strugatskiylarning “Tush payti, XXII asr” qissasida “Kasparo-Karpov” tizimi toʻgʻrisida yozilib oʻtgan. Bu miyadan “nusxa koʻchirish” va uning matematik modelini qurish uslubi. Bu asar 1962 yilda chop etilgan. Kelgusida shahmat boʻyicha jahon chempionlari boʻlibyetishgan ikki chempionlardan Anatoliy Karpov u paytda 11 yoshda boʻlgan, Garri Kasparov esa hali tugʻilib ham ulgurmagan edi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



