Qiziqarli

Restoran biznesi toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Restoran biznesi toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

1. Restoran maʼmuriyati oxirigacha yeyilmagan taom uchun mijozni jarimaga tortishi mumkinligini kim ham oʻylabdi deysiz?Ammo Braziliya restoranlarida aynan shunday boʻladi. Ha, ha, ishonavering.

Restoran biznesi toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

2. Bollesjenemis restoranining maxsus standartlari unutilmas taassurotlar qoldiradi. Burestoran Ryudesxaym shahrida, sobiq qamoqxona binosida joylashgan. Mehmonlarni ozodlikdan mahrum qilish joylarining muhitiga yanada chuqurroq choʻmdirish uchun ularni kirishdan avval xulq meʼyorlari bilan tanishtirib barmoq izlarini yechib oladilar. Ammo bu ham hali hammasi emas. Shundan keyin tashrif buyuruvchilar qamoqxona libosini kiyib olib “oʻgʻrilar kokteyli”dan bir stakandan ichib olishlari kerak.

Restoran biznesi toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

3. Har bir restoran albatta “shilib” oladi degan fikr eskirgan, chogʻi. Gollandiyada shunday bir muassasa borki, uning mehmonlari tushlikdan keyin taom va koʻrsatilgan xizmat uchun qiymati belgilangan narhni emas, qancha toʻlashni xohlasa shunchani toʻlab ketaverar ekan. Qanchalar gʻalati tuyulsa ham, hamma hisobdagidan sal koʻproq pul qoldirib ketadi. Natijada restoran gurkiraydi.

 

4. Restoran biznesidagi yana bir yangilik – muassasaning egasi dunyoning istalgan nuqtasida boʻlishi va oʻz biznesini planshet orqali boshqarishi mumkin. Restoran ishini avtomatlashtiradigan bunday dasturni internet sahifalarda bemalol harid qilish mumkin. Aʼlo darajadagi xizmat, ish avtomatizatsiyasi, mijozlar uchun qulayliklar.

Restoran biznesi toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

5. Brodveydagi Ellen's Stardust restorani goʻyo vaqt mashinasiday mijozlarini 20 asrning 50-chi yillar muhitiga olib oʻtadi. Uning dizayni, atrofdagi narsalarning choylashtirilishi va taomlar assortimenti toʻlaligicha avvalgi yoʻlboʻyi restoranlarning qofiyasi. Xizmat qiluvchi hodimlar sifatida bu yerdagi  estrada sahnasida bir biri bilan almashadigan professional artistlar ishlaydi.

Restoran biznesi toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

6. Ishonish qiyin, ammo bu fakt: Nyu Gempshir restoranlarining mijozlari musiqaga “joʻr boʻlib” stol ustiga barmoqlari bilan taqillatishga xaqlari yoʻq. Shuningdek, ularga oyoq kafti yordamida taqillatish hamda boshlari bilan ritmik harakatlarni bajarish ham taʼqiqlangan.

7. Vazni 2 kilogramm keladigan goʻsht boʻlagini mutlaqo tekin yeyishni xohlaysizmi? Unda sizning yoʻlingiz Big Texan Steak Ranch Amarillo restorani tomonga! Biroq bu Amerika restoranining bir sharti bor: agar steykni 1 soat ichida yeb boʻlmasangiz, hisob boʻyicha toʻlashingiz shart.

Restoran biznesi toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

8. Angliyalik Brayton boshqa nou-xauni oʻylab topdi: u tungi restoran mijozlarini mislsiz katta boʻlgan shilliqqurt bilan hayratda qoldirgan. Uning vazni 500 gram boʻlganva mehmonlarning koʻngilhushligi uchun pivo ichgan.

 

9. Tayvanlik ModernToilet Taipei restoranining egasi “ahmoqona” tashabbus borasida koʻpchilikdan oʻtib tushdi. U mijozlar uchun stullar bilan idishlarga ... unitaz shaklini bergan. Sogʻlom aqlga ega boʻlgan odam bunday restoranga kiradimi, deyishingiz mukin. Ammo, aytishlaricha, noyob restoranning mijozlari bunday ekzotikadan doim mamnun emish. 

Restoran biznesi toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

10.Norvegiyaning poytahtida Iona ismli ayollar (balki erkaklar ham) juda omadi yurishishi aniq. “Kit” nomi bilan mashhur boʻlgan baliq taomlari restoranida shahsni tasdiqlovchi hujjat koʻrsatib qoʻyilsa bas “Iona” ismli mijozni qovurilgan kit goʻshtidan tayyorlangan taom bilan tekin mehmon qilishadi. Bunday hotamtoylikning sababi – Iona va u kitning qornida azoblangan toʻgʻrisidagi Bibliya masali.

11. Ekstrimni sevuvchilar Dinnerinthe Sky restoraniga kirishga intiladilar.Tushlik 50 metr balandlikda oʻtadi. Jami 22 kishiga moʻljallangan stol atrofiga mehmonlarni kran koʻtarib eltib qoʻyadi. Ularning xavfsizligini maxsus kamarlar taʼminlaydi.

Restoran biznesi toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

12. OʻNoirMontreal restorani oʻzi uchun oʻzi gapiradi. Bu yerda mutlaq zimiston hukm suradi, interyerda esa faqat qop-qora ranglar mavyud. Ofitsiantlar mehmonlarni kuzatish uchun tungi koʻrish moslamalari bilan taʼminlangan. Hech narsa koʻrinmaydigan tim qorongʻilikni buzadigan har qanday moslamalardan foydalanish taqiqlangan.

Restoran biznesi toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

13. Quvaytda ustritsalarni ochiq chigʻanoq ichida dasturhonga tortiladi. Muassasalar egalari shunday qilishga majbur, chunki ularning ichida marvarid boʻlib qolishi mumkin. Agar shunday hol roʻy bersa, hukumatning fikricha, chigʻanoqlarni yopiq holda keltirilishi qimor oʻyiniga tenglashtiriladi.

Restoran biznesi toʻgʻrisida qiziqarli faktlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar