Dunyo tillari toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Birlashgan Millatlar Tashkilotida atigi oltita rasmiy til mavjud: ingliz, fransuz, arab, xitoy, rus va ispan tili.

Murrey daryosining oʻzanida yashovchi Avstraliyalik aborigenlarning tilida 1 soni“enea” deyiladi, 2 soni “petjeval” deyiladi, 5 soni esa sakkizta turli ibora bilan aytish mumkin, masalan “petjeval petjeval enea”.

Dunyodagi eng hajmli soʻz “mamihlapinatapai” soʻzi. U tahminan “buni qilishga moyil boʻlmagan lekin ikkala tomon uchun zarur narsani amalga oshirishni ikki tomondan biri taklif etishini kutish ilinji bilan bir biriga qarab turish” maʼnosini anglatadi.

Arab tilida soʻzning boshida, oʻrtasida va oxirida yozilishi turlicha boʻlgan 28 harf, ivritda – 5 harf, grek tilida bitta harf bor. Qolgan tillarda bunday harflar yoʻq.

Sanalarning belgilashdagi AD bilan BC qisqartmalari Anno Domini (Iso Masih tugʻilishidan buyon) va Before Christ (Iso Masih tugʻilishidan avval) maʼnosini bildiradi.

Kubada “yangi rus”lar “masetos” deyiladi.
“Absurd” soʻzi lotinchadan tarjima qilinganida “garangdan” maʼnosini anglatadi (ab surdo).

“Quyosh tutilishi” lotin tilida “defectus solis” boʻladi.
Rojdestvo bayramining inglizcha qisqartma nomlanishi “Xmas” birinchi oʻrinda lotincha “Iks” harfi emas, grekcha “xi” harfini ishlatiladi. U oʻrta asrlardagi qoʻlyozmalarda “Xristos” soʻzining qisqartmasi sifatida ishlatilgan.

Papua Yangi Gvineya aholisi deyarli 700 tilda muloqot qiladilar (bu dunyo tillarning tahminan 15 foizini tashkil etadi). Ushbu tillar orasida qishloqlararo muloqot uchun ishlatiladigan mahalliy shevalar mavjud.

1940 yilda Dmitriy Nikolaevich Ushakov redaksiyasi ostida chop etilgan izohli lugʻatda “Figli-migli” soʻzi izohlab berilgan: «...rus tilida har qanday hazillar, takalluf koʻrsatgan, tinmay koʻz qisgan holda biror maqsadni koʻzlab xushomadgoʻylk qilish”ni anglatadi deyilgan.
Burjbelgilarining nomlanishi lotin tilida quyidagicha aytiladi: Dalv - Akvarius, Baliq - Pistses, Oven - Aries, Sigir - Tavrus, Egizaklar - Gemini, Qisqichbaqa- Kantser, Sher - Leo, Sunbula - Virgo, Tarozi - Libra, Chayon - Skorpius, Oʻqotar - Sagittarius, Togʻ echkisi - Kaprikornus.
“Ermitaj” fransuz tilidan tarjima qilinganida “yolgʻiz qolish joyi”ni anglatadi.
“Zolushka” multfilmi polyak tilida “Kopciusezek” deyiladi.
“Simpozium” lotin tilidan tarjima qilinganida “birgalikda (xudo yoʻliga) ichkilik ichish”degani demakdir.
Barcha alifbolarda bugungi kunga qadar saqlanib qolgan eng qadimiy harflardan biri –“O” harfi.
Dunyodagi eng uzun palindrom (yaʼni, oʻngi ham teskarisi ham bir hil oʻqiladigan) soʻz finn tilining “saippuakivikauppias” soʻzi. U “shoyi sotuvchi savdogar” maʼnosini bildiradi
Rus tiliga Nikolay Mixaylovich Karamzin “sanoat” soʻzini, Mixail Evgrafovich Saltykov-Shedrin- “landavur” soʻzini, Fyodor Mixaylovich Dostoevskiy esa – “xaspoʻshlanmoq”soʻzini olib kirib kelganlar.
Afrika qitʼasida mingdan ortiqroq turli tillar mavjud. Shimoliy Afrikadagi berberlar qabilasining tilida esa xatto yozuv shakli ham yoʻq.
Akan qabilasida xafta kunining nomlari quyidagicha aytiladi: djuda, beneda, munuda, yauda, fida, meneneda va kvasida.
Xitoy yozuvida “qiyinchilik, koʻngilsizlik” maʼnosini anglatuvchi ieroglif bir tom ostidagi ikki ayol shaklida namoyon boʻladi.
Almost (deyarli)– ingliz tilida alifbo tartibi boʻyicha joylashgan soʻzlar ichidagi eng uzuni.
Fors tilidan kelib chiqqan “pijama” bilan “chemodan” soʻzlarining oʻzagi bir hil (“pi-joma”,“jomadon”).
Kyurasao orolining nomlanishi ispan tilidan soʻzma-soʻz tarjima qilinganida “qovurilgan ruhoniy” (cura asado) maʼnosini bildiradi.
Rus tiliga “bezdar"” (istʼedodsiz) soʻzini shoir Igor Severyanin olib kirgan.
Qadimiy Misrda oʻrikni “quyosh tuhumi” deyilgan.
Salom soʻzi filippin tilida “mabuxay” deb jaranglaydi.
“Fudziyama” yapon tilidan tarjima qilinganida “qiya togʻ” maʼnosiga ega.
14 asrga qadar Rossiyada barcha beadab soʻzlar “beʼmani fe"llar” deb atalgan.
Ingliz tilida month (oy), orange (apelsin) , silver (kumush) va purple (qirmizi) soʻzlari bilan qofiyadosh soʻzlar yoʻq.
Kxmerlar alifbosida 72 harf, Bugenvil oroli mahaliy aholisining aifbosida esa - atigi 11harf bor.
Xitoy tilida “tetiklik” bilan “choy” soʻzlari bir xil ieroglif bilan belgilanadi.
Shashlik gruzincha “Mtsvadi” deyiladi, armancha – “xorovats”.
19 asrda “Ayvengo”ni ruscha tarjimalarida ruscha – “Ivangoe” deyilib kelgan.
NUJ (nomaʼlum uchuvchi jism) ispancha OVNIS (“objeto volador noidentificado”) deyiladi.
Kichik diniy unvon – shogird, gruzincha “mtsyri” deyiladi.
Asl rus soʻzlari “a” harfidan boshlanmaydi degan qoida bor.
Yaponiyada “metro”soʻzi “past”, “tuproq”, “temir” maʼnosini anglatuvchi uch ieroglif yordamida yoziladi.
Esperanto sunʼiy xalqaro til 1887 yilda Varshavalik vrach Lazar Zamengof tomonidan yaratilgan.
Dal “atmosfera” horijiy soʻzini ruscha “kolozemitsa” yoki “mirokolitsa” soʻzlariga almashtirishni taklif etgan.
Suaxili – bu afrika qabilalari, arab va portugal tillarining aralashib ketishi natijasida paydo boʻlgan til.
Tarkibida birdona ham unli harf boʻlmagan eng uzun inglizcha soʻzlar – “rhythms” (ritmlar) va “syzygy” (sizigiya, yaʼni “qoʻshilish”).
Eskimoslar tilida qorning nomlanishi uchun 20 tadan ortiq soʻzdan foydalaniladi.
Aleksandr Makedonskiy otining laqabi - “Butsefal” soʻzma soʻz tarjima qilinganida “buqa kallali” maʼnosini anlatadi.
Ingliz tilidagi eng qadimiy soʻz – “town” (kichik shahar).
Xitoy tilida “r”va “l” tovushlarining farqi yoʻq.
“Saxara” arab tilida “sahro” degani.
“Somon yoʻli” Ukrainada Chumatskiy Shlyax deyiladi.
Serb alifbosi vukovitsa deb nomlanadi.
Gavayi alifbosida atigi 12 harf bor.
Vikinglar alifbosi “futark” deyiladi.
Ingliz tilida 600 000 dan ortiqroq soʻz bor.
Mikki-Mausning lotincha ismi - Mikael Muskulus.
Lotin alifbosida “W” lotin harfi yoʻq.
Xitoy yozuvida 40000 ortiq timsollar mavjud.
Ernest Vinsent Rayt ismli yozuvchining “Gedsbi” (Ernest Vincent Wright, "Gadsby") romani bor. (Uni Frensis Skott Fitsdchjeraldning “Buyuk Getsbi” romani bilan adashtirmang) Jami 50000 ortiqroq soʻzdan iborat boʻlgan ushbu romanda bir dona ham “E” harfi (ingliz tilidagi eng koʻp ishlatiladigan harf) ishlatilmagan.
Dunyodagi eng koʻp tillar tarqalgan joy qaysi? Rekordchi mamlakat — Papua-Yangi Gvineya. Bu yerda yetti yuzdan ortiqroq papuas, melaneziya tillari va shevalarda muloqot qilinadi. Bunday sharoitda bu tillarning qaysi biri davlat tili boʻlishi kerakligi toʻgʻrisida kelishib olish amri mahol. Shuning uchun ham, bu yer dadavlat tili yoʻq, hujjatlarni yuritish uchun esa ingliz tili va uning mahalliy koʻrinishi — pidchin-inglish (papuascha “tok-pisin”)dan foydalaniladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



