Qiziqarli

Oʻta qiziqarli syujetga ega boʻlgan 10 ta kitob

Oʻta qiziqarli syujetga ega boʻlgan 10 ta kitob

Muhtasham Yu Nesbyo hamda undan hech ham kam boʻlmagan Xarri Xole yana ishda.  Birinchi varaqlaridanoq mutolaa qiluvchi kitobxon voqealar girdobida choʻkib ketadi. Xole ismli aygʻoqchi Gonkongda depressiya bilan juda ham anʼanaviy boʻlmagan tarzda kurashayotgan bir paytda, Osloda ayollarning mudhish qotilliklari sodirboʻla boshlaydi: birorta ham ekspert qanday narsa qurbonlarning jonini olganini aniqlay olgani yoʻq. 

Jinoyatlarning maqsadi aniq emas. Aftidan, bu jumboqning yechimini faqatgina Xarri Xole kabi dahogina topa oladi. Jinoyatchini izlash va jinoyat qurollari bu professionalni uzoq mamlakatlarga olib keladi. Odamlarga ov uyushtirish kimga kerak boʻlib qoldi, kim pismiqqina va shafqatsiz boʻlgan qoplonga aylanishga qaror qildi? Xarri Xole oʻz hayotini havf ostiga qoʻyib, ushbu savollarga javob topib surunkali qotilni toʻhtatish maqsadida koʻrinmas dushman bilan urush soʻqmogʻiga chiqdi.

Oʻta qiziqarli syujetga ega boʻlgan 10 ta kitob

Frank Tile gripp kasaligining navbatdagi shtammi pirovardida olib keladigan oxir zamonning oʻz talqinini taqdim etdi. Bu kitobda hamma aralishib ketgan – odamlar, qushlar, viruslar hamda yerda oʻzining tartibini oʻrnatmoqchi boʻlgan dargʻazab daholar.

Komissar Frank Sharko butun insoniyatning kelajagi aynan unga bogʻliq ekanligini bilmagan holda tergovga kirishadi. Aniqlanishicha virus kimningdir gʻalamis niyati tufayli tarqatib yuborilgan, haddan tashqari keng koʻlamdagi qotillikka esa derli politsiyaning burni ostida tayyorgarlik koʻrilgan.

Oʻz tinchligi va bahtini saqlab qolish uchun odamlar jamiyatidan yashirinishga urinishlarning behudaligini koʻrsatishda Tile ikkinchi syujet liniyasi — ekspert Amandina Geren tarixidan uddaburonlik bilan foydalangan.

Joʻshqinlik oxirgi varaqqacha pasaymaydi: Frank Sharko komandasi virusning manbasini topishga ulguradimi yoki insoniyat halokatga mahkum va najot yoʻqmi? Oʻqisangiz bilib olasiz.

Oʻta qiziqarli syujetga ega boʻlgan 10 ta kitob

“Britaniyalik King”dan bu bestseller ilk misralaridanoq oʻz domiga tortib ketadi: mustaqil rejissyor va deyarli bankrot boʻlgan Kayl Frimenga oʻta badavlat odam Maksimillian Solomondan juda manfaatli va — faqatgina birinchi qarashdan shunday tuyuladigan— oddiy taklif kelib tushadi. Vazifa bemazagarchilik darajada oson — qoʻliga kamerani olib, oʻziga sodiq yordamchi topish hamda 10 kun ichida “Mahshar kunlari butxonasi” nomli bir tariqat toʻgʻrisida ommabop soxta hujjatli uslubda filmni suratga tushirish kerak. Ammo, suratga olish ishlarini turli mamlakatlarda oʻtkazishga toʻgʻri keladi, lekin asosiy qahramonlar beozor qari odamlar.

Gonorar yoqimlidanham ortiqroq, shuning uchun Kayl bir daqiqa ham choʻzib oʻtirmay ishga kirishadi. Biroq, suratga olish jarayoni uni paranormal va narigi dunyoga oid chalkashliklarga botirib yuborishini bilganida edi! Bosh qahramon kabi mutolaa qiluvchilar ham skeptik boʻlishiga qaramay, pirovardida oddiy boʻlgan narsalarga ham nigohini oʻzgartirib yuborishga qodir darajadagi mutlaq aqldan ozgan olamga choʻmib ketadi. 

Oʻta qiziqarli syujetga ega boʻlgan 10 ta kitob

Asta-sekin muhitning murakkablashtirilishi va bir syujetdan ikkinchi syujetga keskinliksiz bir maromda, lekin shunga qaramay juda qoʻrqinchli oʻtishlari Djennifer Makmaxon yozgan navbatdagi asarga ommaboplikni taʼminlab berdi.

Voqealari kki davrda sodir boʻladi va jumboqlarga toʻla yogʻochdan qurilgan eski uy birlashtiruvchi ikki oila hayotini aks ettiradi. Kitobning asosiy qahramonlari — qish odamlari, yaʼni, yer bilan osmonning oʻrtasida qolib ketganlar. 

Romanda hamma narsa yetarlidan ortiq: tungi nomaʼlum shovqinlar, yogʻoch pollarining gʻichirlashi, kundalikdagi  yarim chirib boʻlgan varaqlarning shitirlashi, yaqin insonni yoʻqotish tufayli ogʻir dard va gʻazab. Sotqinlik, umidsizlik va qoʻrqinch ayrim qahramonlarni jinoyatlar yoʻliga, boshqalarini tushkunlikka boshlaydi.

Qor Uest-Xill shaharchasining sirlarini sahiylik bilan qoplab, laʼnatlangan oʻrmonga boʻlgan yoʻlni koʻmib tashlaydi. Kutilmagan yechim kitobda tasvirlab berilgan koʻp hodisalarga yorugʻlik toʻkadi: hamma narsa kitobxon shu paytgacha tasavvur qilganidek emasligi ayon boʻladi.

Oʻta qiziqarli syujetga ega boʻlgan 10 ta kitob

Har kuni bir xil: ishxona, yolgʻiz uy, yana ishxona, yana boʻm-boʻsh uy. Koʻchib oʻtgandan keyin xatto narsalarni joylashtirishga ham vaqt topilmaydi. Psixiatr Matias Frerga hayot shaffof va yorugʻliksiz boʻlib koʻrinar edi, toki u “yuksiz yoʻlovchi”ni uchratmaguniga qadar. Vrachlar bunday deb hotirasini yoʻqotib oʻtmishini unutib qoʻygan va uning parchalaridan mutlaqo yangi hayotni qurayotganlarni ataydi.

Asta sekin Matias oʻzi haqida hech narsani eslay olmayotganini tushunib yetadi: hujjatlar soxta, koʻchib oʻtgandan keyingi joylashtirilmagan qutilar boʻm-boʻsh. Oʻzining kimligini va oʻz oʻtmishini izlash jarayoni Matiasa Frerni jinoyatlar va buzuq niyatliliklarga ham joy topilgan voqealar changaliga qaytarib olib kiradi.

Eng dahshatli haqiqat bosh qahramonni yoʻlning ohirida kutib turadi. Xoʻsh, Matias qanday yoʻlni tanlaydi: hamma narsani yangitdan esdan chiqarib yuborib mutlaq yangi shahsni yaratadimi yoki haqiqatni tan olib hayotni davom ettiradimi?

Oʻta qiziqarli syujetga ega boʻlgan 10 ta kitob

Diniy mutaasib, musiqa doʻkonidagi sotuvchi, tanasiz qadimiy ruh, Londonlik menedjer, rus mafiyasi, razvedka veterani, maxsus hizmatlar quvgʻini ostidagi fizik ayol, Nyu-Yorklik modadagi didjey — Devid Mitchell aniy biladiki, sayyoradagi hamma odamlar bir-biri bilan koʻrinmas iplar bilan bogʻliq. Yozuvchining ilk romani juda muvaffaqiyatli va oʻta chalkash chiqqan. Oʻquvchi endigina syujet liniyasidagi voqealarni tushunib olgan paytida uning ustiga, avvalgisi bilan bogʻliq, biroq undan farq qiladigan boshqasi bostirib keladi.

Kitobda vujudga kelishi mumkin boʻlgan barcha savollarning ichidagi eng ritorik shakliga ega, yaʼni javobi oʻz ichida boʻlgan savolga javob topish mumkin: “Nima uchun bu aynan men bilan sodir boʻldi?”. Voqeaning yakunlanishi — toʻliq nokautga joʻnatadigan oʻsha yakuniy zarba.

Oʻta qiziqarli syujetga ega boʻlgan 10 ta kitob

Ayrim jinoyatlarning eskilik muddati boʻlmaydi, onaning yuragi ham bolani yoʻqotish hodisasiga koʻnika olishi amri mahol. Yuliya Davidsson koʻp yillar oldin oʻz oʻgʻlini yoʻqotgan, lekin uning betayin tarzda yoʻqolishini hamon qabul qila olmagan. Besh yoshli bolakay bobosi bilan buvisi uyining devori oldida, bobosi bir daqiqaga uyquga choʻmgan paytda tumanda yoʻqolib qolgan. Politsiya bu ishni allaqachon arxivga joʻnatib yuborgan, ammo bolaning onasi bolakay haloq  boʻlganiga hech ishonmaydi. Yuragi sezib turibdi, u tirik va qayerdadir uzoqda, tumanda oʻz onasini kutyapti.

Koʻp yillar oʻtib bolakayning bobosiga pochta orqali joʻnatib yuborilgan bir sandalcha yetib keladi. Bu sandalcha oʻsha bolakay yoʻqolib qolgan kuni uning oyogʻida boʻlgan. Eski sharpalar koʻtariladi, oʻtmish oynaga taqillatadi va unutib yuborilgan gunohlarga eshiklarni ochib qoʻyishni soʻraydi. Bolakayning halok boʻlishida kim javobgar – aqldan ozgan qotilmi yoki hukumat bilan tartibning vakili boʻlgan inson qiyofasidagi mahluqmi?

Oʻta qiziqarli syujetga ega boʻlgan 10 ta kitob

Katoliklar olami uchun papa saylovi — oʻta javobgar va jiddiy marosim. Marosim asrlar davomida shakllangan: ruhoniylar Vatikanga yetib kelib, ibodatxonalarning birida toʻplanadi, ichkaridan qamalib olib u yoki bu nomzod uchun ovoz beradi. Eng asosiy shart: yangi papa billurdek pok va sofdil nomga ega inson boʻlishi kerak.

Mana shu paytdan eng qizigʻi boshlanadi. Gilamosti fitnalar oʻta joʻshqin girdob kabi aylanib ketadi, hamma narsadan sirli pardalar yechib tashlanadi, nomzodlar va vafot qilgan pontifikning eng iflos sirlari ochib tashlanadi. Robert Xarris, britaniyalik yozuvchi va tarixga oid boʻlgan intellektual detektivlar boʻyicha mutaxassis oʻquvchini Vatikan labirintlari bilan birga undagi oʻzaro janjallari ichra ustakorlik bilan yetaklab yuradi.

Oʻta qiziqarli syujetga ega boʻlgan 10 ta kitob

Djonni Smit oʻzining baquvvat sogʻligi bilan maqtangudek emas. U bolaligida changʻi uchish paytida muzga yiqilib tushib bosh suyagi qattiq lat yeb shikastlangan. Oradan koʻp yillar oʻtib Djonni avtohalokatga uchraydi va toʻrt yil komatoz holatda, yaʼni oddiychasiga komada oʻtkazadi. U oʻziga kelganidan soʻng gayrioddiy xususiyatlarga ega boʻlib qolganini, aniqrogʻi kelajakni koʻra olish qobiliyatiga ega ekanligini tushuna boshlaydi. 

“Bashoratchi”ning dongʻi ommaviy ahborot vositalariga yetib boradi va Djonni mahalliy yulduzga aylanadi. Huddi shu paytda Djonni bolalik paytidan beri tanish boʻlgan uning antagonisti Greg Stilson ham muvaffaqiyat sari dadil qadamlar bilan harakatlanadi. Bir payt kelib ikkala qahramon bir yigʻilishda uchrashib qoladi. Smit uchrashuv paytida Stilsonga tegib ketadi va shu zahotiyoq Greg insoniyatni halokatga yetaklab borishini payqab qoladi.

Djonnining oldida Stilsonni toʻhtatib qolishday oʻta murakkab vazifa vujudga keladi. Chalkashib ketgan syujet oʻquvchining diqqat-eʼtiborini oxirigacha qizgʻin pallada ushlab turadi: Djonni Greg ismli mahluqni toʻhtatib qola oladimi va buning uchun u oʻzining hayotini qurbon qilishiga toʻgʻri keladimi, yoʻqmi? 

Oʻta qiziqarli syujetga ega boʻlgan 10 ta kitob

“Neverwhere”romani rus tiliga “Nikogde” deb, yana boshqa bir safar “Eshik orti” deb tarjima qilingan.

“Salom, men eshigingizdaman!” — deyarli shunday gaplar bilan hech qanday narsasi bilan eʼtiborni tortmaydigan idora ishchisi Richardning hayotiga Londonning orqasidan bir qiz, uning ortidan esa boy tarixi bilan ish tajribasiga ega bir juft qotillar ham kirib keladi. Ular hamkorlik qilish taklifini rad etgani uchun Richardni hayotdan “oʻchirib” tashlaydi.

Bosh qahramon oʻzga dunyoga yoʻl oladi. U yerda esa uni mislsiz sarguzashtlar kutadi. Londonning narigi tarafida qoʻnalgʻa topgan turli afsonaviy qahramonlardan tashkil topgan doʻstona doirada Richard bilan eshik - qiz farishtani izlaydi, lekin haqiqiy murtad iblisni uchratadi. Ajoyib hikoya qilish yengil va majburlovsiz oʻquvchini Britaniya poytahtining mashhur ziyoratgohlariga yangitdan nazar tashlash imkonini bergan holda London yer osti metrosining labirintlari boʻylab yetaklab yuradi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar