Hayotingizni tubdan oʻzgartiradigan taʼsirli hikoyalar (2-qism)

Bir ayolning ikki nafar voyaga yetgan oʻgʻli bor edi. Katta oʻgʻli zontiklar sotar edi. Kichik oʻgʻli esa mato boʻyab tirikchilik qilardi. Quyoshli ob-havoda katta oʻgʻilning savdosi yoʻqqa tushib qolardi. Yomgʻirli ob-havoda esa kichik oʻgʻil matolarni qurita olmas edi. Oʻsha ayolning hayoti xursandchiliksiz va yorugʻliksiz edi. Kunlardan bir kun u bir donishmandni uchratib qolibdi va undan maslahat olibdi. Oʻsha paytdan beri osmonda quyosh charaqlab turganida u oʻz matolarini quritishga ulgurayotgan kichik oʻgʻli uchun xursand boʻlarkan. Yomgʻir yogʻa boshlaganida esa u zontiklar savdosi chaqqonlashib muvaffaqiyati avj olayotgan katta oʻgʻliuchun xursand boʻlib ketarkan. Hayot ham shu tariqa oʻz-oʻzidan iziga tushib ketibdi. Muhimi umrdan nuqson emas, hursandchilik izlay bilish ekan.

Bir mamlakatda yetim qiz yashar edi. Uning boʻyi past, yuz qiyofasi xunukkina, aniqrogʻi, oʻta qoʻrqinchli- uning yuzi chechakdan qolgan choʻtirlarga toʻla, burni uzun va oʻtkir, quloqlari ikkita katta qariqiz bargidek edi. Agar biror kim behosdan qarab qoʻygudek boʻlsa– darhol teskari qarab olardi. Xatto itlar ham dumini tugib qochib qolar edi. Buni sezgan qiz hammadan uzoqroqqa – togʻlar orasiga ketishga qaror qildi. Ujuda quyuq oʻrmonga kelib qolibdi va xursand boʻlib ketibdi:
— Juda soz! Endimening yuzimni hech kim koʻrmaydi.
Nihoyat qizcha soyning oldiga borib qolibdi. Joʻshqin togʻ soyi, uning tovlanuvchi tomchilari hamda uzun, tebranib turuvchi suv oʻsimliklari misli kuy kuylayotganday goʻyo. Qizcha oʻz koʻzasini suvga toʻldirib, asta sekinlik bilan yoʻlini davom ettiribdi. Tezorada unga juda kuchli choʻloqlanayotgan ayiq bolasi uchrab qolibdi. Qizcha ayiqchaning oyogʻi qarab qoʻyibdi, zirapchani olib tashlab, yarani suv bilan yuvib tashlabdi. Ayiqcha choʻloqlanmay qolibdi. Shunda u daraxt kovagidan asal olib qizchani mehmon qilibdi. Qizcha bir necha qultum yutishi bilan uning ogʻzi gʻuncha kabi kichgina va alvon, quloqlari esa chigʻanoqday kichiklashib pushti boʻlib qolibdi. Qizcha hech narsani sezmabdi va yoʻlini davom ettiribdi. Uning yoʻlida oʻlayotgan gul chiqib qolibdi: boshi egilgan, barglari juldurday osilib ketib, qurigan ekan. Qizchagulga koʻzadan suv quyganidan keyin gul tirilib, ancha tetiklashibdi. Qizcha qutqarilgan gulning muattar boʻyidan hidlabdi va uning uzundan uzun burni toʻgʻri va chiroyli boʻlib qolibdi.

U koʻzi tinmay yoshlanayotgan kiyikning koʻzlarini koʻzadagi suv bilan yuvish tashlabdi, kiyik esa minnatdor boʻlganidan uning yuzini yalabdi. Shunda uning chechakdan qolgan choʻtirlari yoʻqolib, koʻzlari charaqlab, ularning atroflarida uzun va qalin kipriklar oʻsib chiqibdi. Daraxtdan pastga tushib uning koʻzasidan suv ichga qirgʻovul esa barno yigitga aylanibdi va shunday debdi:
— Mehribon yuraging uchun rahmat senga, goʻzal qiz.
Bunday gaplardan keyin qizcha yigʻlab yuboribdi, chunki bu barno yigit uning tasqaraligi ustidan kulyapti deb oʻylagan edi. Shunda yigit uning qoʻlidan yetaklab daryoning oldiga olib bordi. Qizcha suvdagi oʻz aksiga qarabdi-yu hayratdan dong qotibdi. Vaqt oʻtgandan soʻng ular toʻy-tomosha qilishibdi, butun qishloq aholisini taklif etib, keyin tinch va totuvlikda bahtli hayot kechiribdi.
- Muhabbat qayoqqa ketadi? – soʻrabdi mitti Baht oʻz otasidan.
- U oʻladi, -javob beribdi ota – Oʻgʻlim, odamlar oʻzida bor narsalarini asrashmaydi. Sevishni bilmaydi!
Mitti Baht oʻylanib qolibdi: Katta boʻlib odamlarga yordam beraman!
Yillar oʻtibdi. Baht ulgʻayib katta boʻlibdi. U oʻziga boʻlgan vaʼdasini doim yodda saqlar edi va jon-jahdi bilan odamlarga yordam berishga urinar edi, ammo odamlar uni eshitmasdi. Shuning uchun, baht kichrayib nimjon boʻlib borardi. U juda qoʻrqib ketdi va oʻz dardi uchun malham topish maqsadida uzoq safarga otlandi.
Uzoq yurdimi, yaqin yurdimi, oʻz yoʻlida hech kimni uchratmadi, oxir-oqibat tamomila holdan toyib,biroz dam olgani toʻhtadi. U keng koʻlamli daraxtni tanlab uning tagiga yonboshladi. U endigina uyquga ketgan edi hamki, kimningdir yaqinlashayotgan qadam tovushlari eshitila boshladi. U koʻzini ochib qarasa juldur kiyimda, yalangoyoq va maʼyus bir darbadar ayol oʻrmondan ketayotgan ekan. Baht uning oldiga yugurib boribdi:
- Keling, bu yerga oʻtiraqoling. Juda charchagan boʻlsangiz kerak. Siz dam olib, oʻzingizga kelib olishingiz kerak.
Qiynalgan ayolning oyoqlariga goʻyo oʻroq uriganday u oʻtloqqa yiqildi.
Biroz dam olgandan keyin darbadar ayol bahtga oʻzining tarixini gapirib berdi:
- Seni shunaqa badbashara deb hisoblashsa juda alam qilar ekan, men boʻlsa hali juda ham yoshman, ismim ham Muhabbat!
- Muhabbat bu sizmi?! – hayron boʻldi Baht. Lekin otam menga Muhabbat dunyodagi mavjud boʻlgan narsalarning eng goʻzali – degan!
Muhabbat unga diqqat bilan qarabdi-da keyin soʻrabdi:
- Oʻzingni isming nima?
- Baht.
- Shunaqami? Menga ham aytishlaricha, Baht goʻzal boʻlishi kerak ekan. Shu gaplar bilan u oʻz juldurlaridan koʻzguni olibdi.
Baht oʻzining aksiga qarab achinganidan yigʻlab yuboribdi. Muhabbat uning yoniga oʻtirib qoʻllari bilan muloyim quchoqlab olibdi.
- Bu yovuz odamlar bilan taqdir biz bilan nimalar qilib qoʻydi? – deb hiqillab yigʻlardi Baht.
- Hech narsa, -dedi Muhabbat, - Agar biz birga boʻlsak, bir-birimiz toʻgʻrimizda qaygʻursak, tezda yosharib yana goʻzallikka erishamiz.
Oʻsha keng koʻlamli daraxt ostida bir birini topgan Muhabbat bilan Baht hech qachon ajralmaslik toʻgʻrisida oʻz shartnomalarini tuzibdilar. Shundan beri Muhabbat va Baht hech qachon alohida yurmas ekanlar.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



