Sayohat

Dahshatli manzara: Chiqindiga koʻmilgan shaharlarning ayanchli ahvoli

Dahshatli manzara: Chiqindiga koʻmilgan shaharlarning ayanchli ahvoli

Shaharning ifloslanib ketishi mingdan ortiq sanoat korxonalarining mavjudligi bilan bogʻliq. Bu korxonalar oʻzining sanoat chiqindilari bilan biosferani ifloslantirib kelmoqda. Shu tufayli, shaharda yashash qiynoqqa solinishdek! Bu goʻyo tirik qolish uchun tinmay kurashishning oʻzginasi. Vapi shahrini katta ahlat dogʻi deyishadi, chunki u odamlar yashaydigan joy emas, koʻproq ahlatxonani eslatadi. 

Dahshatli manzara: Chiqindiga koʻmilgan shaharlarning ayanchli ahvoli

Ogʻir metallar, simob, oʻn minglab kasallangan odamlar va yuz minglab tonna sanoat chiqindilari. Tugʻma majruhlik bilan surunka likasalliklar foizining juda yuqoriligi Vapi shahrini allaqachon inson yashashi uchun yaroqli emas deb topilishiga sabab boʻlib kelyapti. 

Dahshatli manzara: Chiqindiga koʻmilgan shaharlarning ayanchli ahvoli

Bu shahar bir paytlar Sovet Ittifoqining kimyoviy sanoati markazi boʻlgan. Mana shuning oʻzidan ham nima uchun bu shahar shu darajada ifloslanib ketganini tushunsa boʻladi. Shahardagi tuproq, havo va suv ogʻir metallar bilan zaharlangani tufayli bu yerda yashovchi oʻttiz mingdan ortiq odamning sogʻliqlarida doimiy muammolari bor. 

Dahshatli manzara: Chiqindiga koʻmilgan shaharlarning ayanchli ahvoli

Neft qayta ishlash zavodlari ham shaharga qoldiqlar bilan ortiqcha ifloslanish muammosini tugʻdirdi. Bu shunday ham Sumgait shahridagi oʻta achinarli ekologik sharoitni yanada ogʻirlashtirdi. Har yiliga korxonalar ishining shiddati tinmay oshirilib bormoqda, shuning uchun ham atrof-muhitni ifloslanishi muammosi kundan kunga dorzarbroq boʻlib bormoqda.

Bronxit, oʻpka saratoni bilan pnevmoniya – bular Xitoyning Linfen shahrida eng koʻp tarqalgan kasalliklar. Bularning hammasiga atmosferaga oltingugurt dioksidi va boshqa zararli kimyoviy moddalarni tasavvur qiib boʻlmas darajada koʻp va shiddatli ravishda ajratib atrof-muhitni ifloslantirayotgan koʻmir qazish sanoati sababchi. Zaharlanishga nafaqat atmosfera, balki ichimlik suvi bilan tuproq ham duchor boʻlgan. Zararli moddalarning ajrab chiqishi shu darajada va shiddatliki shahardagi havo  ifloslanganidan kulrang tusli tuman koʻrinishiga ega boʻlib qolgan.

Dahshatli manzara: Chiqindiga koʻmilgan shaharlarning ayanchli ahvoli

Perudagi bu shahar aholisining koʻpchiligi qonida qoʻrgʻoshin moddasining koʻrsatkichi juda balandigi bilan bogʻliq boʻlgan kasalliklar bilan kasallangan. Bu kimyoviy elementning kontsenratsiyasi barcha yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan ogʻish koʻrsatkichlaridan ming barobar ortadi. Bu markaziy asab tizimi faol ishlashining buzilishi, immunitetni holdan toyishi hamda saraton kasalliklariga olib keladi. 

Dahshatli manzara: Chiqindiga koʻmilgan shaharlarning ayanchli ahvoli

Bu shaharda Amerika korporatsiyalari tomonidan mis, ruh va qoʻrgʻoshin qazib olinadi. Bu esa atmosferaga inson salomatligi uchun oʻta zaraeli boʻlgan juda katta miqdordagi chiqindilarning ajrab chiqishiga sababchi boʻladi.

Dzerjinsk – bu Rossiyadagi eng ifloslangan shahar:ayrim toksinlar tarkib darajasi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan ogʻish koʻrsatkichidan bir necha million karra ortiqroq. Dzerjinskoning yerida yuz minglab tonnagacha kimyoviy sanoatning chiqindilar dafn qilingan. Suv, havo va tuproq fenol hamda ogʻir metallar bilan zaharlangan. Shaharning aholi soni tahminan ikki yuz ellik ming kishini tashkil etadi. Ularning koʻpchiligi atrof-muhitni oʻta ifloslanib ketishi bilan bogʻliq boʻlgan turli-tuman kasalliklardan doimo azoblanib yuradi. 

Oʻta yomon ekologik vaziyat shaharda nafaqat inson umrining muddatiga (shahardagi inson umrinining oʻrtacha uzunligi 45 yosh), balki investitsion potentsialiga ham bevosita salbiy taʼsir oʻtkazadi. Bu holatni zudlik bilan bartaraf etilishi uchun millionlab AQSH dollari miqdorida mablagʻ kerak boʻladi. Biroq, bunday mablagʻ hozircha davlat byudjetida yetarli emas.

Dahshatli manzara: Chiqindiga koʻmilgan shaharlarning ayanchli ahvoli

Bleksmit instituti Norilskni dunyodagi eng ifloslangan shaharlardan biri qatoriga kiritdi. Togʻ qazilma sanoati bu shaharni haqiqiy ekologik jahannamga aylantirib qoʻydi. Atmosferaga chiqib ketayotgan zararli chiqindilarning xajmi millionlab tonnalarga teng. Bu esa oʻz-oʻzidan shahar aholising salomatligida aks etadi. Bundan tashqari ifloslanib ketish xatto oddiy koʻz bilan koʻrinib turadi: osmondan koʻpincha qop-qora qor, kislotali yomgʻir yogʻib turadi, havoda doimo oltingugurtning hidi taralib turadi. 

Norilsk allaqachon odam yashashi mumkin emas boʻlgan shahar deb topilgan, ammo shunga qaramay bu yerda yuz minglab odamlar kun kechirib kelmoqda.

Dahshatli manzara: Chiqindiga koʻmilgan shaharlarning ayanchli ahvoli

Kabve -Zambiyaning sanoat markazi. Bu shaharda foydali qazilmalar qazib olinadi. Natijada atrof-muhitga oʻta koʻp miqdorda toksinlar bilan ogʻir metallar chiqindi sifatida ajrab chiqadi. Aholining organizmlarida zararli va zaharli moddalarning tarkibi meʼyorlardan bir necha ming barobar ortiqroq. Bu oʻz navbatida juda ayanchli oqibatlarga– qon kasalliklari, mushaklar atrofiyasiga, saraton va shular kabi yana boshqabir qator kasalliklarga olib keladi.

 

Dahshatli manzara: Chiqindiga koʻmilgan shaharlarning ayanchli ahvoli

Bu shahar Dominikan Respublikasining janubida joylashgan. Zaharlovchi asosiy kimyoviy element bu qoʻrgʻoshin. Potentsial kasallanganodamlar soni doimiy ravishda yuz mingdan ortiqroq koʻrsatkichni tashkil etib kelaldi. Gaina avtomobil akkumulyatorlarini ishlab chiqarish boʻyicha jahoni chra peshqadamlik qiladi. 

Dahshatli manzara: Chiqindiga koʻmilgan shaharlarning ayanchli ahvoli

Zavoddagi dastgoh-uskunalarancha eskirib qolganligi tufayli bu texnologik jarayonlarning qoʻpol ravishda buzilib atrof-muhitga juda katta miqdorda chiqindi ajrab chiqishiga olibkeladi. Tugʻma majruhlik, ruhiy kasalliklar va koʻz bilan bogʻliq muammolarning hammasi Gaina shahrida istiqomat qilganlik uchun toʻlov.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar