Sayohat

Aholisi 1 kishidan iborat dunyoning 7 shahri

Aholisi 1 kishidan iborat dunyoning 7 shahri

Buford aholisining yagona vakili: Den Salmon

Aholisi 1 kishidan iborat dunyoning 7 shahri

Buford — Amerika Qoʻshma Shtatlarining Vayoming shtati, Olbani oʻlkasidagi nouyushmaviy hamjamiyat. U Larami va Shayenn shaharlari oʻrtasida I-80 yirik avtoyoʻlining boʻyida joylashgan. U joylashgan joyning balandli 2438 metr. Bu Buford shahrini Nyu-York bilan San-Fransiskoni bogʻlovchi shosse boʻyida koylashgan eng baland aholi yashash joyi. 

Shaharning yagona yashovchisi Den Salmon bir vaqtning oʻzida qorovul, yoqilgʻi quyuvchisi, mahalliy doʻkondagi sotuvchi va shaharning meri vazifalarini bajaruvchisi sanaladi. 

Bufordga asos solgan odama bu kavaleriya generali va qoʻmondoni Djon Byuford  deb hisoblanadi. 1866 yilda u bu yerda chegarachilarning manzilgohini oʻrnatgan. Bu qishloq birinchi transkontinentaltemir yoʻl oʻtkazuvchilari va yerkovlarini himoya qilish uchun “Djon byuford forti” nomi bilan tanilgan.  Oʻsha davrda bu manzilgohda 2000 kishi yashagan. Vaqt oʻtib ishchilar yaxshiroq turmush sharoitlarini izab shaharni tashlab keta boshlaganlar. 1880 yilda bu yerda pochta boʻlinmasi qurildi, qishloqqa esa general Byuford sharafiga Bufford nomi berildi.

Bufordning oʻziga xosligi shundaki, hozigi paytda uaholi soni atigi 1 kishini tashkil qilgan shaharlar ichida AQSHdagi  yagona va dunyodagi bir necha shunday shaharlardan biri. 2008 yilda shahardan uning oʻgʻli koʻchib ketdi. Bufordda Don bir oʻzi qoldi.2012 yilning mart oyida Semmonsning xoʻjaligi sotilayotgan kim oshdi savdosi toʻgʻrisida eʼlon qilingan. Bu auksion 5 aprelda boʻlib oʻtgan. AQSHda eng kichgina deb hisoblangan shahar kim oshdi savdosida 900 ming AQSH dollariga sotilgan. 

Gʻarbdagi Vayoming shtatining Buford shahri uchun boʻlib oʻtgan savdoda Vyetnamlik ikki erkak gʻolib chiqqan. Ammo ular toʻgʻrisida hamon maʼlumotlar oshkora qilinmagan.

Shahar aholisining yagona vakili:  Elsi Eyler

Aholisi 1 kishidan iborat dunyoning 7 shahri

Monovi (Monowi)— AQSHning Nebraska shtatidagi shaharcha. 2010 yil maʼlumotiga koʻra aholi punktida yashab kelayotgan yagona inson – 77 yoshli Elsi Eyler hisoblanadi. Monovi Vayoming shtatidagi Bufordni hisobga olmaganda AQSHning eng kam aholi yashaydigan joylaridan biri hisoblanadi.

Shaharda yashovchi Elsi Eyler oʻz oʻzidan Monovining meri, shu bilan birga u mahalliy kutubhona va barning egasi ham.

Monovidagi aholi koʻpayish avji 1930 yilga toʻgʻri kelgan. U paytda bu shaharda 150 kishi yashagan. Biroq, vaqt oʻtib mahalliy aholi yirik shaharlarga koʻchib keta boshlagan. Oqibatda bu shaharchada Eylerlar juftligi qolgan. 2004 yilda oila boshligʻi olamdan oʻtgan, shundan keyin bu yerda faqat Elsining oʻzi qolgan.

Mahaliy kutubxona. U avval shahar yagona yashovchisi boʻlgan ayolning eri - Rudi Eylerga tegishli boʻlgan.

Janob Eyler 2004 yilda olamdan oʻtganidan soʻng Elsi Eyler shahardagi yagona yashovchi boʻlgani uchun u shaharning meri ham. Shu tufayli, u oʻziga oʻzi likyor va aroq sotish huquqini beruvchi litsenziya beradi hamda oʻziga oʻzi soliq toʻlaydi. 

Bu Monovi shahrining toʻrt dona koʻcha yoritish chiroqlarini davlat tomonida moliyalashtirilishini taʼminlash uchun, yoʻl tarmoqlarini rivojlantirish munitsipal rejasini olish maqsadida kerak boʻladi.

Kess temir yoʻl stansiyasi – Rita Angus surati, 1936 yil

Shaharchaning yagona yashovchisi: Barri Drammond

Aholisi 1 kishidan iborat dunyoning 7 shahri

20 asrning boshida (tahminan 1910 yil) Kessning aholisi 800 kishidan iborat boʻlgan. Bu shunday davr ediki, minataqada Midland Line temryoʻli bilan Artur darasi (Arthur’s Pass)dan oʻtkazilishi moʻljallangan tunnelning qurilishi olib borilgan. Lekin ishlar yakunia yetganidan keyin Kess aholisi koʻchib keta boshladi. Bugungi kunda Kess shahrining yagona yashovchisi Barri Drammond bu shaharchaga 25 yil avval koʻchib kelgan. 

Uning soʻzlariga qaraganda u koʻchishni xohlamagan va manzilini faqatgina mahalliy temir yoʻlda yaxshigina maosh toʻlanadigan ish taklif qilganlari uchun oʻzgartirgan. Shu paytda u Kessda xatto ikki yil ham qolmasligiga qattiq ishonch bilan kelgan. Ammo bugungi kunda Barri bu shaharchadan ketish niyati yoʻqligi toʻgʻrisida qayta-qayta gapirib kelmoqda. 

 

Barri haligacha temir yoʻlida ishlab keladi va oʻzini hech qachon yolgʻiz his qilmaganini taʼkidlaydi. Eng yaqin boʻlgan Arthur Pass bilan Flock Hill aholi punktlari uzoq emas.Bundan tashqari, Rita Angusning asaridan tufayli mashhur boʻlib ketgan Kess stantsiyasiga goh-gohida turistlar kelib turadi.

“Bu yerga doim odamlar kelib turadi, – deydi Barri.– Odatda kuniga 4-5 kishi”. Qanchalar qiziq tuyulmasin, ammo Barri Kess shaharchasida aynan odamlarni deb qolishga qaror qildi. Uning gaplariga qaraganda, u qoʻshni aholi punktlarining soddadil odamlari bilan juda samimiy doʻstlashib qolgan.Uning xayotida ayol kishining yoʻqligi masalasiga kelsak, bu uni “hech qachon bezovta qilmagan” deydi Barri. 65 yoshli yangi zellandiyalik bu odam umri davomida biror marta ham uylanmagan.

Barri sershovqin shaharlardan uzoqlikda yashagani uchun juda bahtli ekanligini taʼkidlaydi. Kessda shahar bezovtagarchiligi, shovqin va tirbandliklar yoʻq. Turar joy ijarasi esa unga qimmatlik qilmaydi. Unga yetishmaydigan yagona narsa – bu fast-fud xizmatidan foydalanish, ayniqsa, u sevadigan “Fish & chips”, va “KFC” da tezda ovqatlanib olish imkonining yoʻqligi. Biroq bu kamchilikni toʻldirish uchun u tez-tez yaqin shaharchalarga boradi va albatta u yerdan fast-fuddan biror narsa harid qilmay qaytmaydi.

Barri Drammond temir yoʻl xodimlari bilan “Cass Bash” mahalliy aholi oʻrtasida kriket boʻyicha musobaqalar tashkil qilinishida doimo qatnashib keladi. Bu marosimni tomosha qilish uchun mamlakatning turli burchaklaridan koʻplab yangi zellandiyaliklar Kess shahriga keladi.

Barrining aytishicha u ishlashni toʻhtatganidan keyin ham baribir Kessda qolishini va favqulodda holatlarda temir yoʻlga qoʻlidan kelganicha yordam berishini doimo aytib keladi.

“Men yura olgunimcha shu yerda qolaman”, – deydi u.

Roshfursha — bu Fransiyaning janubiy sharqida Rona-Alp mintaqasi Drom departamentidagi jamoa yigʻini. Unda bor-yoʻgʻi bittagina uy, qayta taʼmirlangan ombor bilan eski qalʼa vayronalari bor. Roshfurshaga eng yaqin boshqa aholi punktlari —Saint-Nazaire-le-Désert, Les Tonils, Pradelle, va Brette. Roshfurshada doimiy ravishda bittagina odam, 38-yoshli Jan-Batist Lyulli yashaydi.

Aholisi 1 kishidan iborat dunyoning 7 shahri

Bonanza Amerika Qoʻshma Shtatlarining slanets va yoqilgʻining boshqa qazilma turlari qazib olish ishlariolib boriladigan Kolorado yassi togʻligida joylashgan. 2010 yilda oʻtkazilgan aholini roʻyhatga olish natijalariga koʻra bu yerda atigi bitta odam yashaydi.

Aholisi 1 kishidan iborat dunyoning 7 shahri

Lore — Kanada bilan chegaradosh boʻlgan AQSHning Vashington shtatidagi kichgina shaharchasi.2010 yildagi aholi vakillarini roʻyhatga olish ishlarining natijasiga koʻra bu shaharchada bittagina odam yashab keladi. Bundan tashqari, Avey dalalari (Loredajoylashgan) AQSH bilan Kanada oʻrtasida joylashgan oʻziga xos aeroportni tashkil qiladi. Amerika bilan Kanada bojhonalari avtoturagohning yonidagi shosseda juda qulay joylashib olganlar.

Aholisi 1 kishidan iborat dunyoning 7 shahri

Oyl-Springs — AQSHning Nyu-York shtatida joylashgan Seneka indeyslar qabilasining rezrvatsiyasi. Oyl-Springs ikkita okrug -  Allegami va Kattaraugus okruglari oʻrtasida boʻlingan. 2010 yilda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olishdan keyin Oyl-Springsda bitta odam yashab kelishi aniqlandi. Bu odam mahaliy amerikalik, yaʼni hindular qabilasining vakili.

Aholisi 1 kishidan iborat dunyoning 7 shahri
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar