Qiziqarli

Xurrak toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Xurrak toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Tasavvur qilingki, uzundan uzun va juda zoʻr berish bilan oʻtgan kundan keyin siz sevimli krovatingizga yetib kelib, koʻrpaning tagida mazza qilib choʻzilib endi koʻzingizni yummoqchi boʻlgan edingiz hamki, birdan bu oromni traktor yoki motorning ovozini eslatadigan oʻta yoqimsiztovush buzib, oʻrningizdan sakratib yuboradi. Bir qarasangiz - turmush oʻrtogʻingiz butun xonadonni xurrakka toʻldirib, hech narsa boʻlmaganiday mazza qilib uhlab yotibdi. 

Unga mazza! Sizning uyqungiz belidan yaxshigina tepki yedi. Siz bu bezillatuvchi shovqinni tezroq oʻchirish maqsadida oʻzingiz qaltiragan holatda yostiq bilan boshingizni yopishga harakat qilasiz yoki krovatdagi qoʻshningizni boshqa holatga keltirib qoʻyish uchun uni turta boshlaysiz. Tanish holatmi?Unda xurrak toʻgʻrisida qiziqarli faktlar bilan tanishing.

Xurrak toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Dunyodagi koʻpchilik oilalar xurrak tufayli ajralib ketish chegarasida, xatto, xurrak sababchi boʻlgan maishiy qotillik hodisalari ham maʼlum. Bunday hollarni oldini olish uchun xurrakdan halos etuvchi samarali vositalardan foydalanish kerak.

 

Xurrak toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Agar xurrak erda am, xotinda ham kuzatilsa bu sabab tufayli ajralib ketish ehtimoli nolga teng. Oʻzingiz oʻylab koʻring, axir ular bir biriga xalaqit beкmaydilar. Balki kim uzoqroq va balandroq xurrak otish boʻyicha ongsiz ravishda musobaqada qatnashayotgandirlar.

Xurrak toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

 

Avvallari odamlar tahminan 40 yoshlardan oʻtganidan keyin xurrakdan ozor koʻra boshlagan, biroq yil sayin bu yosh pasayib boryapti. Yosh avlodda xurrak otishga moyillik 10-20 oldingiga nisbatan ancha koʻpayib ketgan.

Xurrak toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Dunyodagi eng “xurrak otuvchi” millat bu koreyslar, ularda uzun va yumshoq tanglayiga bogʻliq xurrak otishga unlovchi qandaydir tabiiy moyillik bor.

Xurrak toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Xurrak otish boʻyicha ikkinchi oʻrinni amerikaliklarga bersa boʻladi. Biroq buning sababi mutlaqo boshqa. Gap shundaki, Amerikada oʻta semizlik dardiga chalinganlarning miqdori dunyodagi eng baland koʻrsatkichga ega. Semizlik esa uyquning bu nooʻrin xossasiga juda katta qulaylik yaratib beradi, chunki boʻyin atrofidagi yogʻ nafas olish yoʻllariga bosim oʻtkazib oʻz-oʻzidan tungi shovqinni keltirib chiqaradi.  

Xurrak toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Chekuvchi odamlar uyquning bu tarzdagi buzilishiga chekmaydigan odamlarga nisbatan koʻproq duchor boʻlish ehtimoliga ega. Huddi shu narsa spirtli ichimlikni isteʼmol qiluvchilarga, undan ham koʻproq surunkali ravishda suiisteʼmol qiluvchilarga tegishli. Shuning uchun ham agar ichish bilan chekish kabi zararli odatlar batamom tashlab yuborilsa atrofdagilarga uyqudan orom olishga xalaqit berishni toʻhtatish mumkin.  

Xurrak toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Gohida bu yoqimsiz tovushlarning sababi allergiya ham boʻlishi mumkin. Allergiya tufayli burun-tomoq boʻligʻi oqa boshlaydi, bu esa oʻz navbatida xurrakni kuchaytirib yuboradi. Bu holda allergiyaga sabab boʻlayotgan allergenni aniqlab uni yoʻqotish kerak.Shundan keyin siz chaqaloqday bemalol uxlashingiz mumkin.

Xurrak toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

 

Aslida, xurrak bolalarda umuman uchramaydi deb aytib boʻlmaydi. Yoshi 7gacha boʻlgan bolalarning 5 foizida ham bu kasallik uchrab turadi. Agar oldi olinmasa, bolalarning yoshi oʻtgan sayin bu koʻrsatkich 10 foizni tashkil etishi mumkin.

Agar ota-onangiz ashaddiy xurrakdor boʻlgan boʻlsa siz ham “olmadan uzoqqa dumalab ketmaganingiz” ehtimoli juda baland, chunki xurrak avloddan avlodga meros boʻlib oʻtishi mumkin.

Xurrak toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

 

Amerika Qoʻshma Shtatlarida har yili chamasi 3000 kishi uyquda nafas olishning obstruktiv toʻhtab qolishi tufayli olamdan koʻz yumadi.

Xurrak toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Har yili uyquning buzilishi ishlab chiqarishlarda koʻngilsiz hodisaning roʻy berishi va ishlab chiqarish samaradorligining pasayib ketishi hisobiga korxonalarga 70 milliarddan ziyodroq zarar keltiradi.

Xurrak toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Uyquda nafas olishning toʻhtab qolishidan jabr koʻradigan odamlar boshqalarga nisbatan 7 barobar koʻproq avtohalokat qurboni boʻlib qoladi.

Xurrak toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Buyuk Britaniyalik 60 yoshli pensioner ayol Djenni Jermenning xurrak tovushi samolyot shovqinidan ham balandroq. Bu ayol xurragi ovozining balandligi 111,6detsibelga teng, bu traktor dvigateli tovushidan 13 detsibelga, poezd shovqinidan11 detsibelga va samolyot dvigatelining shovqinidan 8 detsibelga balandroq.

 

Uinston Cherchill konyak bilan sigaralarni juda yoqtirardi. U kechasi shu darajada xurrak tortar ediki, bechora rafiqasi otishma boshlandi deb oʻylab sarosimaga tushib yotoqxonadan qochib chiqib ketardi. Ularning bahtli oilaviy turmushining oxirida Cherchill xonim umrini maxsus ovoz oʻtkazmaydigan izolyatsiyaga ega boʻlgan yotoqxonada oʻtkazgan.

Xurrak toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Salomatlik Milliy Institutining tadqiqotlari shuni aniqladiki, gravitatsiyaning yoʻqligi astronavtlarga uyqu paytida xurrak otmaslik imkonini berar ekan. Koinot xirurgi doktor PolkABC News agentligiga habar berishicha, gravitatsiyaning pasayishi hisobiga nafas olish yoʻllari qiyinchilikka uchragan odamlarning holati sezilarli darajada yengillashadi. Buning mohiyati shundaki, Yerda tortish kuchi til va yumshoq toʻqimalarni orqagatorgan paytida xurrak paydo boʻladi. Agar nafas olish yoʻllari qisman siqilgan boʻlsa, bu yumshoq toʻqimalar, “tipirchilab” xurrakni keltirib chiqaradi. Mikrogravitatsiya sharoitida til bilan yumshoq toʻqimalar tomoqda orqaga ketib qolmaydi, shuning uchun ham koinotda nafas olish yoʻllarining qiyinchiliklari ancha kamayib ketadi. Demak xurrakni ham vujudga keltiruvchi hech narsa yoʻq.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar