Oʻz egalarini millionerga aylantirgan dunyodagi 10 nafar eng ommabop bloglar

Blog qanday sabablarga koʻra boshlanishiga qaramay, u birdan juda muvaffaqiyatli boʻlib ketishi va oʻzining egasiga millionlab dollarlarni olib kelishi mumkin. Sizning oldingizda oʻz egalarini badavlat odamlarga aylantirgan dunyodagi eng muvaffaqiyatli va eng koʻp oʻqiladigan bloglar toʻgʻrisidagi sara maʼlumotlar. Marhamat, tanishing.

“Xaffington Post” blogi Kennet Lerer, Endryu Breytbart, Iona Peretti va Ariana Xafington tomonidan yaratilgan. Bu blogda doimo siyosat, biznes, atrof-muhit, koʻngilochar, texnologiya va yana boshqa koʻp mavzularning keng spektrini oʻzichiga oluvchi yangi kontent paydo boʻladi.
Blogning konseptsiyasi 2005 yilning mayida oʻylab topilgan, loyihaning oʻzi esa oradan bir necha kun oʻtib ishga tushirilgan. Yana bir yil oʻtib yirik banklardan biri bu loyihaga besh million AQSH dollari miqdorida mablagʻ sarmoyasining kirigan.Yana bir necha yillar oʻtib mablagʻ yigʻilishi hamda turli sarmoyalar orqali blog 15 million AQSH dollarini yiqqan. 2011 yilda bu blogni “AOL” kompaniyasi 315 million AQSH dollariga sotib olgan. Shu bilan birga bloga yaratuvchilarining biri — Arianna Xaffington — bosh redaktor lavozimida qolgan.

Hozirgi paytda blog ustida odamlarning juda katta miqdori ishlaydi: masalan, blog shtatida 9000 nafar doimiy mualliflar bor. Ularning ichida siyosatchilar, mashhur shaxslar va obroʻli olimlar mavjud. Blog nafaqat amerika auditoriyasi uchun olib briladi — uning Kanada, Britaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniyaga moʻljallangan va shu mamlakatlarning tillari tarqalgan joydagi odamlarning qiziqishlari hisobga olingan naqllari ham bor.
Blog shu darajada ommabop boʻlib, oʻquvchilarning ishonchiga shu qadar qozona oldiki, 2009 yilda “Forbes” jurnali Arianna Xaffingtonga dunyodagi eng obroʻli ayollar qatoridagi 12-chi oʻrinni loyiq deb topdi.


“Tech Crunch” oʻz sahifalarida texnologiyalar bilan bevosita bogʻliq boʻlgan yangiliklar va maʼlumotlarni chiqaradi. Blogni 2005 yilda Maykl Arrington yaratgan. Keyinchalik esa “Tech Crunch” kontenti asosida oʻxshash mavzudagi bir qator boshqa bloglar yaratilib umumiy “Tech Crunch Network” nomini oldi. Masalan, “Mobile Crunch” nomli faqat kompyuter va mobil moslamalarga bagʻishlangan blog mavjud. Shuningdek, “Tech Crunch” umumiy kontenti fransuz hamda yapon tillariga qilinib, “Tech Crunch France” va “TechCrunch Japan” blog sahifalarini tashkil qiladi. Bu qadam oʻz oʻzidan blogni yanada ommalashtirdi. Hozirgi paytda blogning narhi 100 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Blog tashkilotchilari bugungi kunda bevosita blogni olib borish doirasidan oshib ketdi: masalan, ular kompyuter hamda tarmoqli texnolgiyalarga bagʻishlangan turli konferensiyalarni tashkil qiladi. Shunday anjumanlardan biri –“Tech Crunch Moscow”, har yili Moskvada oʻtkaziladi. IT-sanoati doirasidagi yetakchi mutaxassislarnirng maʼruzalarini xohlagan kishi kelib eshitishi mumkin. Bundan tashqari agar sizda qiziqarli loyiha gʻoyasi boʻlsa siz “Startaplar jangi”da qatnashishingiz – dunyodagi taniqli sarmoyadorlar siz bilan qiziqib qolishi uchun maxsulotingizni shu tarzda taqdim etishingiz mumkin.

“Gawker” Nyu-York shahrida yashovchi Nik Denton tomonidan 2003 yilda tashkil etilgan va oʻz auditoriyasiga dunyoga tanilgan mashhur insonlar — aktyorlar, muzsiqachilar, siyosatchilar toʻgʻrisida turli maʼlumotlarni taqdim etadi.
Koʻp hollarda taniqli yulduzlar va obroʻli siyosatchilarning hayotidan mish-mishlar, yangiliklar chop etiladi (kuniga oʻrtacha 20-30 maqola), ularning manbalari esa odatda boshqa Ommaviy Ahborot Vositalaridan boʻlgan anonim xabarchilar boʻladi.
Oʻzining mavjudligi paytida “Gawker” taniqli sarmoyadorlardan mablagʻlar olgan, hozirgi paytda blogning qiymati 100 million AQSH dollariga baholanadi.

“Lifehacker” —bu asosan kundalik hayotni qanday qilib osonlashtirish va yoqimliroq qilishga ixtisoslshatirilgan blog. Shuningdek, unda dasturiy taʼminlov hamda gadjetlar olamidagi yangiliklar chop etiladi. Hozirgi paytda blog “GawkerMedia” kompaniyasiga tegishli (roʻyxatimizdagi 3-chi oʻrindagi blog egalari) va “Microsoft” kompaniyasidan sezilarli darajada qullab-quvatlanadi. “Lifehacker” Djina Trapani tomonidan 2005 yilda ishga tushirilgan: dastlabda u blog ustida bir oʻzi ishlagan, tahminan ikki yillardan keyin esa unga yana ikkita redaktor qoʻshilgan. Bu blog nafaqat oʻzining noyob va qiziqarli tarkibi balki “Sony” kompaniyasining salmoqli sarmoyalari tufayli ham oʻzining yuqori qiymatiga ega — hozirgi paytda ushbu sayt asosan unda chop etiluvchi reklama hisobiga mavjud boʻlib kelmoqda. Har kuni blogda tahminan 18 nafar maqola chop etiladi. Uning ommaboplik choʻqqilari Avtraliya va Yaponiyada joylashgan. Bungungi kunda blogning qiymati — 109 million AQSH dollariga teng.

“Mashable” blogida veb-saytlar, texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlar toʻgʻrisida yangliklar va maʼlumotlar chop etiladi. Bu blogni shotlandiyalik bir oʻspirin yigit Pit Keshmor 2005-chi yilda tashkil qilgan. Unda asosan Ommaviy Ahborot Vositalaridan olingan yangiliklarga eʼtibor qaratilgan, biroq shu bilan birga texnologiyalar, koʻngil ochar mavzuda, oylayn-oʻyinlar, kino, mem (madaniy maʼlumotlar birligi) va gajdetlar olamidagi yangiliklar toʻgʻrisida maʼumot beradi. “Mashable” — dunyodagi eng yirik saylardan biri: 2009-chi yilda udunyodagi 25 nafar eng yaxshi bloglar qatoriga kiritilgan.2013 yil holati boʻyicha blog “Twitter”da 3,2 million obunachilarga va “Facebook”da tahminan 1 million obunachilarga ega boʻlgan.

2007-chi yildan buyon “Mashable” eng yaxshi onlayn-hamjamiyatlar va servislar uchun oʻzining mukofotini taʼsis etgan: ovoz berishlar onlayn rejimida blog obunachilari vahamkorlari oʻrtasida oʻtkaziladi. Keyinchalik eng yaxshi mobil qoʻshimcha, eng yaxshi video va yilning eng yaxshi startapi kabi yana bir necha nominatsiyalar qoʻshilgan.“Mashable”ning hozirgi paytdagi qiymati 95 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Ben Xax bu blogni 2008 yilda tashkil etgan, uning sahialarida turli yumor, latifalar, komediyali video va suratlar, umuman butun dunyodan turli kulgili holatlar chop etiladi. Blog ishga tushirilganidan keyin besh oy oʻtib uni “Cheezburger Inc” kompaniyasi sotib oligan. Uning asosiy daromadi sarmoyalar va unda chop etilayotgan reklamadan shakllanadi. Har oyda saytga billiondan ortiq oʻziga hos foydalanuvchilar kiradi, 2009-chi yilda esa "Fail Blog” mualliflari hazillardan iborat kitobni chop qildi. Shundan keyin bu kitob har yili chiqarila boshladi va u juda yaxshi sotiladigan kitoblar sirasiga kiradi.
Yangiliklar ustida bugungi kunda nafaqat blog hodimlari ishlaydi — saytga materiallarning salmoqli qismini obunachilarning oʻzi yuklaydi. Albatta, blog onlayn-nashriyotlar uchun moʻljallangan bir qator mukofotlarni qoʻlga kiritishga musharraf boʻlgan. U bilan bogʻliq hatto bir janjalga sababchi voqea ham boʻllib oʻtgan: 2009-chi yilda “Fail Blog” blogi “Ginnes rekordlari” veb-sahifasining “Terakt natijasida oʻldirilgan odamlarning eng katta soni” nomli skrinshotini joylashtirgan va uni “Bu rekordni orqada qoldiring” nomli havolabilan bogʻlagan. “Ginness” sudga murojaat qilishi bilan ogohlantirib qoʻydi, havola darhol olib tashlandi, albatta, biroq bu voqea keng ommaga tarqalib ketib “Fail Blog”ni yanada omalashtirib yubordi. Blogning aniq qiymati ommalashtirilmaydi, lekin ayrim hisoblar boʻyicha u bir necha million AQSH dollariga teng.

“Smashing Magazine” 2006 yilda Sven Lennartts bilan Vitaliy Fridman tomonidan tashkil topgan va dizaynerlar hamda veb-dasturchilar uchun maslahatlarni chop etadi. Ular turli dastur taʼminotlariga va veb-koding, shu bilan birga tarmoq industriyasida ishlovchi odamlarga moʻljallangan dasturlarga baho beradi. Bundan tashqari,blogning yaratuvchilari internet-biznesning dizayni bilan rivojlanishi toʻgʻrisida hayotdan olingan misol ariqasidagi suratlar bilan jihozlangan oʻzining darsliklarini ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, ushbu saytda veb-dasturlovchilar bilan veb-dizaynerlarga yordam berish maqsadida yuklab olish uchun bepul shriftlar, ikonkalar, shablonlar va yana turli boshqa narsalar joylangan.
Blogda chop etiladigan reklama, sarmoyalar, shuningdek koʻngilli xayr-ehsonlar hisobiga juda katta pul oqimi vujudga keladi. “Smashing Magazine” qiymati 5 million AQSHdollariga teng.

Bu blog bizness toʻgʻrisidagi turli maʼlumotlarga bagʻishlangan. U 2009 yilda Kevino Rayan tomonidan tashkil qilingan va barcha axborot obroʻli manbalardan olingani tufayli hozirgi kunda bunday maʼlumotlarning eng ishonchli taʼminotchilaridan biri hisoblanadi. Barcha analitik yangiliklar OAVda paydo boʻlganidan uzogʻi bir soatdan keyin chop etiladi. Buning uchun 45 nafar oʻta tajribali jurnalistlar tinmay voqealarni monitor orqali kuzatib boradi.
Yangiliklar toʻgʻrisida foydalanuvchilar ham xabar berishi mumkin — buning uchun saytda maxsus servis xizmati ochilgan. Bu xizmat orqali har bir kishi anonim ravishda xabar qoldirishi mumkin. Buning ustiga har bir voqea ekpert mutaxassislar tomonidan sharhlangan. Saytning ajoyib xislati voqealar ifodasining istehzoli va xazil-mutoyibali ohangi bilan birga blog qaysi maʼlumotga ishonish mumkin, qaysinisi esa atayin “yanglishib” koʻrsatilganligi hamda unga ishonch yoʻqligini belgilab qoʻyishidir.Bu saytga axborot manbai sifatida “The New YorkTimes” bilan “National Public Radio” kabi katta obroʻga ega nashriyotlar murojaat qiladi.

Blogning redaktorlari — analitika sohasidagi ekspertlar: masalan, bosh redaktor Genri Blodget avval “Merrill Lynch”, “Pierce”va “Fenner & Smith”ning boshqaruvchisi boʻlib, doimiy mualliflardan biri Den Frommer esa “Forbes” jurnalining hodimi boʻlib ishlagan.
Kevin Rayanning baholashi boʻyicha blogning sof qiymati — 3 million AQSH dollariga teng.

Tarmoqli texnologiyalar toʻgʻrisidagi “Engadget” blogi 2004 yilda Piter Roxas tomonidan yaratilgan: unda isteʼmolchilik elektronikasi va texnologik gadjetlar olamidagi eng sara va yangi maʼlumotlar chop etiladi. Saytda tez-tez texnologik yangiliklar ishlab chiqarilishi toʻgʻrisida, shunindek u yoki bu gadjetlar toʻgʻrsidagi ekspert mutaxassislarning fikrlari paydo boʻlib turadi. Blog ustida oʻn minglab analitik mutaxassislar va professional jurnalistlar ishlaydi: blogning bosh redaktori Darren Myorf dunyodagi eng mahsuldor professional blogger sifatida Ginnes Rekordlar Kitobiga kiritilgan — 2010 yilning 5 oktyabr holatiga u 17 212 maqolani chop qilgan.

Bevosita maqolalardan tashqari saytda juda arzon toʻlov evaziga yuklab olish mumkin boʻlgan jurnal koʻrinishidagi oʻz ilovasi hamda oʻz shousi ham mavjud. Blog yapon, xitoy, koreys va nemis tillari kabi bir necha tillarda yuritib boriladi.
“Engadget” blogi“ Technorati Top-100” yuzligiga kiradi, 2010-chi yilda esa u yilning eng yaxshi bloglaridan biri sifatida belgilangan. Uning qiymati 3,2 million AQSH dollarini tashkil etadi.
“The Daily Beast” moda koʻriklaridan tortib kulgili hodisalargacha dunyodagi turli voqealar toʻgʻrisidagi yangiliklar va ularga sharhlarni chop etadi. Bu blogga 2008 yildaTina Braun tomonidan asos solingan, 2010 yilda esa kompaniya “Newsweek” bilan birlashgan. Bu birlashish pirovardida ikkala tomonga ham juda yirik pul mablagʻlar oqimini vujudga keltirgan.
Blogga juda katta daromadni saytning oxirgi yildagi eng qiziq maʼlumotlariga asoslangan tarkibdagi “Beastbooks” kitobi ham olib keladi. Bundan tashqari bu blog bir necha oʻzining reytinglarini olib boradi — masalan, universitetlar, jurnallar va shu kabi boshqa narsalar reytingini. Blog auditoriyasi har oyda chamasi uch million foydalanuvchilarni tashkil etadi. “The Daily Beast” blogining bugungi qiymati 100 million AQSH dollariga baholanadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



