Tomorqa yeringizni jannatmakon joyga aylantiradigan 17 jozibador va haddan tashqari oddiy gʻoyalar

Boʻyoqlar bilan qurollangan holda odatda oʻgʻitlar, yomgʻir suvi yoki ahlat uchun moʻljallangan eskizlangan bochkalarni tubdan oʻzgartirib yuborish mumkin. Yangilangan bochkalardala-hovlingizning yorqin va oʻziga hos bezagi sifatida xizmat qiladi.


Plastik –juda shubhali material, undan tayyorlangan narsalar juda bachkana boʻlib koʻrinishi mumkin. Ammo, agar kompozitsiyalarning yaratilishiga salgina hafsala-yu tasavvur hamda aql bilan yondoshilib, ularni darahtlarning soyasiga joylashtirilsa atigi qandaydir tiyinlarga tushadigan manzaraning juda noyob bezagiga erishish mumkin. Masalan, plastik butilkalardan haqiqiysiga juda oʻxshash palmalar, qushlar va hayvonlarning shakllarini yaratish mumkin.

Katta boʻlmagan arralangan yogʻoch boʻlaklarini saranjom-sarishta bogʻ yoʻlakchalarini yotkizish uchun ishlatish mumkin.Albatta, bunday yoʻlakchalar eskirish jihatidan beton yoʻlakchalarga yeta olmaydi, lekin ularning tayyorlash uchun harajatlari ham juda kam.

Oʻta ixtirochan dala-hovli egalari allaqachon eski mebelni tashlab yuborishdan bosh tortganlar. Buning oʻrniga ular eski shkaflar, tumbalar, stullar bilan rakovinalarni yorqin gulzorlarga aylantiradilar. Mana bu gullayotgan komodga bir nazar tashlang – uning har qayerida faqat gullar oʻsadi. Bu eski mebeldan foydalanishga ijodiy yondoshishning betakror namunasi.

Oʻz hududingizda mittigina boʻlsada hovuzchangiz boʻlishini orzu qilasizmi? Unda orzuingizni roʻyobga chiqarish uchun sizga bolalar vannachasi kerak boʻladi. Uni yerning ichiga qisman koʻmib oʻrnating, ichiga suv toʻldiring, yon qirgʻoqlarini esa toshlar-u tirik oʻsimliklarning butalari bilan bezang.

Har bir dala-hovli egasida eskirgan, dastaksiz va tubi teshilib ketgan chelak topiladi. Bu chelakni endi ishlatib boʻlmaydi, albatta. Biroq, uni tashlab yuborishga shoshilmang, chunki undan chiroyli dekorativ kompozitsiyalar yaratish mumkin. Oddiygina qilib unga tuproq toʻldiring, maysa eking, yuzada kichgina favvoracha, rangli toshchalardan mittigina yoʻlakchalar, devor, oʻyinchoq uycha va shu kabi boshqa narsalarni yasab oʻrnatib qoʻying. Tayyor kompozitsiyani ayvonning oldiga, orqa hovliga yoki gulzorli bogʻning oʻrtasida oʻrnatib qoʻysangiz ham boʻladi.

Bogʻ yoʻlakchalari oʻta zerikarli va befayz boʻlib koʻrinmasligi uchun betondan tashqari yorqin ranglarga boʻyalgan yassi mayda toshlardan foydalaning.

Plastik butilkalar bilan ipdan ignalarning oʻrniga oʻt oʻsadigan ajoyib tipratikanlarni yasash mumkin. Tayyor shaklchalarni gulzorga yoki bogʻ ichiga joylab qoʻysangiz u ham chiroyli bir bezak vazifasini bajarib turadi.

Eskirib ketgan choynakni gul oʻstirish uchun juda oʻziga xos idishga aylantirish mumkin. Bu tarzda yaratilgan guldonning koʻrkiga koʻrk qoʻshish uchun uni chiroyli bezakli chizgilarni tushiring, mitti toshlar, yoki shunga oʻxshash boshqa narsalarni yopishtirib chiqing.

Devorning ichki tomonida plastik qopqoqchalardan terib chiqilgan bejirim manzara. Bunday sanʼat asarini yaratish uchun juda koʻp vaqt, sabr va musavvirlik qobiliyati kerak, albatta. Ammo, rangli qopqoqchalardan eng oddiy bezaklarni yaratish deyarli har kimning qoʻlidan keladi.

Ijodiy odam istalgan, xatto, bir qarashda eng keraksiz boʻlib tuyulgan narsalar uchun ham ishlatish oʻrnini topa oladi. Bunga yorqin misol – mana bu xonaki oʻsimliklar, yogʻochli deraza romlari va oddiy qutilardan yaratilgan betakror kompozitsiya.

Eski uslubdagi jomadon –interyer uchun qanday boʻlsa shahar orti dala-hovlisi uchun ham xuddi shunday ajoyib topilma. Bu topilma ishlatishning eng oddiy usuli – unga tuproq toʻldirib gul ekib qoʻyishdir. Ochiq jomadonni ayvonda, dahlizning oldida joylashtirib qoʻyish yoki bogʻda juda effektli kompozitsiya yaratish uchun undan foydalanish mumkin.

Eski deraza eshiklarini osma gulzorlar uchun ishlatish mumkin. Uni oddiychasiga uyning old tomoniga yoki dala-hovlining istalgan boshqa qurilmasiga qatirib oʻrnatib qoʻying, unga gul ekilgan tuvakchalarni ilib qoʻying.

Aql bovar qilmaydi, ammo bitta katta xodadan ajoyib parovozcha bilan unga ulangan gulzor-vagonchalarni yaratsa boʻladi. Bunday kompozitsiya xohlagan gulzorning yaqqol koʻzga tashlanar qismi boʻlib qolishi shubhasiz, albatta.

Oddiy beton qoʻrasi yoki gulhan oʻrnini mayda yassi toshlar bilan bezash mumkin. Agar qoʻrani yanada koʻrkamroq qilmoqchi boʻlsangiz, boʻyalgan toshlarni ishlating.

Yogʻochli qurilish taglikdan kurakcha, ketmon, xaskash uchun juda qulay va noyob organayzer yasab olsangiz boʻladi. Bunday buyum dala-hovlingizning uslubiyligiga juda mos keladi hamda ombor yoki garajingizda ham tartib, saranjom-sarishtalikka erishtiradi.

Uyning devorini bezash bilan birga hududingizda talaygina joyni tejab qolish imkonini yogʻoch taglikda tashkil qilingan osma oʻtzor beradi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



