Ishontirib aytamizki, ushbu 10 buyumning asl vazifasini shu paytga qadar bilmagansiz!

Ana shunday sirlarni birga ochish maqsadida asl vazifasi haqida bilmaydigan buyumlaringiz haqida hikoya qilamiz.

Ushbu savol borasida 3 ta variant mavjud. Ularning birinchisiga koʻra ilmoq – libosni ilgaklarga ilib qoʻyish uchun tikilgan. Ikkinsi versiyaga koʻra ushbu ilgak oʻrnatma yoqa va boʻyin roʻmollari paytidan meros boʻlib qolib ketgan: Balki u bir paytlar erkaklar boʻyinbogʻini mahkamlab qoʻyish uchun ishlatilgandir. Uchinchi versiyada esa romantik oshiq haqida hikoya qilinadi. Unga koʻra Amerika universitetlarining biriga tahsil oladigan yigit sevgan qizi bor ekanligini boshqalarga anglatish maqsadida libosiga ilgak tikib qoʻygan. Oʻz navbatida qiz ham uning tahsil maskani sharfini hamisha taqib yurishi kerak edi.

Noutbuk yoki fotoapparat bilan ishlaydigan har bir inson uning simida silindrsimon soha bor ekanligini payqagani aniq. Bu juda ham oddiy, ammo muhim qurilma boʻlib,“ferrit filtri” nomiga ega. U quvvatlantiruvchi kabelni turli buzilishlardan himoya qilib turadi. Mazkur filtr konstruksiyasi juda ham oddiy: uning ichida ferrit oʻrnatmasi mavjud, sim uning atrofiga halqa shaklida oʻrab qoʻyilgan.

Illyuminator ikkita plastik shishadan tashkil topgan. Shishalar orasida havo qatlamidagi keskin bosim farqi hisobiga salon ichidagi shisha yorilib ketishi mumkin. Ushbu kichik teshik bosimni normallshatirish vazifasini oʻtab beradi. U orqali havo shishalar orasiga oʻtadi va aksincha, salondan tashqariga chiqib turadi.

Istalgan insondan soʻrab koʻrishingiz mumkin: “Oʻchirgʻichning koʻk rangli tomoni nimaga kerak?” degan savolga hamma ham “Ruchkada yozilgan xatolarni oʻchirish uchun deya javob qaytaradi.
Avvaliga koʻk rangli soha qalin qogʻozlar ustidagi xatolarni oʻchirish uchun xizmat qilgan boʻlsa, qizil soha oʻzidan keyin iz ham qoldirib ketgan. Oqibatda ishlab chiqaruvchilar koʻk sohaning oʻz vazifasi yoʻlida ishlatilmayotganini tushunib, bunga marketing jihatidan yondoshdilar. Ayrim oʻchirgʻichlarda koʻk rangli soha ustiga ruchka rasmi chizib qoʻyiladi.

Yana bir qiziqarli savol. Ammo bu yerda hech qanday romantikaga oʻrin yoʻq. Gap shundaki, mazkur sohalarda tugmaning uzilib ketish xavfi juda yuqori boʻladi. Gorizontal ilmoqda bosim burchak sohasiga tushadi va tugmaning teshik ichidan chiqib ketish ehtimoli kamayadi.

Krossovka va kedalardagi qoʻshimcha teshiklarning ham oʻziga hos vazifasi mavjud, sababi ular yetarlicha foydalidir. Ushbu teshiklar oyoqlarni poyabzal ichiga qulayroq joylashishi va oyoq kaftini sport bilan shugʻullanish paytida jarohatlab olmaslikka yordam beradi. Bundan tashqari ular havo aylanishini ham nazorat qilib turadi.


Buni haqiqatan dohiyona gʻoya deb atash mumkin. Spagetti qoshiqlaridagi teshik quruq makaronni standart portsiyada oʻlchash uchun moʻljallangan. Haqiqatan ham kimdir kichik portsiyaga qanoat qilsa, yana kimdir spagettining ashaddiy ishqibozi boʻlgani sabab butun boshli taomni paqqos tushirishga tayyor boʻladi. Shu sababli ham oʻrtacha miqdorni aniqlab olish uchun ushbu qoshiq juda kerakdir.

Fikrimizga,ushbu savol sizga ham tinchlik bermay kelgan. Ushbu choʻntak ilk bor 1873 yilda Levi’s jinsilarida paydo boʻlgan va choʻntak soatlari uchun moʻljallangan. Shundan buyon mitti choʻntaklar mazkur kompaniya kataloglarida “watch pocket” deya atab kelinadi.

Balki siz ham ushbu teshik ruchka ichida havo aylanishini taʼminlaydi degan fikrga borgandirsiz. Ammo ommaboplik borasida yuqori natijaga ega boʻlgan ushbu tahmin mutlaqo xatodir. Agar yopiq qopqoq bilan ruchka ustiga bosilsa uning siyohi oqib tusha boshlaydi. Teshik esa ana shu holatning oldini olish uchun oʻylab topilgan.

Odatda ularni libos yirtilib ketsa yamoq solish uchun qoʻshib berishgan degan tahmin bilan izohlaymiz. Aniqlanishicha, ishlab chiqaruvchilar ushbu mato boʻlagini libosni tozalashdan avval kir yuvish kukuni va boshqa vositalarning matoga nisbatan qanday taʼsir qilishini sinash maqsadida qoʻshib berar ekanlar. Ishonish qiyin, juda-juda qiyin!

Balki ushbu chiziqcha krem tarkibidagi kimyoviy moddalar yoki tabiiy mahsulotlarni anglatishi haqida aytarsiz?
Aslida ular shunchaki foto belgilardir va biror maʼnoga ega emas. Ularning krem tarkibiga ham, mahsulotlarning foydasiga ham aloqasi yoʻq. Foto belgi tyubik maxsus mashinada ishlab chiqarilayotgan payt oʻlcham olish uchun kerak boʻladi. U yorqinlik nuridir va datchik chiziqni tanib olishi uchun qora yoki asosiy fonga qarama-qarshi boʻlgan biror tusga boʻyaladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



