“YKK” – barcha molniyalardagi bu yozuv qayerdan paydo boʻlgan?

Darvoqe, bir narsaga eʼtibor bergan boʻlsangiz kerak – deyarli har bir molniyada uchta katta harf “YKK” tamgʻasi bosilgan. Bu sirli qisqartma nima ekanligini bugun bir koʻrib chiqamiz.

Oʻz jinsi shimingiz, katmoningiz, xatto qishki etigingizga ham bir nazar tashlang: ehtimol bu narsalaringizning hech boʻlmaganda bittasida bir hil yozuvni koʻrasiz. Ajablanarlisi shundaki, “YKK” harflari xatto arzon xitoy sumkachalarida va Hermes brendidagi oʻta qimmat aksessuarlarda ham uchraydi. Bu belgilarning ortida nima yashiringan?

Bu yerda hech qanday ilohiyot yoki massonlar fitnasi yoʻq. “YKK” – bu qisqartma. Biroq, lotin harflari yapon nomlanishini anglatadi: “Yoshida Kogyo Kabushikikaisha”. Agarbuni ishchan ingliz tiliga tarjima qilinsa “Yoshida Company Limited” boʻlibchiqadi. Lekin, “Yoshida” kompaniyasining molniyalarga nima dahli bor?

Yoʻq, yaponlar – molniya turidagi zanjirsimon yopgichlarning ixtirochilari emas. Aslida bu amerikaning Whitcomb L. Judsonkom paniyasining hizmati. U bu ihtironi 1890-yildayoq patentlab olgan. Ammo ikki oʻn yilliklar oʻtganidan keyin Tadao Yoshida (Tadao Yoshida) ismli uddaburon yapon mavjud boʻlgan molniyalar juda ham bejirim emasligi, juda tez eyilib ketishi va umuman ishdan chiqishini sezib qoldi.

U bu muammoga yapon jiddiyligi bilan yondoshib, oʻzining xususiy fabrikasini tashkil etdi. Bu fabrika molniyalarni tubdan boshqacha tarzda ishlab chiqara boshladi. Ishlab chiqarishda latunning maxsus qotishmasi, tasmalar uchun oʻzlarining boʻyovchi materiallari ishlatildi. Xattot ishchalarning shakllari ham oʻzgardi. Qisqasini aytganda molniyalar hozirgi koʻrinishga ega boʻldi.

Yangi va juda yuqori sifatli molniyalar toʻgʻrisidagi mish-mishlar juda tez tarqalib ketdi. Oʻtgan asrning 30-chi yillarida “Yoshida” kompaniyasi toʻgʻrisida kiyimlar va aksessuarlarning eng yirik ishlab chiqaruvchilari allaqachon xabar topib boʻlgan edi. “YKK” harflari minglab buyumlarni bezab turardi. Bugungi kunda esa “Yoshida Company Limited” dunyodagi barcha mavjud molniyalarning yarmidan koʻpini ishlab chiqaradi. Shuning uchun ham sizga boshqa sirli boʻlmagan “YKK”yozuvini deyarli har qayerda koʻrish mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



