Oshxona

Choy toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Choy toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Ehtimol, choyning gʻalati nomga ega boʻlgan juda qimmat navi toʻgʻrisida eshitgandirsiz. Da Xun Pao — narhi bir kilogramm uchun bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan choyning navi. Uning klonlarini oddiy narhlarda uchratgan boʻlishingiz mumkin. Bu nav faqat Xitoyda oʻsadi.

Choy toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Buyuk Britaniyada oʻn toʻqqizinchi asrda faqat choygina emas, balki moʻylov qoʻyish ham juda keng ommalashgan edi. Moʻylov ichimlikka tushmasligi uchun, Xarvi Adamson ismli bir kulol moʻylov xushboʻy choyda “choʻmilmasligi” uchun shunday qulay chashkalarni oʻylab topgan.

Choy toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Tomas Salivan qachonlardir choyning naʼmularini sotish usulini oʻylab topgan edi: ozgina choyni kichgina qogʻoz xaltachalarning ichiga solib sotgan. U odamlar choyni xaltachaning ichidan chiqarib damlaydi deb oʻylagan, lekin choyni xaltachaning oʻzida damlash ancha qulayroq boʻlib chiqdi. Bugungi kunda choy uchun qogʻozxaltachalarni ishlab chiqarish “choy” tushunchasining ajralmas qismi boʻlib qoldi. Qogʻoz xaltachalarning ishlab chiqaruvchilari har bir haridorga yoqqisi keladi, shuning uchun ham ularni turli shakl va kattalikda ishlab chiqaradi.

Choy toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Ishlatilganidan keyin qurib qolgan choy qogʻozxaltachalarini tashlab yubormay poyafzalga solib qoʻysangiz u yerdagi yoqimsiz va qoʻlansa hiddan qutilish mumkin.

Choy toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Umuman olganda eng koʻp choy Xitoyda ichiladi. Ammo kishi boshiga toʻgʻri kelgan choy hisoblanib chiqilganida old qatorga Turkiya, Irlandiya va Buyuk Britaniya chiqib keladi.

Choy toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Ichiladigan barcha suyuqliklar ichida choy suvdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.

Choy toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Uch milliard chashka. Bu soni bir kunda butun dunyo boʻyicha ichiladigan choy chashkalarining soniga toʻgʻri keladi. Demak, oʻrtacha hisobda kuniga uch milliard chashka choy ichilar ekan.

Choy toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Albatta, choyga qarshi faqat qahva qoʻyilishi mumkin. Shunday qilib, natijalarning koʻrsatishicha, yurak va qon-tomir kasalliklarini oldini olish borasida choy qahvadan sal boʻlsa-da foydasi koʻproq ekan.

Choy toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Qahva bilan choyning tarkibida hozir boʻlgan kofein metabolizmni tezlashtirishi mumkinligi hech kim uchun sir emas. Biroq tarkibidagi kofein miqdori bilan qahvaga bemalol qarshi tura oladigan choy metabolizmning tezlashishiga ancha yumshoqroq yondoshadi, kuchli effektni hosil qilish uchun bir chashka oʻtkir koʻk choy ichilsa bas. Hamma gap shundaki, choydagi ayrim zarrachalar kofeinning taʼsirini yumshatadi. Yumshatishdan tashqari oʻzlari ham metabolizmga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Shunday qilib, tunda uyqudan avval bir piyola juda oʻtkir boʻlmagan koʻk choy organizmdagi gormonal tizimga qayta tiklanish va oʻsish jarayonlarini yanada yaxshiroq tartibga solish imkonini berib tungi metabolizmni ancha muvofiqlashtiradi.

Choy toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Bu faqat toʻq tusli sochlarga ega odamlarga toʻgʻri keladi. Bir banka choy bilan boshni yuvish mumkin, shunda sochlaringiz nisbatan yumshoqroq boʻlib yorugʻlikda tovlanib turadi.

Savdoda goho “kofeinsiz” choyni uchratib qolish mumkin. Bilingki, ulardan hech qanday kuchli taʼsir sezmaysiz, ammo bu moddaning uch foizi choy tarkibidan baribir qoladi.

Marokashda aynan choy quyadigan odamning vazifasini belgilab beradigan “choy quyuvchi” deb nomlangan hunar bor. Uning vazifasi choynakni choy quyilayotgan idishdan iloji bor qadar balandroqda ushlab turib choy quyish. Bu nima uchun qilinadi deysizmi? Javobi oddiy – choyda koʻpik hosil qilish uchun.

Choy toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Choy bilan yuzdagi yogʻlarni yuvib tashlansa yoqimsiz yaltiroqlikdan holi boʻlish mumkin.

Bu ichimlikninng barcha turlari bir hil oʻsimlikdan tayyorlanadi, ichimlikning hamma xususiyatlari esa qayta ishlash sharoitlariga bogʻliq.

Ilk bor sovutilgan choy 1904 yilda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Sent-Luis shahrida Umumjahon koʻrgazmada taqdim etildi. Oʻshapaytda quyosh charaqlab koʻrgazmaga tashrif buyurganlarni oftob urish ehtimoli juda yuqori boʻlgan

Choyning olti asosiy turi mavjud: oq, sariq, koʻk, ulun, qora, va shuningdek fermentlashdan keyingi choy turlari.

Bunga oʻzingiz ham amin boʻlishingiz mumkin. Biror mebel buyumingizni sovuq choyda hoʻllangan latta bilan artib, ustidan quruq latta bilan artib tashlang. Natija koʻzingizga yaqqol tashlanadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar