Internet toʻgʻrisidagi qiziqarli faktlar

Zamonaviy dunyo oxirgi 30 yil ichida internetsiz hayotni tasavvur qilib boʻlmaydigan darajada oʻzgarib ketdi. Bu nafaqat ahborot muhiti. Koʻpchilik uchun internet tirikchilik qilish manbaiga aylanib qoldi. Atigi qandaydir 20-30 yillardan keyin espert option platformasidan pul olish uchun foydalanishi 1980 yilda hech kimning hayoliga ham kelmagan. Bugun “Internet” deb ataluvchi HTML protokoli, aslida yadroviy mavzular tadqiqotlarining natijalaridir. Dastlab, hujjatlar almashish usuli oʻylab topilgan edi. U giperssilkalardan foydalanishda jamlagan. Mana loyihadan keyin dunyo uzra “oʻrgimchak toʻri” tugʻilgan.

Bugungi kundagi internetning asosida yotuvchi texnologiya uzoq 1960 yillarda Massachusets texnologiya institutida tugʻila boshlangan. Joʻnatilgan dastlabki xabar – “LOG” soʻzi boʻlgan. Nima uchun? Foydalanuvchi “LOGIN” soʻzini yozmoqchi boʻlgan, ammo “G” harfi tarmoq uchun oʻta ogʻirlik qilgan va tarmoq oʻchib qolgan.
Dunyodagi birinchi internetsayt 1990 yilda yaratilgan. Aniqrogʻi, brauzer nima va uni qanday oʻrnatish kerakligi hammda shunga oʻxshash boshqa foydali maʼlumotlarni oʻzichiga oluvchi oddiy bir sahifa boʻlgan xolos. Uning manzili quyidagicha boʻlgan: http://info.cern.ch/hypertext/WWW/TheProject.html
Afsuski, Internet tarixidagi ilk sahifa saqlab qolinmagan. Dunyo tarmogʻi paydo boʻlganidan oradan atigi 4 yil oʻtib foydalanuvchilar soni 50 millionga yetgan. Bunday auditoriya toʻplash uchun telefon foydalanuvchilari orasida 70 yildan ortiqroq, radioda deyarli 40 yil, televidenieda 13 yil vaqt kerak boʻlgan. Hozirgi kunda esa, masalan Angry Birds oʻyini yaratilganidan 35 kundan keyin bu oʻyinning dunyo boʻylab ellik milliondan ortiqroq odam oʻynagan.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda va messennjerlarda kundalik muloqotda foydalaniladigan smayllar 30 yillar avval paydo boʻlgan. Dastlabki smaylning tarixi juda oddiy. 1979 yilda elektron tarzda uzatilgan hissiyotni aks ettiruvchi belgi Kevin Makkenziga tegishli. U quyidagi koʻrinishda boʻlgan: “ -) “. U odam qiyofasiga kam oʻxshagani uchun uchun, oradan uch yil oʻtib Skott Falman yaratgani mana bu koʻrinishda boʻlgan- “ : – ) ”Shu smayl meʼyor boʻlib qolgan. Demak, Smaylning muallifi dasturchi Skott Falman hisoblanadi.

Yaponlar ham internetda kompyuter hissiyotlarini izhor etishgan. Koʻpchilikning hisoblashlaricha ularning smayliklari odatdagisidan ancha chiroyliroq koʻrinishga ega. ~~~?(???) - xayrli tong, (^ _ ^)/~~ - koʻrishguncha hayr.
Video materiallar soni boʻyicha eng jadal rivojlanayotgan servislardan biri – YouTube. Ushbu servisga har kuni tahminan 100 soatga teng video ahborot yuklanadi. Bir kunda joylashtirilgan barcha roliklarni koʻrib chiqish uchun bir kishi tahminan16 yil vaqt sarflashi kerak.

Veb-kamera birinchi marta Kembridj universitetida sinovdan oʻtkazilgan. Qanchalar gʻalati boʻlsa ham u oddiy qahva qaytnatgichga qaratilgan. Olimlar shu tarzda oʻrnidan turmay qahva tayyor boʻlishini monitorda kuzatish uchun foydalangan. Oradan sakkiz yil oʻtibshu qahva qaynatgich kim oshdi savdosida tahminan 200 ming Rossiya rubliga sotib olingan.

Internet tarmogʻidagi birinchi reklama eʼloni 1994 yilda paydo boʻldi va u bugungi kundagilardan hech qolishadigan joyi yoʻq. Reklama kampaniyasi “you will” deb nomlangan va reklama beruvchining bosh sahifasiga yoʻnaltirgan.
Har kuni joʻnatiladigan 247 milliard elektron xatlarning ichidagi 81 foizi sof spam.
Internetga kirishni tarqatish boʻyicha dunyodagi birinchi oʻrinda Bermud orollari turadi. Shunisiga eʼtibor beringki, Yaponiyadek juda rivojlangan mamlakat bu borada 22 oʻrinda turadi.

Google bosh sahifasi hozirgi taqchil koʻrinishga ega boʻlishining asosiy sababi shundaki, Google yaratuvchilari ... HTML belgilar tilidan bexabar boʻlgan va oddiy interfeysni tez yaratish istagida boʻlishgan. Aslida ular xatto “Submit” tugmachasini ham uzoq vaqt shakllantira olmaganlar. Izlashga buyruqni klaviaturadagi Ente rtugmachasini bosib joʻnatilgan. Bosh sahifa birgina izlash misrasidan iborat boʻlgan.

Juda gʻalati eshitilsa ham shuni aytish kerakki, dunyo tarmogʻi maxsus “kalit”ga ega boʻlgan yetti kishining himoyasi ostida. Bu maxsus shifr qismlarini saqlaydigan elektron kartalardir. Xakerlar tomonidan global tajovuz uyushtirlgan taqdirda ismlari sir saqlanib kelayotgan shu yetti kishi tarmoqni oʻchirib qayta yoqish uchun darhol Amerika harbiy bazasiga yetkaziladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



